BILISH NAZARIYASI


5 - MAVZU : BILISH NAZARIYASIT О SHK Е NT TO'QIM А CHILIK V А YENGIL S А N ОА T INSTITUTI « F А LS А F А » F А NI
Reja: 1. Bilish - gnoseologiyaning asosiy kategoriyasi. 2. Bilish bosqichlari. 3. Falsafada ong va ruxiyat muammosi. 4. Ong va in'ikos. Ijtimoiy ong shakllari. 5. Haqiqat tushunchasi va uning shakllari. BILISH NAZARIYASI
Ong psixik inikosning o`ziga xos, yuksak shaklidir. Ammo, bu psixika va ong tushunchalarini aynanlashtirish uchun asos bo`la olmaydi. Gap inson psixikasi haqida ketganda ham, u ong tushunchasiga nisbatan keng qamrovlilik kasb etishini unutmaslik lozim. Z.Freyd fikricha, psixika ongsizlik, ong osti hodisalarini va ongning o`zidan iborat uch qatlamda tashkil topgan. Inson hayoti, faoliyatida ong bilan bir qatorda ongsizlik va ong osti hodisalari ham muhim ahamiyatga ega. Falsafada ong va ruxiyat muammosi
ONG & RUHIYAT Psixologlar fikricha, inson farzandining kamol topa borishi bilan bir qatorda ko`plab funksiyalar ong nazorati ostidan chiqib avotomatik harakter kasb etishi bilan harakterlanadi. Biron bir narsaga birinchi marta qo`l urganimizda bizda barcha harakatlarimiz ongning qattiq nazorati ostida bo`ladi. Vaqt o`tishi bilan esa ko`pgina harakatlarni ongsiz tarzda, anglamagan holda bajara boshlaymiz. Bunday holat inson faoliyatining xilma- xil sohalari, yo`nalishlarida, ularga ongning faol tarzda aralashishini, ya`ni qayta faoliyatini o`z nazoratiga olishi mumkinligini inkor etmaydi. Hatti- harakatlarning ongsizlik sohasiga ko`chishi, bir tomondan, ong “yuki”ning yengillashuviga xizmat qilsa, boshqa tomondan, ongning asosiy kuchi, quvvati, “diqqatni” inson, hayoti uchun muhim bo`lgan harakat, jarayonlariga qaratilishiga imkoniyat yaratadi.