Inson va hayvonot dunyosi
Inson hayoti hayvonlar bilan bevosita bog`liq. Qadimdan odamlar hayvonlar bilan yonma-yon yashab kelishgan. Ibtidoiy odamlar hayvonlarni ovlashgan. Hayvon go`shti ular uchun oziq-ovqat bo`lgan, uning terisidan kiyim-bosh o`rnida foydalanishgan, suyaklaridan ov qurollari yasashgan. Yowoyi hayvonlarning hayoti va fe`1- atvori to`g`risida ma`lumot to`plana borishi ularni qo`lga o`rgatishga imkon bergan. Inson va hayvonot dunyosi
Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismidir va ular tabiatda moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o`ynaydi.Ma`lumki, uy hayvonlari hisoblanadigan qoramol, qo`y, echki, to`ng`iz, ot, eshak, tuya, qolaversa it, mushuk kabi jonzotlar bizning hayotimizda tayin bir maqsad uchun boqiladi. Ayrim hayvon turlari biz uchun oqsil, moy, sut manbai, boshqasi xo`jalik uchun asqotadigan ishlarni bajaradi, transport sifatida, uylarni qo`riqlashda, hayvonlar umuman insoniyatning yashashi, hayoti faoliyatida juda muhimdir.
Qadimda ham, texnika taraqqiyoti rivojlangan hozirgi vaqtda ham odamlar hayvonlarni chiroyli terisi, mazali go`shti, qimmatbaho suyagi uchun qiziqishgan bo`lsa o`ta johil kishilar ov qilishni ermak bilib, hayvonot olamini yo`q qilishgan. Manbalardan ma`lumki 1872 va 1874 yillar mobaynida AQShdagi Kanzas temir yo`li qurilishi vaqtida “ishtiyoqmand” ovchilar har yili 2,5 mln. bizonni otib tashlaganlar, ularni bu beozor jonivorning na mazali go`shti va na terisi qiziqtirmagandir. Oqibatda bizonlar shu qadar kamayib ketganki, hozir ularning ozginasi maxsus qo`riqxonalarda saqlanib qolgan.
Insonlar o'zining hayvonlarga bevosita ta'sirida ularning geografik joylashinini va arealini o'zgarishiga ham sababchi bo'ladi. Chunki kishilar foydali hayvonlar miqdorini ko'paytirishi yoki ov qilish orqali hamda zararkunadalariga qarshi kurashib, hayvonlar miqdorini kamaytiradi. Ba'zan foydali hayvonlarni hamda zarakunada hasharotlarga qarshi kurashuvchi hayvon turlarini boshqa joylarga olib borib tarqatadi. Natijada ba'zi materik va mamlakatlarda hayvonlarning yangi turlarini odamlar olib borib, o'sha joylarga tarqatadi, oqibatda ularning ba'zilari o'sha sharoitga moslashib, ko'payib ketsa, ba'zi turlari qirilib ketadi. Bu insonning hayvonlarga ko'rsatayotgan ham salbiy, ham ijobiy ta'siridir
O'zbekiston hayvonot olamining turlari ko'p va ular rang-barangdir. Respublikamiz hududida 650 dan ortiq umurtqali hayvon namunalari mavjud bo'lib, shu jumladan 79 baliq turi, 3 ta amfibiy, 57 sudralib yuruvchilar, 410 turdan ziyod qushlar va 99 sut emizuvchilar yashaydi. Ma'lumotlarga qaraganda, keyingi o'ttiz yil ichida O'zbekiston hududida Mirzacho'l, Qarshi cho'li, Surxon- Sherobod cho'li, Farg'ona vodiysining markaziy qismlari o'zlashtirilgan. Tyanshan hamda Pomir-Oloy g'arbiy sarhadlaridagi adirlar intensiv ravishda o'zlashtirilmoqda. Bu o'z navbatida sahro-cho'l muhitidagi yashaydigan bir qator jonivorlarning, jumladan, jayron, go'zal tuvaloq kabi noyob zotlarning kamayib ketishiga sabab bo'lmoqda