logo

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA EKOLOGIK TARBIYA BERISH METODIKASI

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

753.5 KB
 
  
Samarqand 2019 yil May
“ BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA 
EKOLOGIK TARBIYA BERISH METODIKASI” 
MAV ZUSIDAGI    •
  Malaka ishi mazmunining bayoni                              4 -bet 
•
Ilovalar                                                                         32 -bet
•
Tinglovchining malaka oshirish davrida o’z-o’zini 
rivojlantirishi va mustaqil bilim orttirishi bo’yicha 
bajarilgan ishlari                                                         49 -bet
•
  Tinglovchining o’z kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib 
borishga qaratilgan yo’l xaritasi                                53 -bet
•
Taqdimot slaydlari                                                      54 -bet •
REJA:
•
I  KIRISH
•
II ASOSIY QISM:
•
2 . 1 .  Boshlang’ich sinflar o’quvchilariga ekologik tarbiya 
berish metodikasini shakllantirishning ilmiy-pedagogik 
asoslari
•
2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologik tarbiya 
berish metodikasini i shakllantirish imkoniyatlari
•
2 . 3 .  Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ekologik tarbiya 
berish metodikasini shakllantirish texnologiyasi
•
Xulosa 
•
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
•
  Ilovalar  KIRISH
Mamlakatimizda  jismoniy  sog’lom,  ma’naviy  yetuk,  har  tomonlama  uyg’un 
va  barkamol  rivojlangan,  mustaqil  fikrlaydigan,  intellektual  salohiyatga,  chuqur  bilim 
va  zamonaviy  dunyoqarashga  ega,  Va tanimizning  taqdiri  va  kelajagi  uchun 
mas’uliyatni  o’z  zimmasiga  olishga  qodir  bo’lgan  yosh  avlodni  tarbiyalab  voyaga 
etkazish  vazifasini  izchil  davom  ettirish  uchun  aniq  maqsadga  qaratilgan  keng 
ko’lamdagi  kompleks  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish,  davlat  va  jamiyatning  barcha 
kuch  va  imkoniyatlarini  shu  yo’lda  safarbar  etish  maqsadida  2014  yil  «Sog’lom  bola 
yili» deb e’lon qilini.
Bu yilda amalga oshirilajak ishlardan eng muhimi insonlarning sog’ligi bolalarimizning 
sof  toza  havodan  erkin  bahramand  bo’lishlari,  mavjud  ekologik  muammolarni  bartaraf 
etishdir.  U  esa  juda  kichik  yoshidan  boshlab  bolalarda  ekologik  madaniyatni 
tarbiyalashni taqoza etadi. 
Shuning  uchun  ham,  birinchi  prezidentimiz  I.Karimov  manaviyat  sohasidagi 
ishlarimizning  pirovard  maqsadi  “mustaqil  dunyoqarashga  ega,  ajdodlarimizning 
bebaho  merosi  va  zamonaviy  tafakkurga  tayanib  yashaydigan  barkamol  shaxs  –  komil 
insonni  tarbiyalashdan  iborat”  –  degan  edi.  Barkamol  inson  shaxsi  ma’naviy 
qiyofasidagi ekologik madaniyat alohida ahamiyat kasb etadi. 
Darhaqiqat  bu  holatlarning  ildizi  chuqur  bo’lganligi  sababli  hozirgi  kungacha 
ham  asoratlari  tugagan  emas.  Sanoat  korxonalarining  chiqindilari,  turli  ahlatlarning 
chiqarilayotganligi ekologik muvozanatning buzilishiga sabab bo’lmoqda.   Mavzuning  dolzarbligi :   Nega  ekologik 
muammoga  bu  darajada  katta  e’tibor 
qaratilmoqda?  Chunki  tabiat  bilan  inson  bir 
butun  bo’lib,  u  har  bir  odam  va  jamiyat 
uchun  yashash  manbalaridir.  Insoniyat 
yaralibdiki,  bu  ko’hna  zamin  ona  tabiat  ham 
unga  hamohangdir.  Shuning  uchun  inson 
tashqi  muhitda  vujudga  kelgan 
bog’lanishlarning  buzulishiga  yo’l 
qo’ymasligi lozim.  Muammoning o’rganilganlik  darajasi:
Tabiat  muhofazasiga  oid  tarbiya  g’oyalari  O’rta  asrlarda  yashab  ijod  etgan 
buyuk mutaffakkirlar Muhammad Muso al – Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu 
Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Amur  Temur,  Alisher  Navoiy,  Mirzo 
Ulug’bek,  Zahriddin  Muhammad  Bobur,  asarlarida  tabiat  va  jamiyat  birligi, 
o’zaro aloqadorligi, tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklarini asrab avaylash, 
saqlash  va  ko’paytirish,  tashqi  muhitning  tirik  organizmlarga  ta’siri  kabi 
masalalar asoslab berilgan.  
    Ilmiy adabiyotlar tahlilidan malum bo’ldiki, so’ngi yillarda ekologik ta’lim va 
tarbiyaga  oid  muammolarni  hal  etish  bo’yicha  ko’pgina  tatqiqot  ishlari  amalga 
oshirilgan:ekalogik  talimning  nazariy  asoslari  akademik  I.D.Zvered,ekologik 
talimning  biologik  asoslari  prof.A.N.Zaxlebning  ekologik  talimning  pedagogik 
asoslari prof. I.T. Suravegina, oily o’quv urti talabalariga ekologik talim berish 
prof. I. Ponomarevalar tomonidan ishlab chiqilgan  bo’lsa tabiiy o’quv fanlarini 
o’qitishda o’quvchilarga ekologik talim berishning mazmuni, uni o’rganishning 
shakl  metodlari  hamda  uzluksiz  ekologik  talim  konsepsiyasi,  ekologiyadan 
Davlat  talim  standarti,  I-XI  sinf  o’quvchilari  bilishlari  zarur  bo’lgan  ekologik 
bilimlar  mazmunini  ishlab  chiqishdek  muhim  pedagogik  muammolar  prof. 
E.O.Turdiqulov tadqiqotlarida o’z ifodasini topgan.  Malaka ishining predmeti maqsadi va 
obyekti:  
Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  ekologik 
tarbiyani  shakllantirishning  mazmuni  va 
shakllari,  boshlang’ich  sinf  o’quvchilariga 
ekologik  tarbiyani  shakllantirish 
texnologiyasining  nazariy  va  amaliy 
asoslarini  ishlab  chiqish  va  boshlang’ich  sinf 
o’quvchilariga  ekologik  ta’lim-tarbiya  berish 
orqali  ekologik  madaniyatni  shakllantirish 
jarayoni.  Malaka ishi maqsadiga erishish uchun quyidagi 
vazifalarni amalga oshirishga harakat qildik:
O’quvchilarning  ekologik  tarbiyasini  shakllantirishda 
ta’lim-tarbiya ta’rixi tajribalarini tahlil qilish; 
O’quvchilarda  ekologik  tarbiya  berish  metodikasini 
shakllantirish imkoniyatlarini aniqlash. 
Ekologik  talim-tarbiya  orqali  boshlang’ich  sinf 
o’quvchilarida  ekologik  madaniyatni  shakllantirish 
texnologiyasini ishlab chiqish. 
Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  ekologik 
madaniyatni  shakllantirishning  shakllari,  metodlari, 
vositalarini  belgilash  va  pedagogik  shart-sharoitlarni 
aniqlash;  Malaka ishi natijalarining ilmiy va amaliy 
ahamiyati :
  “ Boshlang’ich  talim  pedagogikasi  va  metodikasi” 
kurslari,  ekologik  madaniyatni  shakllantirishga  doir 
ilmiy  –  pedagogik  malumotlar  bilan  boyitildi. 
O’quvchida  ekologik  madaniyatni  shakllantirishning 
mazmuni,  shakli,  metodlari,  vositalari  belgilab 
berildi. Tadqiqot ishida ilgari surilgan ilmiy - nazariy 
g’oyalar  o’quvchida  ekologik  madaniyatni 
shakllantirishga  imkon  beradi.  Ilmiy  -  metodik 
tavsiyalardan  esa  boshlang’ich  sinf  o’qituvchilarini, 
malaka  oshirish  va  qayta  tayyorash  kurslari 
tinglovchilarini  yangi  ma’lumotlar  va  metodlar  bilan 
qurollantirishda foydalanish mumkin.  Malaka ishining ilmiy yangiligi :
boshlang’ich  sinf  o’quvchilarilarning  ekologik 
madanyatini  shakillantirish  dolzarb  pedagogik  muammo 
sifatida ilmiy – nazariy jihatdan asoslash;  
boshlang’ich  ta’lim  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda, 
beriladigan  ekologik  bilimlar  mazmuni  boyitish  va 
kengaytirish; 
boshlang’ich  sinf  o’quvchilarilarida  ekologik  madaniyatni 
shakllantirishning  shakllari,  metodlari,  vositalari  belgilab 
berish va pedagogik shart – sharoitlari aniqlash; 
boshlang’ich  sinf  o’quvchilarilarida  ekologik  madaniyatni 
shakillantirishga  yo’naltirilgan  ilmiy  –  metodik  tavsiyalar 
ishlab chiqilib, ularning samaradorlik darajasi aniqlash.  2.1 Boshlang’ich sinflar o’quvchilarida ekologik tarbiya 
berish metodikasini  shakllantirishning ilmiy pedagogik 
asoslari
Ekologiya  hozirgi  zamonning  keng  miqyosidagi  keskin  ijtimoiy 
muammolardan    biridir.  Uni  hal  etish  barcha  xalqlarning  manfaatlariga  mos 
bo’lib,  sivilizasiyaning  hozirgi  kuni  va  kelajagi  ko’p  jihatdan  ana  shu 
muammoning hal qilinishiga bog’liqdir.  
Bugun  dunyoda,  shu  bilan  birga  respublikamizda  ham  juda  tez  sur’atlar 
bilan  fan  va  texnika  taraqqiy  etmoqda.  Natijada  davlatlarimizning  qudrati 
yildan-yilga  oshmoqda,  kishilarning  yashash  sharoiti  yaxshilanmoqda, 
ammo  tabiyatni  o’zgartirish  bo’yicha  amalga  oshirayotgan  ishlar  har  doim 
ham  sosial  ahamiyatli  bo’lmas  ekan.  Bugungi  kunda  er  yuzida  yuz 
berayotgan  ekologik  vaziyat  shundan  dalolat  bermoqda.  “Asrlar  tutash 
kelgan  pallada  butun  insoniyat,  mamlakatimiz  aholisi  juda  katta  ekologik 
xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo’l qovushtirib o’tirish o’z-o’zini 
o’limga mahkum etish bilan barobardir.  
Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan 
chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan”.   2. 2 .  Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologik tarbiya 
berish metodikasini shakllantirish imkoniyatlari
O’rta  maktabni  bitirib,  mustaqil  hayotga  qadam  qo’ygan  har  bir  yosh  qanday 
ixtisos  egasi  bo’lishidan  qat’iy  nazar,  unda  avvalo  ekologik  madaniyat 
shaklllangan  bo’lishi  va  bu  sohada  nazariy  va  amaliy  bilimlarga  ega  bo’lishi 
kerak.  Ekologik  madaniyat  ekologik  ta’lim-  tarbiyaning  tarkibiy  qismi  bo’lib, 
maktabda barcha fanlarni o’qitish jarayonida amalga oshiriladi. 
  Ekologik  ta’lim-tarbiya  deganda  o’quvchilarga  muayyan  maqsadda  pedagogik 
ta’sir  ko’rsatish  tushuniladi.  Olamdagi  narsalarning  hammasi,  butun  borliq, 
mavjudod,  tevarak-atrof,  dala,  tog’,  adir,  o’rmon,  er,  suv,  havo,daryo,  tabiat 
pokligi va ifloslanishi, yer tarkibining buzilishi, yerning sho’rlanishi – hamma-
hammasini  muhofaza  etish  ekologik  ta’lim  mazmunini  tashkil  etadi.  Ekologik 
tarbiya  vazifalariga  jonli  va  jonsiz  tabiatni  asrash,  yerning  zahlanishi,  so’lim 
maskanlar, qushlar va hayvonlarning yo’q bo’lib ketishining oldini olish, ariqqa 
mag’zavalar va har xil iflos narsalarni to’kishning oldini olish, xonadon, ko’cha 
va maydonlarning tozaligi uchun kurash kabilar kiradi. 
O’quvchilarning  avvalo  uyda  ota-onalaridan,  bog’chada  tarbiyachilaridan, 
maktabda  o’qituvchilaridan  ekologik  ta lim-tarbiya  olishi  reja  asosida  tashkil ‟
etiladi.   2 . 3 .  Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ekologik tarbiya berish 
metodikasini shakllantirish texnologiyasi.
Tabiatni  asrash,  uni  muhofaza  qilishga  o’rgatish,  umuman,  ekologik  tarbiya 
berish  bugungi  kunning  dolzarb  masalasidir.  Shu  bois  boshlang’ich  sinf 
o’quvchilariga  barcha  predmet  darslarida  ushbu  tarbiya  elemenlarini 
o’quvchilarga  singdirish  orqali  ularda  ekologik  madaniyatni  shakllantirish 
mumkin.  Bunday  o’qitishda  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish  yaxshi 
samara  beradi.  O’qituvchi  o’quvchilarning  bilish  faoliyatini  tashkil  etishda 
ularning  xohishiga  ko’ra  individual  tarzda,  juftlikda  yoki  kichik  guruhlarda 
ishlash  shakllaridan  foydalanish  yaxshi  samara  beradi.  Shuningdek,  uy 
vazifalari  ham  hamma  uchun  yagona  va  majburiy  bo’lmasdan,  bir  necha 
variantda  tayyorlanishi  va  o’quvchilar  o’z  xohishiga  ko’ra  tanlashlari  mumkin. 
Masalan,  1-variantda  yangi  mavzu  yuzasidan  o’quv  materialini  tayyorlash, 
savollarga  javob  topish,  obektning  rasmini  chizish;  2-variantda  o’quv  materiali 
mazmunidagi  atama  va  tushunchalardan  foydalanib  krossvord  tuzish;  3-
variantda  qo’shimcha  adabiyotlardan  foydalanib,  tabiat  haqida  hikoya 
tayyorlash.  Uy  vazifalarining  bunday  shaklda  berilishi  o’quvchilarga  o’z 
imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  avval  uy  vazifasining  yengilroq 
variantini,  keyin  murakkabroq    variantini  bajarishga  o’tish,  o’z  kuchi  va 
bilimini sinab ko’rish imkonini beradi.    XULOSALAR
  Insonlarda  ekologik  madaniyatni  shakllantirish  tizimli  jarayon  bo’lib,  u 
insonning  tug’ilganidan  boshlanadi.  Bu  tarbiyani  amalga  oshirishda    otaonalar, 
bog’cha  tarbiyachilari,  boshlang’ich  sinf  o’qituvchilarining  samarali  mehnatlari 
tufayli  amalga  oshirilishi  mumkin.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  ekologik 
madaniyatni  shakllantirish  uchun  bor  imkoniyatlardan  samarali  foydalanish 
yo’llarini izlash va ulardan samarali foydalanish kutgan natijani berishi mumkin. 
Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  ekologik  madaniyatni  shakllantirishda  barcha 
o’quv  predmetlarida  imkoniyatlar  mavjud.  Faqat  ta lim  jarayonini  pedagogik ‟
texnologiyalar  asosida  tashkil  etish,  o’quvchilar  faoliyatini  faollashtirish  bunda 
yaxshi  samara  beradi.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  ekologik 
madaniyatni    shakllantirishda  fanlararo  bog’lanishlarni  hisobga  olib,  darslarni 
tashkil  etish    yaxshi  samara  beradi.  O’quvchilarda  ekologik  madaniyatni 
tarbiyalashda sinfdan tashqari mashg’ulotlarning o’rni beqiyosdir. Sinfdan tashqari 
mashg’ulotlar  darslarda  olingan  bilimlarni  kengaytirish,  chuqurlashtirish  va 
konkretlashtirish,  tabiatni  o’rganishga  qiziqish  uyg’otish,  o’quvchilar  faolligi  va 
mustaqilligini  rivojlantirish,  vaqtdan  tejamli  foydalanish  imkoniyatlarini  beradi. 
Shuning  uchun  ham  bunday  mashg’ulotlarni  integratsiyalashtirib  tashkil  qilish 
katta  samara  beradi.  O’quvchilarda  ekologik  madaniyatni  shakllantirishda  oilaviy 
tarbiyaning  o’rni  beqiyosdir.  Shuning  uchun  ham  bu  ishlarni  amalga  oshirishda 
ota-onalar bilan hamkorlik qilish zarur.     TAV SIYA LAR: 
Ekologik  madaniyat    duyo  ahamiyatiga  molik  sifat  bo’lib,  uni 
shakllantirishga insonning juda kickiligidanoq e tibor qaratish ‟
zarir. 
Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  ekologik 
madaniyatni 
shakllantirishga  barcha  fanlarning  imkoniyatlaridan  to’liq 
foydalanilgan  holda,  fanlararo  bog’liqlikni  hisobga  olib, 
integratsiyalashgan darslar tashkil qilish yaxshi samara beradi. 
Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  ekologik  madaniyatni 
shakllantirishga  dars  va  sinfdan  tashqari  mashg’ilotlardan 
tizimli foydalanish yaxshi samara beradi. 
O’quvchilarida  ekologik  madaniyatni  shakllantirishda 
ajdodlarimiz  merosi  va  milliy  qadriyatlarimizdan  unumli 
foydalanish zarur. 
O’quvchilarida  ekologik  madaniyatni  shakllantirishda  ota-
onalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish muhim.     O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O’zbekiston, 2003. -36 b.
O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonuni.  // 
Barkamol  avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T: 1997. 20-29 b.
Karimov I.A. Yu ksak ma’naviyat –  y engilmas kuch. – Toshkent: 2008.
Mirziyoev  SH.M.  Erkin  va  farovon,  demokratik  O’zbekiston  davlatini 
birgalikda barpo etamiz. T.: “O’zbekiston” 2016 
“ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. Toshkent 1997 y. 
“ Ta’lim to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining Qonuni. Toshkent 1997 y. 
“ Sog’lom  bola  yili»  davlat  dasturi  to’g’risida”  O’zbekiston  Prezidentining 
qarori.  (O’zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to’plami,2014  y.,  9-son,  87-
modda) 
Karimov  I.A.  “Barkamol  avlod  O’zbekiston  taraqqiyotining  poydevori”. 
Toshkent 1997 y. 
Karimov  I.A.  “O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. Toshkent, “O’zbekiston” 1997 y. 
110 – 133 bet. 
Karimov  I.A.  Ozod  va  obod  Va tan,  erkin  va  farovon  hayot  –  pirovard 
maqsadimiz. Tom 8. – T: O’zbekiston, 2000. 341 b. 
Karimov  I. A.  Yu ksak  ma naviyat ‟ –  yengilmas  kuch. 
–T.: 
Ma naviyat, 2008. – 176 b. 	
‟ ADABIYOTLAR RO’YIXATI  Bozorova  N.  Barkamol  avlod  tarbiyasida  ekologik  talimning  ahamyati.  Ilm  – 
fan  va  taraqqiyot.  Ilmiy  –  amaliy  konferensiya  materallari.  –  Qarshi  QDU, 
2005.  170-172 
Bozorova  N.    Uzluksiz  ta lim  jarayonida  masofaviy  o„qitish  metodi  asosida ‟
talabalarda  ekologik  madaniyatni  shakllantirishning  ahamiyati.  //Uzluksiz 
ta lim j.2006. № 3. 34-39 b. 	
‟
Bozorova  N.      Talabalarda  ekologik  madaniyatni  shakllantirishda  mahaliy 
manbalarning ahamiyati. // Xalq talimi j. 2006.  № 3. 32-36 b.    
“ Boshlang’ich ta’lim jurnali” 3. X.XI. 1997 y. 
Jabborov A. “Ekologiyadan to’garak ishlari”. “Xalq ta’limi” 3-4 son 1994 y. 
Raxmatov N. “Ekologiya”. “Fan va turmush” jurnali, dalil va raqamlar.  1996 y. 
7-son 14-bet. 
 “ Orol taqdiri – odamlar taqdiri” Saodat jurnali. 1989 y. 9 – son 16 – 17 betlar. 
Seyitmurotova F. “Ekologik bilim va tarbiya” “Boshlang’ich ta’lim”. 1992 y. 1-
son. 
Grigoryans. A.G. “Tabiatshunoslikni o’qitish”.  Toshkent “O’qituvchi” 1992 y. 
R.Mavlonova va b.. “Pedagogika”.  Toshkent, “O’qituvchi”. 2000 y. 
Yu supova  P.   “Maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  ekologik  tarbiya  berish”. 
Toshkent. “O’qituvchi” 1995 y. 
Sanobar  Jumanova  “Ozon  qatlami  ta mirlanayapti(mi?)”  Ma rifat  gazetasi 	
‟ ‟
2013 qbk 13-noyabr .  E’TIBORINGIZ UCHUN 
               TASHAKKUR!

Samarqand 2019 yil May “ BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA EKOLOGIK TARBIYA BERISH METODIKASI” MAV ZUSIDAGI

•   Malaka ishi mazmunining bayoni 4 -bet • Ilovalar 32 -bet • Tinglovchining malaka oshirish davrida o’z-o’zini rivojlantirishi va mustaqil bilim orttirishi bo’yicha bajarilgan ishlari 49 -bet • Tinglovchining o’z kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan yo’l xaritasi 53 -bet • Taqdimot slaydlari 54 -bet

• REJA: • I KIRISH • II ASOSIY QISM: • 2 . 1 . Boshlang’ich sinflar o’quvchilariga ekologik tarbiya berish metodikasini shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari • 2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologik tarbiya berish metodikasini i shakllantirish imkoniyatlari • 2 . 3 . Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ekologik tarbiya berish metodikasini shakllantirish texnologiyasi • Xulosa • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. • Ilovalar

KIRISH Mamlakatimizda jismoniy sog’lom, ma’naviy yetuk, har tomonlama uyg’un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Va tanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng ko’lamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yo’lda safarbar etish maqsadida 2014 yil «Sog’lom bola yili» deb e’lon qilini. Bu yilda amalga oshirilajak ishlardan eng muhimi insonlarning sog’ligi bolalarimizning sof toza havodan erkin bahramand bo’lishlari, mavjud ekologik muammolarni bartaraf etishdir. U esa juda kichik yoshidan boshlab bolalarda ekologik madaniyatni tarbiyalashni taqoza etadi. Shuning uchun ham, birinchi prezidentimiz I.Karimov manaviyat sohasidagi ishlarimizning pirovard maqsadi “mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat” – degan edi. Barkamol inson shaxsi ma’naviy qiyofasidagi ekologik madaniyat alohida ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat bu holatlarning ildizi chuqur bo’lganligi sababli hozirgi kungacha ham asoratlari tugagan emas. Sanoat korxonalarining chiqindilari, turli ahlatlarning chiqarilayotganligi ekologik muvozanatning buzilishiga sabab bo’lmoqda.

Mavzuning dolzarbligi : Nega ekologik muammoga bu darajada katta e’tibor qaratilmoqda? Chunki tabiat bilan inson bir butun bo’lib, u har bir odam va jamiyat uchun yashash manbalaridir. Insoniyat yaralibdiki, bu ko’hna zamin ona tabiat ham unga hamohangdir. Shuning uchun inson tashqi muhitda vujudga kelgan bog’lanishlarning buzulishiga yo’l qo’ymasligi lozim.