BOSHLANG'ICH SINFLARDA MURAKKAB MASALALARNI O’RGANISH METODIKASI
BOSHLANG'ICH SINFLARDA MURAKKAB MASALALARNI O’RGANISH METODIKASI
Reja: 1.Boshlang’ich sinflarda murakkab masalalarni o’rganish metodikasi 2.Murakkab masalalarni yechish usullari 3.Murakkab masala yechishning eng ratsional usulini tanlash 4.Uchinchi sinfda murakkab masala turlari va ular ustida ishlash XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Boshlang’ich sinflarda murakkab masalalarni o’rganish metodikasi Boshlang'ich sinf o'quvchilari sodda masalalarni o'zlashtirib olganlaridan keyin, ya'ni ular shart va natijani ajratib olganlaridan keyin ma'lum va noma'lumlarni qiynalmay ajratadigan bo'ladilar, masala yechishning dastlabki ko'nikmalarini oladilar, shundan keyin darsga tarkibli masalalar kiritila boshlaydi. Murakkab masalalarni yechishga tayyorlash sodda masalalarni yechishdanoq boshlanadi. Eng oldin berilgan masala shartiga savol qo'yish bilan bog'liq bo'lgan topshiriqni aytish kerak
Murakkab masalalarni yechish usullari Masala yechimining yozilishining har bir shakli va yechishning har bir yangi usuli masalaga yangicha qarash, yechish jarayonini oydinroq tushunish, berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog'lanish va munosabatlarni chuqurroq tushunish imkonini beradi. Bu esa murakkab masalaning ham didaktik, ham tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalarini to'laroq amalga oshirishga yordam beradi. Shu sababali darsning aniq maqsadlariga mos ravishda va matematika darslarida matnli masalalardan foydalanish maqsadlariga mos ravishda yechishning har xil usullaridan va masalalar yechilishining o'quvchilar daftarlarida har xil shaklda yozilishlaridan omilkorona foydalanish kerak.