Biotsenoz haqida. Biogeotsenoz tushunchasi
Biotsenoz haqida. Biogeotsenoz tushunchasi
MIKROORGANIZMLAR JAMOASI BIOTSENOZI. Biotsenozni tashkil qiluvchi o‘simlik, xayvon va mikrorganizmlar jamoasining birga yashashga moslashuvi ularning abiotik faktorlarga o‘xshash talablarida ifodalaniladi. "Biotsenoz" so‘zi xozirgi ekologik adabiyotlar ma’lum territorial uchastkalarni belgilashda ishlatiladi:bug‘doy dalasi biotsenozi,o‘tloq biotsenozi, o‘rmon biotsenozi va x.Bunda birga yashashga moslashgan o‘simlik, xayvon va mikroorganizmlar kompleksi xisobga olinadi. www.arxiv.uz
IJTIMOIY EKOLOGIYA Jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ilmiy anglash, insonni ijtimoiy fenomen sifatida ko‘rish - uning taraqqiyotini to‘g‘ri belgilash imkoniyatini beradi. Insonning jamiyat a’zolari bilan birgalikda, o‘zaro munosabatlarda yaratgan ijtimoiy va ruhiy muhitlar ta’sirini sotsekologiya, ya’ni ijtimoiy ekologiya o‘rganadi. Har qanday muammoni yechishni uni nazariy tomonidan o‘rganishdan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Muammoni nazariy tomondan o‘rganish deganda, birinchi navbatda mazkur muammoni yechadigan ilm sohasining tadqiqot ob’yekti, predmet va oldiga qo‘ygan maqsadini aniq ko‘z oldiga keltirib, ob’yektiv qonuniyatlarni chuqur bilib olishlikka aytiladi. www.arxiv.uz
Demak, mazkur ilm tarmog‘i qaysi ob’yektiv borliq va uning jabhasini o‘rganishni, uni bu o‘rganishdan maqsadi nimada ekanligini hamda shu sohada doimo hukm suruvchi qonuniyatlar jamiyat manfaatlariga qanday xizmat qilishini yaxshi bilgan kishigina bunday muammoni yecha oladi. Odamzot bioijtimoiy mavjudot bo‘lganligi tufayli uning biologik mohiyati bilan bir qatorda ijtimoiy va ruhiy mohiyatlarini saqlab qolish zarur bo‘lib qoldi. Ko‘rib turganimizdek, bu muammolar tabiiy, ijtimoiy va ruhiy muhitlarning yomonlashganligi natijasida yuzaga keldi. Bunday hol insonning ijtimoiy, ruhiy va jismoniy salomatligi orqali uning biologik, ijtimoiy va ruhiy tadrijiy rivojlariga ta’sir etib, salomatligini yomonlashishiga, ma’naviyatini pasayishiga va iymonini susayib ketishiga olib keldi. www.arxiv.uz
• Biosferaning tarkibiy qismi bo‘lgan inson, tirik mavjudotlarning oliy shakli hisoblanib, tabiiy muhit bilan bir paytning o‘zida ijtimoiy va ruhiy muhitlarda yashaydi. Shu boisdan u biologik, ijtimoiy ruhshunoslik qonuniyatlari bo‘yicha rivojlanib boradi hamda ularning doimiy o‘zaro ta’siri ostida bo‘ladi. • Biroq bironta ham sanekologik, ijtimoiy ekologik va psixologik tadqiqotlar «umuminsoniga» tayana olmaydi. Faqat aniq biologik, ruhiy va ijtimoiy belgilarga ega bo‘lgan odamlar guruhigina sanekologiya ijtimoiy ekologiya va psixoekologiya fanlarining tadqiqot predmeti bo‘lishi mumkin. www.arxiv.uz