Boshlang'ich sinf o'quvchilarni qo'l mehnatiga o'rgatish
MUSTAQIL ISH Boshlang'ich sinf o'quvchilarni qo'l mehnatiga o'rgatish
Qo’l mehnati ish turlari Qo’l mehnatiga qo’llaniladigan asosiy usullar tizimi. Boshlang’ich sinflarda qo’l mehnatiga o’rgatishning tashkil qilish shakillari. Qo’l mehnatiga o’rgatishga ish turlarining usullari.
Qo’l mehnatiga qo’llaniladigan asosiy usullar tizimi O'quvchilar dars va sinfdan tashqari texnologiya fani davomida tajribalar to'planadilar. Tajribalarning texnologik operatsiyalarni bajarish sohasidagi bilim va malakalarga ega bo'ladilar. Bu borada mehnatning boshqa turlari singari qo'l mehnati turidan ham foydalanish jarayonlarini to'g'ri tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Qo'l mehnati faoliyatining muhim natijasi-o'quvchilarning o'rganilayotgan obyekt va hodisalarning yangi belgi va xususiyatlarini yanada mustaqil aniqlashga da'vat etib, ularda darsdan darsga yanada chuqur bilim, malaka va ko'nikmalar hosil qildiradi. O'quvchilar qo'l mehnati sosida bajaradigan ishlar orqali mehnatning juda ko'p xususiyatlarini farqlash, materiallarning o'xshash xususiyatlarni izlash va topish, ulaming aniq amaliy maqsadlar uchun tanlanishini asoslab berishni asta-sekin o'rganib boradilar.
Bularning barchasi bolalarda berilgan qo'l mehnati topshiriqlari va vazifalarni to'g'ri bajara olish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Qo'l mehnati tamoyillarini o'zida mujassam etgan maishiy-xo'jalik mehnati ham o'ziga xos xususiyatligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Maishiy-xo'jalik mehnatda bolaning qatnashishi ancha erta boshlanadi. Yosh bolaning hatto chetlangan jismoniy va ma'naviy imkoniyatlari ham navbatchilik vaqtida namayon bo'ladi. Bola binoni, maydoncha(uchastka)ni tartibga keltirish va shu kabilar bilan aloqador mehnat topshiriqlarini bajarib turadi. Bu o'z navbatida bolada o'zining mustaqillik, faollik xislatlaini namoyish etishga imkon beradi. Maishiy xo'jalik mehnati mazmunida ma'lum davr, vaqt ichida takrorlanib turadigan ishlarni ko'ramiz.