logo

Antarktida materigi hayvonot dunyosi

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2266.021484375 KB
Antarktida materigi 
hayvonot dunyosi          A ntarktika quruqlikda yashaydigan hayvonlarga kambag’al. 
Quruqlikda yashovchi sutemizuvchilar u yerda yo’q, lekin ba’zi bir xil 
chuvalchanglar, tuban qisqichbaqalar va qanotsiz hasharotlar tarqalgan. 
Qanotlarining yo’qligiga sabab shuki, bu o’lkada doim qattiq shamol esib 
turadi va hasharotlar havoga ko’tarila olmaydilar. Antarktika orollarida 
qo’ng’izlar, o’rgimchaklar va chuchuk suv molyuskalarining bir necha 
turi, uchmaydigan kapalakning bir turi topilgan. Chuchuk suv baliqlari 
yo’q. Quruqlikda yashovchi qushlardan oq rjanka, so’fito’rg’ay, 
o’rdakning bir turi Janubiy Georgiya orolida yashaydi.         Antarktikaning quruqlikdagi hayvonot dunyosi kambag’al bo’lsa ham, 
dengizda va yarim quruqlikda yashovchi hayvonlarga boy. 
Umurtqasizlardan yirik qisqichbaqasimonlar sutemizuvchilar, qushlar va 
baliqlarga ozuqa bo’ladi. Yirik meduzalar (150 kg) juda ajoyib. 
Baliqlarning ko’pchiligi endemik nototeniylar va oq qonli cho’rtan baliqlar 
oilasiga mansub turlar, sutemizuvchilardan kurakoyoqlilar va kitlar ko’p 
miqdorni tashkil qiladi. Kurakoyoqlilar haqiqiy va uzunquloq 
tyulenlarning har xil turlaridan iborat. Haqiqiy tyulenlardan uzunligi 3 m 
ga yetadigan Ueddell tyuleni eng ko’p tarqalgan. Tyulenlarning boshqa 
turlari asosan suzuvchi muzlarda yashaydi. Bular qisqichbaqaxo’r tyulen 
va xoldor terili yirtqich tyulen tarqalgan. Uzunquloq tyulenlar vakillaridan
Antarktikaning chekka qismlarida dengiz sheri uchraydi.   Haqiqiy tyulenlardan uzunligi 3 m 
ga yetadigan Ueddell tyuleni eng 
ko’p tarqalgan. Tyulenlarninboshqa 
turlari asosan suzuvchi muzlarda 
yashaydi. Bular qisqichbaqaxo’r 
tyulen va xoldor terili yirtqich tyulen 
tarqalgan. Uzunqultyulenlar 
vakillaridanAntarktikaning chekka 
qismlarida dengiz sheri uchraydi.                          Dengiz sheri  Antarktika qushlari juda ham o’ziga xos. 
Ularning hammasi suv bo’yida yashaydi va 
baliq yoki mayda dengiz hayvonlari bilan 
oziqlanadi. Ulardan-eng ajoyibi pingvinlar 
bo’lib, ularning qanoti qisqa, kurakka 
o’xshash bo’ladi. Ular bu qanotlari yordamida 
juda yaxshi suzadi, lekin 
ucha olmaydi. Pingvinlar tanasini tik 
tutganidan uzoqdan odamlarga 
o’xshab ko’rinadi. Ular baliq, mollyuska va 
qisqichbaqalarni tutib yeydi, 
umuman ular o’zini suvda quruqlikdagidan 
yaxshi his qiladi. Antarktikada 
pingvinlarn i ng 17 turi yashaydi.    Imperator pingvini Addeli pingvini  Antarktika suvlarida hozirgi vaqtdagi eng yirik sutemizuvchilar 
kitsimonlar yashaydi. Ular ikki tur mo’ylovli va tishli kitlarga bo’linadi. 
Mo’ylovli kitlar orasida ko’k kitlar, finvallar, bukrilar, seyvallar va haqiqiy 
kitlar alohida ajralib turadi. Eng yirik kit – bu ko’k kit, ya’ni blyuval katta 
ko’k kitning uzunligi 33 m ga yetadi, ularning o’rtacha uzunligi 26 m. 
Hozirgi vaqtda ko’k kitlar qirilib ketgan va 1967 yildan boshlab muhofaza 
qilinadi. Yirik kit 160 t. bo’lib, 20 t. gacha sof yog’ beradi. Mo’ylovli 
kitlar Antarktikaning sovuq suvlarida juda ko’p bo’lgan mayda 
qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Antarktikaning tishli kitlariga 
kashalotlar, butilka burunlar va kosatkalar kiradi.   Ko'k   kit 
            Kasatka  Yozda Antarktikaga bo’ronqushlar, 
baliqchi qushlar, baklanlar uchib 
keladi. Qushlardan eng yirigi 
albatroslar,ular qanoti uzunligi 3,5 
m ga yetadi. Ba’zi bir bo’ron 
qushlari materikka boshqa 
qushlarga nisbatan eng uzoq kirib 
boradi.

Antarktida materigi hayvonot dunyosi

A ntarktika quruqlikda yashaydigan hayvonlarga kambag’al. Quruqlikda yashovchi sutemizuvchilar u yerda yo’q, lekin ba’zi bir xil chuvalchanglar, tuban qisqichbaqalar va qanotsiz hasharotlar tarqalgan. Qanotlarining yo’qligiga sabab shuki, bu o’lkada doim qattiq shamol esib turadi va hasharotlar havoga ko’tarila olmaydilar. Antarktika orollarida qo’ng’izlar, o’rgimchaklar va chuchuk suv molyuskalarining bir necha turi, uchmaydigan kapalakning bir turi topilgan. Chuchuk suv baliqlari yo’q. Quruqlikda yashovchi qushlardan oq rjanka, so’fito’rg’ay, o’rdakning bir turi Janubiy Georgiya orolida yashaydi.

Antarktikaning quruqlikdagi hayvonot dunyosi kambag’al bo’lsa ham, dengizda va yarim quruqlikda yashovchi hayvonlarga boy. Umurtqasizlardan yirik qisqichbaqasimonlar sutemizuvchilar, qushlar va baliqlarga ozuqa bo’ladi. Yirik meduzalar (150 kg) juda ajoyib. Baliqlarning ko’pchiligi endemik nototeniylar va oq qonli cho’rtan baliqlar oilasiga mansub turlar, sutemizuvchilardan kurakoyoqlilar va kitlar ko’p miqdorni tashkil qiladi. Kurakoyoqlilar haqiqiy va uzunquloq tyulenlarning har xil turlaridan iborat. Haqiqiy tyulenlardan uzunligi 3 m ga yetadigan Ueddell tyuleni eng ko’p tarqalgan. Tyulenlarning boshqa turlari asosan suzuvchi muzlarda yashaydi. Bular qisqichbaqaxo’r tyulen va xoldor terili yirtqich tyulen tarqalgan. Uzunquloq tyulenlar vakillaridan Antarktikaning chekka qismlarida dengiz sheri uchraydi.

Haqiqiy tyulenlardan uzunligi 3 m ga yetadigan Ueddell tyuleni eng ko’p tarqalgan. Tyulenlarninboshqa turlari asosan suzuvchi muzlarda yashaydi. Bular qisqichbaqaxo’r tyulen va xoldor terili yirtqich tyulen tarqalgan. Uzunqultyulenlar vakillaridanAntarktikaning chekka qismlarida dengiz sheri uchraydi.

Dengiz sheri