”Avesto”ning qismlarini tanlab o'rganish, asardagi tangri Xo'rmuzdga oid sifatlarni belgilash.
REJA: I – Kirish II – Assiy qisim 1) “Avesto ” va Zardushtiylik haqida . 2)“ Avesto”dagi asosiy qarashlar , g’oyalar va uning qismlari . 3)“ Avesto”da ezgulik , insoniy va adolatli jamiyat boshqaruviga doir qarashlar . III – Xulosa MAVZU :” AVESTO”NING QISMLARINI TANLAB O'RGANISH , ASARDAGI TANGRI XO'RMUZDGA OID SIFATLARNI BELGILASH .
." Avesto " – jahon madaniyatining , jumladan , Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir . Zardushtlik e`tiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu ta`limotdan boshlangan . Bu kitob tarkibi , ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi . " Avesto"da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha , Vaxsh )dan kelib chiqib , uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan . Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud . " Avesto " oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda datslab to`qqiz ho`kiz terisiga yozilgan . Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol . 7 -3 asr ) davrida 21 kitob holida yig`ilgan , bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan . Tiklangan matnga "Zand " nomi bilan sharhlar bitilgan . " Avesto " to`rt qismdan iborat : Yasna (" Diniy marosimlar "), Yasht (ma`no jihatdan Yasnaga yaqin ), Visparad (" Barcha ilohlar haqidagi kitob "), Vendidad (" Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi "). Yasna tarkibiga kirgan madhlar "Gatlar " ( ayrim manbalarda "gohlar ") deb nomlanib , ularni Zardutsning o`zi yozgan deb taxmin qilinadi . Gatlar tarkibida Jamshid (Yima ), Gershasp , Afrosiyob (Alp Er To`nga ) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi.Ibn Sino dunyoda , birinchi navbatda , buyuk tabib sifatida mashhur boʻlgani bilan birga olimlar nazdida buyuk faylasuf sifatida ham hurmatli . Uning insonga , birinchi navbatda , praktik jihatdan zarur boʻlgan tibbiy asarlari olim nomini dastlab butun dunyoga taratdi va uni oʻchmaslikka olib keldi .
"Avesto " insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining e`tiborini tortgan . U haqda F.Nitsshe , F. Shpigel , A. Mayllet , V. Bartold , E. Bertels , Yan Ripka , O.Makovelskiy , I. Braginskiy v.b . xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud . O`zbekistonda "Avesto"ni o`rganish qadimdan boshlangan . Abu Rayhon Beruniy , Abu Jafar Tabariy , Abu Baxr Narshaxiy asarlarida "Avesto " ta`limotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud . Bu nodir ilmiy asarlarning qo`lyozma va bosma nusxalari O`R FA SHI jamg`armasida saqlanadi . Hozirgi o`zbek olimlari A.Qayumov , H. Homidov , M. Isoqov , N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari e`tiborli . O`zbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda "Avesto"ning 2700 yilligi nishonlandi . " Avesto " vatani Xorazmda bog` barpo qilindi , asarning o`zbek tilidagi tarjimalari chop etildi , u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi .
Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo`lib , bu din er.avval VII -VI asrlarda dastavval O`rta Osiyoda -Xorazm vohasida paydo bo`lgan . Uning payg`ambari Zardusht tarixiy shaxs edi . U mazdakiylik dinini isloh qilib , uning asosida yangi yakka xudolik dinini ijod etgan . Zardushtiylik paydo bo`lgan davr birinchi sinfiy jamiyat , ya`ni quldorlik davri endi paydo bo`layotgan davr edi . U urug` - qabilachilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga , zolim va mazlumlarga bo`linayotgan davr bo`lgan . Bu din eng avval O`rta Osiyo , so`ng Eron , Ozarbayjonda qaror topgan edi . I.A.Karimov juda o`rinli qayd qilganidek , «Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz ». Bu o`rinda birinchi davlat tashkil topgandan keyingi «yozma tarix » nazarda tutilgan . Yunon , Xitoy tarixchi sayyohlari o`z xotiralarida yozib qoldirgan keyin Zardushtiylik yozuvlarida berilgan tarix nazarda tutilgan . Xorazmda o`troq hayot undan ham birmuncha oldin yuzaga kelgan , davlat uning mahsuli tarzida tashkil topgan . Bu haqda bundan tahminan 3 ming yil avval yaratilgan «Avesto»ning qo`lyozmasi binobarin yozma tarixning ilk debochasi ishonchli dalolat bergan . «Bu nodir kitob , deb yozgan edilar , I.A.Karimov , bundan XXX asrlar muqaddam ikkidaryo oralig`ida mana shu muqaddas zamin umrguzorlik qilgan ajdodlarimizni biz avlodlarga qoldirgan ma`naviy , tarixiy merosidir» 3. Yurtboshimiz «Avesto » Xorazmdek qadimiy o`lkada buyuk davlat , boy ma`naviyat qimmatli madaniyat bo`lganligini hech kim inkor eta olmasligini ham ta`kidlagan .
Zardushtiylik eradan avvalgi 7-6 asrlarga xos bo`lgan din sifatida undan oldingi urug ` qabilachilik dinlari negizida paydo bo`lgan yakka xudolik dini bo`lgan . U to 7-9 asrlargacha turli shaklda davom etib , so`ng o`rnini islom egalladi . U dastavval Xorazm vohasida shakllanib , yaqin va o`rta Sharqqacha tarqalib , ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda.Vujudga kelishi . Zardushtiylik mil. av. III -II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan dindir . Zardushtiylik vahy orqali e`lon qilingan jahon dinlarining eng qadimiysidir . U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko`p ta`sir o`tkazgan dindir . Insoniyat tarixida har bir kishi utsidan ilohiy hukm ama lga oshirilishi , jannat va jahannam , qiyomat - qoyim , unda tanalarning qayta tirilishi , tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi . Keyingi asrlarda bu g`oyalar yahudiylik , xritsianlik va boshqa dinlar tarafidan o`zlashtirildi . Aytib o`tish joizki , ushbu din paydo bo`lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to`liq yechilgan masalalar emas . Zardushtiylik dini payg`ambar Zardus Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna » dini deb atalgan . Bu so`zni «Mazdaga sig`inmoq » deb tarjima qilish mumkin . «Mazda» so`zi «donish , donishmand , oqil » kabi talqin etiladi . Zardushtiylik yana «Behdin », ya`ni «Eng yaxshi din» deb ham ulug`langan . Uning ta`limotiga ko`ra , barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan . «Mazda» so`zi oldiga ulug`lash ma`nosini anglatuvchi «Axura » qo`shilib , zardushtiylikning ilohiyati –Axura -Mazda nomi paydo bo`lgan . Bu – «Janob Mazda» yoki «Iloh » demakdir . Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra , Zarduts , Zoroatsr ko`rinishlarida ham ishlatiladi . Tadqiqotchilar o`rtasida Zardushtning tarixda bo`lgan yoki bo`lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud . Ba`zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar , boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar . Manbalarning xabar berishicha , u taxminan mil. av. 1200 -570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi , faylasuf , shoirdir . ht nomiga nisbat berilib , shartli ravishda shunday atab kelinadi .