BUHORO VOXASI SHAHARLARI
MAVZU:BUHORO VOX ASI SHA HARLA RI
VARAXSHA — QADIMIY SHAHAR HAROBASI. BUXORODAN 40 KM SHIMOLIY-G ARBDA, DASHTI ʻ URGANJI KO LINING ʻ QADIMIY RAJFANDUN VOHASIDA JOYLASHGAN. VARAXSHA MAYDONI 9 GA VA BALANDLIGI 10—20 METRLI ULKAN TEPA SHAKLIDA SAQLANGAN. Varaxsha va uning atrofida V. A. Shishkin (1937-39, 1947-54) keng ko lamda arxeologik tadqiqotlar olib borgan; ʻ A. Muhammadjonov (1975 —77), O. V. Obelchenko (1977—79), G. V. Shishkina (1987—90) ham Varaxshaning ayrim qismlarida qazishmalar olib borishgan. Arxeologik qazishmalardan ma lum bo lishicha, Varaxsha mil. av. 2-asrda bir-biriga ʼ ʻ tutashgan bir nechta istehkomli qishloqlar tarzida qad ko targan. ʻ
Varaxsha harobalarining shimoliy g arbida qadimiy ʻ qo rg onlardan ʻ ʻ birining tashqi devori hamda yarim doira shakldagi ichki sahni 4,5×5 metrli burji kavlab o rganilgan. Devorning qalinligi ʻ 1,8—1,9 m va hajmi 37×41×10 sm bo lib ʻ xom g ishtdan ʻ qurilgan. Devor va burjlarida ichki tomoni 38—40 sm, tashqarisi 75—80 sm, kengligi 20—22 sm bo lgan ʻ paykonsimon nishon tuynuklari ochilgan.
Mil. av. 2—1-asrlarda va mil. 1—2 asrlarda Varaxsha va uning atrofida madaniy hayot gullagan. 3—4-asrlarda Varaxsha tanazzulga uchragan. 5-asrda Varaxsha yana tiklanib Buxoroning qadimiy hukmdorlari — buxorxudotlarnint qarorgohiga aylangan. Shu davrda Varaxsha mustahkam devor bilan o ralgan, ʻ uning janubiy qismida ark qurilgan. 8—10- asrlarda ayniqsa obod bo lgan. Varaxsha va ʻ uning atroflari 12 kanal bilan sug orilib, ʻ Rajfandun vohasidagi eng yirik va markaziy qal alardan biriga aylangan. ʼ
Buxoro va Xorazm oralig idagi ʻ karvon yo li Varaxsha ʻ orqali o tgan ʻ [1] . Har o n besh kunda Varaxshada bir ʻ kunlik, yil oxirida 20 kunlik bozor sayli (navro zi ʻ kasho varzon, ya ni dehqonlar yangi yili) o tkazilgan ʼ ʻ [2] . Buxorxudotlar qarorgohi qilinishi bilan Varaxsha yirik shaharga aylangan. 11—12-asrlarda uning hududi eniga 6 km dan ziyod bo lgan. 12-asrda ʻ Varaxsha vohasidagi hayot to satdan noma lum ʻ ʼ sabablarga ko ra to xtab qolgan. ʻ ʻ 1949—54 yillarda Varaxsha tarixi va me morligi ʼ o rganildi. Kvadrat shakldagi yirik xom g ishtlardan ʻ ʻ qo shminora tarzida o rab chiqilgan balandligi 15 m ʻ ʻ bo lgan ʻ tagkursi larning biriga podsho saroy i va ikkinchisiga soqchixonali darvozaxona bino qilingan. Arkning sharqiy qismida tomi ravoqsimon gumbaz tarzida yopilgan uzun yo laksimon ʻ (navkarxona va darvozaxona) xonalar mavjud bo lgan. ʻ