ATMOSFERA YIG'INLARINING DARYO HAVZASI BO'YICHA TAQSIMLANISHI
MAVZU: ATMOSFERA YIG'INLARINING DARYO HAVZASI BO'YICHA TAQSIMLANISHI REJA 1. Atmosferaga ekologik omillarni ta’siri. 2 . Atmosfera ifloslanishi va uning oqibatlari. 3. Tuproqning ifloslanishi 4. Atmosfera havosining ifloslanishi kishi organizmga ta’siri . 5. Atmosferani muhofaza qilish . 6. Atmosfera havosini sun’iy ifloslanishdan tozalash yo’llari
Atmosferaga ekologik omillarni ta’siri. Atmosfera havosiga Yerni ichki va tashqi kuchlarni harakati bilan bog’liq turli tabiiy va sun’iy omillar doimo ta’sir ko’rsatadi va bu ta’sirlar natijasida havoda turli o’zgarishlar va shu jumladan salbiy o’zgarishlar yuz bermoqda. Atmosfera havosiga ekologik omillarni ta’sirida uni ifloslanishi, zaharlanishi, bulg’alanishi, haroratini o’zgarishi, CO2 gazini muvozanatini buzilishi, azon qatlamini siyraklashishi va unda teshiklar paydo bo’lishi, «smog» hodisasini yuz berishi, shovqin- suronni ta’siri yuz beradi. Bunday ta’sirlar natijasida havoni tarkibini o’zgarishi va nafas olish uchun xavfli holatni yuzga kelishi, kislotali va ishqorli yomg’irlarni yog’ishi, quyosh radiatsiyasini pasayishi, yoz haroratini ko’tarilishi va boshqa hodisalar bo’ladi. Bu o’zgarishlar biosferada salbiy jarayonlarni keltirib chiqaradi, o’simliklarga, hayvonlarga va insonlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Atmosferaning sun'iy ifloslanishda avtomobil transporti birinchi o’rinni (40%) energetika sanoati (20%) ikkinchi o’rinni, korxona va tashkilot ishlab chiqarishi, maishiy – kommunal xo’jaligi va boshqalar zimmasiga esa atmosferani sun'iy ifloslanishining 26% to’g’ri keladi.
• Atmosfera havosi T abiiy va S un'iy ifloslanishlari mumkin .
Tabiiy ifloslanish. Atmosferada muhlum miqdorda changlar uchraydi. CHanglarning uch turi ajratiladi: M ineral, O rganik, K osmik. Mineral changlar - tog’ jinslarining yemirilishi, vulqonlar otilishi, o’rmon yong’inlari, dengizlar yuzasidan suvlarning bug’lanishi kabilar tufayli kelib chiqadi. Organik changlar - havo qatlamidagi aeroplanktonlar shuningdek, o’simlik va hayvonlarning qoldiqlar va parchalanish mahsulotlaridir. Kosmik changlar - metioritlarning atmosfera qatlamidan o’tayotganda yongan qoldiqlari hisoblanadi.