logo

Atmosfera azotini bog‘lash muammosi va uning hal etilishi

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

14183.169921875 KB
13-Mavzu:    Atmosfera azotini bog‘lash muammosi va 
uning hal etilishi.
Reja: 
1. Azotning tabiyatda aylanishi. 
2. Azot birikmalarining ishlatilishi. 
3. Atmosfera azotini biriktirib olishning uch usuli. 
4. Ammiak sintezi uchun azot vodorodli aralashmaning 
olinishi va tozalash usullari •
Tayanch iboralar:  ko‘mir, neft, torf, slanes, Konversiya usuli, Ammiakli 
usulda, Elektr vov (plazma) usuli.
Azot tabiatda erkin holda va birikmalar shaklida bo'ladi. Azotning asosiy qismi 
atmosferada (massa bo'yicha 75,6%) erkin holda bo‘ladi. Birikmalar shaklida 
esa yer po‘stlog‘ining 0,4 % ini (massa bo‘yicha) azot tashkil etadi. U turli 
organik moddalar tarkibida, odam, hayvonlar va o‘simliklar organizmida, 
qazilma boyliklar, ko‘mir, neft, torf, slanes  tarkibida uchraydi. 
Anorganik birikmalar shaklida azot kam uchraydi. Uning natriy nitrat tuzi 
(Chili selitrasi) Chilida va janubiy Afrikada, kaliy nitrat (Hind selitrasi) esa 
Hindistonda topilgan. 
Ma’lum miqdor ammoniy sulfat tuzi ko‘mirni kokslashdan olinadi. Azot tirik 
tabiatda odamlar, hayvonlar va o‘simliklar hayotida benihoyat muhim rol 
o‘ynaydi, muhim ozuqa mahsuloti hisoblanadi. U oqsil tarkibiga kiradi.  Organizmda muhim biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Ammo 
odam va hayvonlar, o‘simliklar, mikrorganizmlar tanasida oqsillar yoki 
boshqa organik moddalar  (fermentlar, vitaminlar, garmonlar, nuklein 
kislotalar va boshqalar ) sintezida elementar holdagi azot emas (u juda 
inert elementdir, uning disotsiyalanish energiyasi  945 kJ/mol ‘ bo‘lib, 
atomlari orasidagi bog‘lar juda mustahkamdir, taqqoslash uchun xlor 
molekulasining dissotsiyalanish energiyasini  243 kJ/mol  olish mumkin), 
balki uning birikmalari ishtirok etadi. 
Azot birikmalari  bo‘yoqlar, plastmassalar (aminoplastlar) kimyoviy 
tolalar (kapron, neylon, enant, poliamid tolalar) suratkashlik preparatlari, 
dori-darmonlar, portlovchi moddalar, azotli o‘g‘itlar, ammiak va nitrat 
kislotasi  va boshqa o‘nlab xalq xo‘jaligi uchun muhim bo'lgan qator 
mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. XX asming boshlarida atmosfera azotini 
biriktirib olishning uch usuli topildi: 
1 ) sianamidli usul; 
2 ) elektr yoy usuli; 
3) ammiak sintezi usuli.
Sianamidli usulda ( 1904-vilda A. Frak 
va N. Karolar  bu usulni kashf etishgan) 
yuqori haroratda ohakka ko‘mir qo‘shib 
maxsus pechlarda qizdiriladi.
So‘ngra hosil bolgan kalsiy karbid 
sianamidga aylanadi.
CaO + 3C  = CO + CaC2 
CaC2 + N2 =  Ca(CN)2 + С+301/uE Kalsiy sianamid, sianamid  NH2CN  ning hosilasi bo‘lib, kukunsimon 
kulrang modda (sianamidning tuzilishi quyidagicha  H2N-C=N). 
Unga suv bug‘i ta’sir ettirilganda, osonlikcha parchalanib, ammiak va 
kalsiy karbonatga aylanadi 
Ca(CN)2 +3H2O=CaCO3+2NH3+75 kJ
Shu usulga asoslangan birinchi ammiak zavodi 1905-yilda Italiyada 
qurilib ishga tushirildi. Uning mahsuldorligi 4 ming t/yilga teng bo'lgan. 
Bu usulda ishlab chiqarilgan ammiak qimmatga tushar edi, 1t 
sianamidga 12000 kVt elektr energiyasi sarflanadi.
Kaltsiy siyanidi  Ca(CN)2  noorganik kimyoviy birikma, ishqoriy yer 
metalli kaltsiy va gidrosiyan kislotasining tuzi.
Oddiy sharoitda u oq kukun yoki kristalldir. U sianidlarga xos achchiq 
bodom hidiga ega.Suvli eritmalarda va nam havoda gidrolizlanadi, 
vodorod siyanidi ajralib chiqadi. Boshqa siyanidlar kabi u juda zaharli 
hisoblanadi. •
Elektr yoy (plazma) usuli (1905-yilda kashf etilgan). 
•
Atmosfera azotini past haroratli plazmada (2200  К  dan yuqori haroratda) 
to‘g‘ridan to‘g‘ri kislorod bilan oksidlashga asoslangan (elektr uchqunida 
azot yonishini 1785-yilda  Kavendish va Pristl i topgan edi). 
•
Past haroratli havo plazmasi bu ionlashgan havo bo‘lib, gaz ionlari va erkin 
elektronlardan iborat bo‘ladi. 
•
Plazma holati yuqori chastotali elektr yoyida gazlaming zaryadsizlanishidir, 
yadro peaksiyalarida kuzatiladi. 
•
Plazma usuliga asoslangan birinchi zavod  1905-yilda Norvegiyada X. 
Birkelanda va S. Eyde usuli asosida qurilib ishga tushirildi . Bu usulda ko‘p 
energiya sarflanadi. (1t NO olish uchun 60 000 kVt/s elektr energiyasi 
sarflanadi.) NO ning unumi past (5%) bo‘ladi. NO ning tannarxi qimmatga 
tushadi.  Ammiakli usulda N2 to‘g‘ridan to‘g‘ri H2 bilan biriktiriladi. 
Bu haroratda , bosim va katal izator ishtirokida boradi. Bu usulda olingan 
ammiakning tannarxi ancha arzonga tushadi. Hozirgi vaqtda bu usul 
ammiakni sanoatda ishlab chiqarishning birdan bir usulidir. Bu usulni 
ancha vaqtgacha qo‘llashning iloji bo‘lmadi. 
Chunki bunda yuqori bosim (1000 atm. gacha) talab qilinardi. Yuqori 
bosimni faqatgina XX asrning 10-yillarida hosil qilish mumkin bo‘ldi. 
Bu usulni birinchi bo‘lib 1908-yilda nemis olimi  Gaber  kashf etdi, 1913-
yilda uni ishlab chiqarishga tatbiq etdi. Bu kashfiyot uchun  1920- yilda 
Nobel  mukofotiga sazovor bo‘ldi. 
Bu usulga asoslanib birinchi zavod Germaniyada qurildi, uning 
mahsuldorligi 20—25 t/sutkaga teng bo‘lib, reaksiya 200—225 atm. 
bosim va 550°  С  haroratda, katalizator ishtirokida olib boriladi. 
Unumi 8—9 % ga teng. Hozirgi paytda (ammiak) atmosfera 
azotini biriktirib olishning 
mikrobiologik  usuli kashf etilgan. 
Hech qanday yuqori haroratsiz, 
bosim va katalizatorsiz  laboratoriya 
sharoitida atmosfera azotini biriktirib 
olish mumkinligi aniqlandi. 
Kelajakda ushbu usul bilan juda 
arzon azot birikmalari ishlab 
chiqarish yo'lga qo'yiladi. 
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston 
Respublikasida kontakt usuli bilan 2 
mln t ga yaqin ammiak ishlab 
chiqariladi. Ammiak sintezi uchun azot vodorodli aralashmaning olinishi va tozalash 
usullari: 
•
Ammiak sintezi uchun 1:3 nisbatda azot vodorodli aralashma kerak bo'ladi. 
Azot sanoatda suyuq havodan ajratish yo‘li bilan olinadi. 
•
Havo tarkibi hajm jihatdan o'lchanganda 78% azot, 21% kislorod va 0,94% 
argondan iboratdir. Yana havo tarkibida oz miqdorda CO2 , H2, Ne, He, Kr, Xe 
lar uchraydi. 
•
Havo avval katta bosimda siqilib sovitiladi, suyultiriladi, so'ngra suyuq havo 
tarkibidagi komponentlarning qaynash haroratlarining har xilligidan foydalanib 
(Q. t: N2= -195,80; O2= -183,0; Ar = -185,7°C) rektifikatsiya minoralarida 
fraksiyalarga ajratlib toza holda N2, O2 va Ar olinadi. •
Vodorod sanoatda turli yo'llar bilan olinadi: 
1) metan va uni gomologlarining konversiyasi; 
2) qattiq yoqilg'ini gazga aylantirganda hosil bo‘lgan SO ning konversiyasi; 
3) koks gazlarini ajratish; 
4) suvni yoki NaCl eritmasini elektroliz qilish orqali olinadi.
•
Iqtisodiy ko‘rsatkichlari jihatidan eng arzon va asosiy sanoat usuli birinchi 
usuldir. 
•
Metan konversiyasining (konversiya lotincha conversion so‘zidan olingan 
bo‘lib, o‘zgarish, aylanish ma’nosini anglatadi) birinchi mahsuloti sintez 
gaz  (mCO+nH2)  deb ataladi. 
•
U vodorod olishdan tashqari metanol sintezi, yuqori molekular og'irlikka 
ega bo‘lgan spirtlar sintezi, sintetik benzin sintezi va boshqalar (so‘nggi 
paytlarda CO gazi temir rudalaridan, temimi qayta ishlab toza temir 
olishda ham ishlatila boshlandi). sintezida ham ko‘p ishlatiladi. •
Konversiya usuli metanni suv bug‘i yoki kislorod bilan oksidlanishiga 
asoslangan: 
CH4 + H2O = CO + 3H2 
С H4 , + 0,5 O 2  =    CO + 2H2
•
Keyin hosil bo‘lgan CO ni suv bug‘i bilan konversiya qilinadi.
CO + H2О = СО 2  + H2  
Metanning suv bug'i bilan konversiyasi reaksiyasini umumiy holda 
quyidagicha yozish mumkin: 
С H4 + 2H2O = CO + 4H2 (endotermik reaksiya) 
Metan va CO konversiyalari katalizator ishtirokida (CH4 uchun  nikel,  CO 
uchun  temir, xrom, rux-xrom-misli katalizatorlar  qo‘llaniladi) boradi. 
Rux-xrom-misli katalizator qo‘llanganda CO konversiyasi past haroratda 
(250 — 300°C) boradi.  •
Konversiyalangan gaz tarkibida qolgan CO ning miqdori 0,2 - 0,4 % dan (hajm 
bo‘yicha) oshmaydi. 
•
Bunday hollarda ko‘pincha CO dan tozalash uchun absorbsion usul o‘rniga faqat 
metanlash-gidrogenlashdan foydalanish mumkin.
•
Yuqorida keltirilgan reaksiyalardan ma’lumki, olingan  vodorod gazi  toza emas, 
tarkibida 30 % gacha CO2, 0,5—4 % gacha CO saqlaydi. 
•
Ozroq miqdor O2 birikmalari bilan ifloslangan bo‘ladi. Bu aralashmalar ammiak 
sintezida ishlatiladigan katalizatomi zaharlaydi. Shuning uchun ularni tozalash  kerak 
bo'ladi. 
•
AMMIAK SINTEZI KATALIZATORI
•
Ts 00203068-31:2015	 (TIF TN kodi	 381 590 9000)
•
Ammiak sintezi katalizatori 15 dan 55 MPa gacha bo’lgan bosimda, 400  	
o
C dan 
600	
  o
C gacha bo’lgan haroratda ishlash uchun mo’ljallangan. Ikki markada : 
(oksidlangan)	
  «CA-C»	  va (qayta tiklangan)	  «CA-CB»  	Markalarida chiqariladi.
•
«CA-CB»	
  katalizatori	  «CA-C»	  katalizatorini azotli vodorod aralashmasi orqali qayta 
tiklash yo’li bilan ishlab chiqariladi. Ko’rsatkichlarning nomlari Markalar
«CA-C» «CA-CB»
Maydalangan katalizator uchun tashqi ko’rinish
Notekis shakldagi qora donachalar
Fraksiyalarning granulometrik o’lchami: 5÷7
7÷10
10÷15
78
3 5÷7
7÷10
10÷15
78
3
a) fraksiyalar va donalar o’lchami , mm
2,7÷0,2 2,1÷0,2
b) me'yorlashtiriladigan fraksiyaning massa ulushi %, kam emas
31÷40 me'yorlanmaydi
v) o’lchami 0,5 mm gacha bo’lgan fraksiyaning massa ulushi %, kam 
emas me'yorlanmaydi 72
Hajmiy zichlik, kg/dm 3
0,8÷1,2 1,0÷1,5
Temir (FeO) (II)oksidining massa ulushi, %
2,4÷3,8 3,1÷4,9
Metalli temirning massa ulushi, %
1,9÷3,1 2,4÷4,0
Kaliyning massa ulushi kaliy oksid (K
2 O) ga qayta hisoblanganda, %
0,7 0,9
Alyuminiyning massa ulushi alyuminiy (Al
2 O
3 )(III) oksidga qayta 
hisoblanganda, % 0,015 0,019
Kalsiyning massa ulushi kalsiy oksid SaOga qayta hisoblanganda, %
20 20 Vodorodni begona aralashmalardan tozalashning turli usullari 
qo‘llaniladi: 
a) qattiq sorbentlar bilan aralashmalami adsorbsiyasi; 
Bu usul bilan begona qo‘shimchalar kam bo‘lganda (C saqlovchi 
birikmalarda) qo‘llaniladi; 
b) suyuq sorbentlar bilan absorbsiyalanish; 
b) usul CO2 va CO lardan tozalashda ishlatiladi; 
d) chuqur sovitish bilan aralashtirmalami kondensatlash;
d) usul qimmatga tushganligi uchun hozirgi paytlarda ammiak ishlab 
chiqarishda qo‘llanilmaydi (azotning boshqa birikmalari sanoatida 
qo‘llanilmoqda);   
e) kattalik gidrogenlash va boshqalar. 
e) usul CO2, CO va O2 ning miqdori kam bo'lganda qo‘llaniladi. Farg ona Azot ʻ - O‘zbekistonda mineral azotli o‘g‘itlar, defoliantlar 
va	
 sellyuloza atsetatlar ishlab chiqaruvchi yirik korxonalardan biri. To liq 	ʻ
nomlanishi "FARG‘ONAAZOT" aksiyadorlik jamiyati bo lib, bosh ofisi 	
ʻ
Farg ona shahrida joylashgan.	
ʻ
•
1962-yil sentabr oyida birinchi mahsulot - ammiakli selitra ishlab 
chiqarildi. Ayni sanada birinchi marta ammoniy nitrat olindi.
•
Ammiak ishlab chiqarishning birinchi bosqichi 1964-yilda, ikkinchi navbati 
esa 1968-yilda Moskvadagi Ammiak ishlab chiqarish davlat instituti 
loyihasi asosida ishga tushirildi.
•
1965-yildan ammiak suvi, texnik kislorod, magniy xlorat, 
•
1967-yildan kuchsiz azot kislotasi ishlab chiqarila boshlandi.
•
1985-yilda karbamid ishga tushirildi  https://youtu.be/kgLYir9S1y4  
•
SUYUQ AZOTLI FAKTLAR
•
Suyuq azot - bu suyuq havoni fraksiyonel distillash bilan tijorat maqsadida 
ishlab chiqariladigan azot elementining suyultirilgan shakli. 
•
Azot gazi singari, u kovalent bog'lanishlarni taqsimlovchi ikkita azot atomidan 
iborat (N
2 ).
•
Ba'zida suyuq azot LN deb belgilanadi, LN yoki LIN.
•
Birlashgan Millatlar Tashkilotining raqami (UN yoki UNID) - bu yonuvchan 
va zararli kimyoviy moddalarni aniqlash uchun ishlatiladigan to'rt xonali kod. 
•
Suyuq azot BMTning 777 raqami sifatida aniqlanadi.
•
Oddiy bosimda suyuq azot 77 K (-195,8 ° C yoki -320,4 ° F) da qaynaydi.
•
Azotning suyuqlikni gazga kengayish koeffitsienti 1:694 ni tashkil etadi, ya'ni 
suyuq azot qaynab, hajmni azotli gaz bilan tezda to'ldiradi. •
Azot toksik emas, hidsiz va rangsizdir. Bu nisbatan inert va yonuvchan emas.
•
Azot gazi xona haroratiga yetganda havodan biroz engilroq bo'ladi. U suvda 
ozgina eriydi.
•
Azot birinchi marta 1883 yil 15 aprelda polshalik fiziklar Zigmunt 
Vroblevskiy va Karol Olszevski tomonidan suyultirilgan.
•
Suyuq azot bosimni oshirib yubormaslik uchun shamollatiladigan maxsus 
izolyatsiya qilingan idishlarda saqlanadi. 
•
Dewar kolbasining dizayniga qarab, uni soatlab yoki bir necha haftagacha 
saqlash mumkin.
•
LN2 Leidenfrost effektini namoyish etadi, ya'ni u shunchalik tez qaynab 
chiqadiki, u azot gazining izolyatsion qatlami bilan sirtini o'rab oladi. 
Shuning uchun polga to'kilgan azot tomchi. Suyuq azot bug’lanib turadi, 
20 ° C gacha qizdirilganda 
bir litridan taxminan 700 litr 
gaz hosil qiladi. Shu sababli 
suyuq azot bosim ostida 
maxsus ochiq vakuumli 
izolyatsiyalangan  Dewars  
yoki  kriyogenli  idishlarda 
saqlanadi

13-Mavzu: Atmosfera azotini bog‘lash muammosi va uning hal etilishi. Reja: 1. Azotning tabiyatda aylanishi. 2. Azot birikmalarining ishlatilishi. 3. Atmosfera azotini biriktirib olishning uch usuli. 4. Ammiak sintezi uchun azot vodorodli aralashmaning olinishi va tozalash usullari

• Tayanch iboralar: ko‘mir, neft, torf, slanes, Konversiya usuli, Ammiakli usulda, Elektr vov (plazma) usuli. Azot tabiatda erkin holda va birikmalar shaklida bo'ladi. Azotning asosiy qismi atmosferada (massa bo'yicha 75,6%) erkin holda bo‘ladi. Birikmalar shaklida esa yer po‘stlog‘ining 0,4 % ini (massa bo‘yicha) azot tashkil etadi. U turli organik moddalar tarkibida, odam, hayvonlar va o‘simliklar organizmida, qazilma boyliklar, ko‘mir, neft, torf, slanes tarkibida uchraydi. Anorganik birikmalar shaklida azot kam uchraydi. Uning natriy nitrat tuzi (Chili selitrasi) Chilida va janubiy Afrikada, kaliy nitrat (Hind selitrasi) esa Hindistonda topilgan. Ma’lum miqdor ammoniy sulfat tuzi ko‘mirni kokslashdan olinadi. Azot tirik tabiatda odamlar, hayvonlar va o‘simliklar hayotida benihoyat muhim rol o‘ynaydi, muhim ozuqa mahsuloti hisoblanadi. U oqsil tarkibiga kiradi.

Organizmda muhim biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Ammo odam va hayvonlar, o‘simliklar, mikrorganizmlar tanasida oqsillar yoki boshqa organik moddalar (fermentlar, vitaminlar, garmonlar, nuklein kislotalar va boshqalar ) sintezida elementar holdagi azot emas (u juda inert elementdir, uning disotsiyalanish energiyasi 945 kJ/mol ‘ bo‘lib, atomlari orasidagi bog‘lar juda mustahkamdir, taqqoslash uchun xlor molekulasining dissotsiyalanish energiyasini 243 kJ/mol olish mumkin), balki uning birikmalari ishtirok etadi. Azot birikmalari bo‘yoqlar, plastmassalar (aminoplastlar) kimyoviy tolalar (kapron, neylon, enant, poliamid tolalar) suratkashlik preparatlari, dori-darmonlar, portlovchi moddalar, azotli o‘g‘itlar, ammiak va nitrat kislotasi va boshqa o‘nlab xalq xo‘jaligi uchun muhim bo'lgan qator mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.

XX asming boshlarida atmosfera azotini biriktirib olishning uch usuli topildi: 1 ) sianamidli usul; 2 ) elektr yoy usuli; 3) ammiak sintezi usuli. Sianamidli usulda ( 1904-vilda A. Frak va N. Karolar bu usulni kashf etishgan) yuqori haroratda ohakka ko‘mir qo‘shib maxsus pechlarda qizdiriladi. So‘ngra hosil bolgan kalsiy karbid sianamidga aylanadi. CaO + 3C = CO + CaC2 CaC2 + N2 = Ca(CN)2 + С+301/uE