logo

O’rta asrlarda Angilya shaharlari

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

118.5380859375 KB
Mav zu:O’rt a asrlarda A ngily a 
shaharlari                                           Reja:
1.Ilk o’rta asrda Angliya shaharlari 
2.O’rta asrlarda Angliya shaharlarida qo’zg’alonlar
3.Angilya shaharlari aholisi,savdo-sotiq,qo’zg’alonlar                             Yirik yer egaligining va amaldorlarning shaxsiy hokimiyati o’sishi Xlodvig vorislar davridayoq qirol hokimiyatini zaiflashtiradi. 
Qirollar yerlarni doimiy tarqatilishi natijasida mulklaridan va daromadlaridan mahrum bo’lib, yirik feodallarning ayirmachilik 
harakatlariga qarshilik qilishi qiyinlashadi. Xlodvig vafotidan keyin Franklar davlati parchalanishi boshlandi. VI asr oxirida Frank 
davlatida uch mustaqil hudud qaror topadi. Neystriya-markazi Parij bo’lgan, SHimoli-G’arbiy Galliya, Avstraziya – franklar 
davlatining shimoli-sharqi, (asl frank yerlari) Burgundiya-sobiq Burgundiya qirolligi yerlari. VII asr oxiriga kelib janubi-g’arbda 
Akvitaniya ajrala boshlaydi. Bu to’rtala hudud etnik tarkibiga, ijtimoiy tuzumining o’ziga xosligiga ko’ra va feodallashuv 
darajasiga ko’ra bir-biridan farq qilgan.
Bu hududlar natural xo’jalik xukumronligi sharoitida o’zaro iqtisodiy bog’lanmaganligi bir davlatga birlashuviga to’siq bo’ladi. 
Merovinglar xonadonidan bo’lgan qirollar hukumronlik uchun o’zaro urushlari mahalliy feodallarni kuchaytirishga olib keladi.
VII asr oxiriga kelib qirollikda hokimiyat mayordomlar qo’liga to’planadi. (Qirol saroy boshqaruvchisi) Keyin ular yirik yer 
egalariga aylanganlar. Qirolning butun boshqaruvi mayordomlar qo’lida to’planadi. Merovning qirollari hokimiyatni yo’qotib 
mayordomlar tomonidan tayinlangan yoki almashtirilgan (“Dangasa qirollar”davri).
Frank zadogonlari o’rtasida uzoq davom etgan urushdan keyin 687y Avstraziya mayordomi Pinin Geristalskiy barcha frank 
davlatining mayordomi bo’lib oldi. Avstraziyada feodalashuv sekin borgani uchun u mayda va o’rta feodallarga va erkin 
allodchilarga tayangan. Bu tabaqalar yordamida Avstraziya mayordamlari butun frank davlatini birlashtirishga erishdilar. Pipin 
avlodlari birlashgan Frank qirolligini egallab yangi Karolinglar sulolasiga asos soldilar. Ular VII asr oxiridan IX asr o’rtalarigacha 
xukumronlik qiladilar. Karolinglar  davrida  Frank  davlati   kuchayib , imperiyaga aylanadi. O’rta va mayda yer egalari istilolar uchun, 
kuchli davlat xokimiyatiga muhtojligi tufayli qirollarni qo’llab quvvatlaganlar.VIII asrda frank jamiyatida feodallashuv jadal 
boradi. O’zaro urushlar, tashqi urushlar og’ir to’lovlar tufayli dehqonlar qashshoqlashib alloddan mahrum bo’ladi va monastir, 
yepiskop, feodallarga qaram bo’lib qoladilar. yer tufayli qaram dehqonlar xo’jayinga feodal majburiyat o’tkazadilar.
Shunday qilib VIII asr boshida Frank davlatida ikki tabaqa qaror topadi. 1)yirik yer egalari 2)feodal qaram dehqonlar.
Yirik yer egalari gall-rim zadagonlari va germanlardan iborat bo’lib, yerga xususiy mulk (allod) huquqidan foydalangan, markaziy 
hokimiyatdan mustaqil bo’lgan. Qaram dehqonlar gall-rim qularining avlodlari, kolon, german qullari va litlaridan tashkil topgan. 
Germanlarning mulkini va erkinligini yo’qotgan dehqon jamoalari xam ular safini to’ldirib borgan. Bu kategoriyalar o’rtasida farq 
tobora yo’qolib boradi                            B ritaniya hududida V asrning II yarmidan VII asr boshlarigacha bir necha varvar qirolliklari qaror topadi. Janubi-sharqda 
yutlar asos solgan Kent qirolligi, Uesseks – janubda, sakslar asos solgan, Sharqiy Angliya – angllar asos solgan, Nortumbriya 
va Mersiya – angllar asos solgan. Britaniyaning mahalliy Kelt aholisi germanlar bilan qo’shilib ketadi, shu tariqa kelt elementi 
ingliz xalqining etnik tarkibiga kiradi.
Anglosakson qirolliklarida feodal tuzumning qaror topishi o’zining alohida xususiyatlariga ega edi. Ulardan eng muhimlari – 
jamoa tartiblarining barqarorligi, allodning kech paydo bo’lishi, erkin dehqonlarning yuqolish jarayonining va yirik feodal yer 
egalari paydo bo’lishining sekin borishini ko’rsatish mumkin. Bu xususiyatlar Britaniyaning kam romanlashganligidan, 
anglosakson istilolarining o’ta vayron qiluvchi xarakteridan (rim ta’sirini istilolar yuqotib yuborgan) hamda Rim Galliyasini 
istilo qilgan frank, ostgot va burgundlarga qaraganda Britaniyani istilo qilgan angl, saks, yut, frizlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning quyi darajasida turganligidan kelib chiqadi. Bosib olingan Britaniyada istilochilar aholining asosiy qismini 
tashkil etib, feodal munosabatlarning rivojlanishi yemirilib borayotgan ibtidoiy jamoa tuzumning ichki evolyutsiyasi yo’li 
bilan sodir bo’ladi .
VI-VII asrlarga oid anglosakson “haqiqatlari”ga ko’ra, Britaniyada anglosaksonlarning asosiy mashg’uloti dehqonchilk 
bo’lgan, lekin chorvachilik xo’jalikda muhim o’rin tutgan. Baliqchilik, ovchilik, tuz, temir, qo’rg’oshin qazib olish bilan ham 
shug’ullanganlar. Anglosakslar yerni 4-8 ta ho’kiz qo’shilgan og’ir plugda haydaganlar. Ba’zida yengil Plug ham ishlatilgan. 
Ikki dalali almashlab ekish tarqalgan. Bug’doy, arpa, roj, no’xat ekilgan. Yerlar hosil yig’ib olingandan keyin jamoa yayloviga 
aylangan. Dastlab anglosakson jamiyatining asosini erkin dehqon–jamoachilar–Kerllar tashkil etgan. VII asr o’rtasigacha 
kichik, individual oila hukmron bo’lmay, dehqonchilik jamoasidan qo’shni jamoaga o’tish tugallanmagan edi. Jamoa 
ixtiyoridagi yerlar allodga aylanmagan edi. Erga egalik qilishni jamoa tartiblari belgilagan. Hujjatlarda jamoa huquqi bo’yicha 
egalik qilinadigan oila yeri “folklend” deyilgan. Uni meros qoldirish, ayol tomonidan bo’ladigan qarindoshlarga uzatish va 
begonaga berish man qilingan. Folklendga egalik qilishdagi to’siqlar Angliyada xususiy mulkchilik paydo bo’lishini va feodal 
yer egaliklari paydo bo’lishini sekinlashtirdi. Mustahkam jamoalarning saqlanib qolganligi ham feodallashuvni sekinlashtiradi. 
Sekinlik bilan anglosakslarda kerllar bilan bir qatorda erllar–boylar paydo bo’ladi. Ular yuqori vergeld bilan himoyalangan. 
Jamiyatning quyi tabaqasini asosan keltlardan bo’lgan qullar va yarim erkin aholi tashkil qilgan. Qullar zodagonlar yerlarida 
ishlagan. Yarim erkin lit va uellar (Uels nomidan kelib chiqqan bo’lishi mumkin) boylar yerida ishlab, natural obrok 
to’lashgan. Keltlarning bir qismi o’z yeri va erkinligini saqlab qolgan.                             Cherkov ham Angliyaning feodallashuviga ta’sir ko’rsatadi. VI asr oxirlarida boshlangan xristianlashish VII asrning II yarmida tugaydi. Yangi din 
hukmron toifa manfaatlariga mos kelgan. Qirol va feodallarning episkop va monastirlarga hadyasi yirik cherkov yer egaligining o’sishini ta’minlagan. 
Cherkov hadya, meros orqali yer olishdan manfaatdorligi uchun yerga xususiy mulkchilikni va dehqonlarni qaramlikka o’tishini oqlaydi. Shunga 
ko’ra xristianlik anglasakson dehqonlarining qattiq qarshiligiga duch keladi. Anglosakson qirolliklarida davlat tepasida qirol turgan, lekin dastlabki 
davrlarda mahalliy boshqaruv erkin qishloq jamoalari tuzumiga ko’ra tashkil qilingan. Qishloqlarning erkin kishilari yig’inida xo’jalik va boshqa 
jamoa ishlari hal qilingan. O’z oqsoqollarini saylaganlar, sud ishlari hal qilingan. Feodal munosabatlari rivojlanishi bilan jamoa yig’ini glaford yoki 
uning boshqaruvchisiga bo’sungan. IX asrdan xalq yig’inlari yirik ma’muriy okruglar doirasida to’planadigan bo’lgan. Bu okruglar keyinchalik 
graflik deb ataladigan bo’ladi. Boshqaruvning jamoa tartiblarining uzoq vaqt saqlanib qolganligi anglosakson feodal davlatlari siyosiy tuzumining 
xarakterli tomoni hisoblanadi. Anglosakson qirolliklarida doimo o’zaro kurash davom etgan. IX asr boshlarida Uesseksning ahamiyati ortib, qirol 
Egbert 829 yilda anglosakson qirolliklarini yagona Angliya qirolligiga birlashtiradi. Bu birlashuv ichki va tashqi siyosiy vaziyat tufayli yuzaga kelgan 
edi. Anglosakson jamiyatining yuqori tabaqasi dehqonlarning krepostnoylikka qarshi kurashini bostirish uchun kuchli yagona davlatga birlashishni 
zarur topadi. VIII asr oxiridan boshlab normannlarning Angliyaga hujumi zo’rayadi. Angliyaning janubi-g’arbida joylashgan Yesseks joylashuviga 
ko’ra daniyaliklar hujumiga ko’proq duch keladi va qarshilik ko’rsatish marakziga aylanadi. Daniyaliklar butun shimoli-sharqni bosib olib, o’z huquq 
va tartiblarini o’rnatadilar.
Birlashgan Angliya qirolligida xalq yig’ini chaqirilmasdan, uning o’rnida qirol huzurida “uitenagemot” (“donolar kengashi”) faoliyat ko’rsatadi. Endi 
hamma masalalar qirol tomonidan hal qilingan.
Anglosakson feodal davlati rivojlanishida qirol Alfred boshqaruvi alohida davrni tashkil etadi. (871-899) U erkin dehqonlardan xalq qo’shini, hamda 
feodallarning og’ir qurollandan suvoriylar qo’shinini tuzadi. Jangovor flot barpo etishda ham muvaffaqiyatga erishadi. Daniyaliklar hujumini 
to’xtatib, ular bilan shartnoma tuziladi. Shartnomaga ko’ra Angliya 2 Qismga bo’linadi: janubi-g’arbda Angliya, shimoli-sharqda Daniya hukmronligi 
o’rnatiladi (“Denlo”) Qirol Edgar davrida (959-975) anglosakslar daniyaliklarni bo’ysundiradi va Angliya yerlari yana yaxlit davlatga bo’ysunadi. 
Natijada daniyaliklar va boshqa kelib qolgan skandinaviya xalqlari o’zlariga tili va ijtimoiy tuzumi yaqin bo’lgan anglosakslar bilan qo’shilib ketadi.
Daniyaliklarda IX-X asrlarda jamoa tartiblari mustahkam bo’lib, erkin dehqonlar ko’pchilikni tashkil etgan. Shunga ko’ra Angliyaning shimoli-
sharqida daniyaliklar o’rnashishi feodallashishni yanayam sekimlashtirgan. Anglosakson jamiyatining feodallashuvi daniyaliklar bilan kurash davrida 
ham davom etadi. Hujum sababli dehqonlarning xonavayron bo’lishi yerlarni feodallar qo’liga o’tib ketishiga olib keldi.
X asr oxiri – XI asr boshlarida mamlakat janubida qaram dehqonlarning barshchina mehnatiga asoslangan yirik votchinalar paydo bo’ladi. Daniya 
bilan urush yangi harbiylar tabaqasini vujudga keltiradi. (ten) Bu mayda va o’rta hol yer egalaridan bo’lajak ritsarlar toifasi shakllanadi. Yirik yer 
egalari avvalgidek erllar deb atalgan. X-XI asrlarda erkin dehqonlarni bo’ysundirishda immunitet katta ahamiyatga ega bo’lgan. Feodallashuvning 
rivojlanishiga qaramasdan XI asrda ham Angliyada erkin jamoa tartiblari saqlanib qolgan edi.              E’tiboringiz uchun rahmat

Mav zu:O’rt a asrlarda A ngily a shaharlari

Reja: 1.Ilk o’rta asrda Angliya shaharlari 2.O’rta asrlarda Angliya shaharlarida qo’zg’alonlar 3.Angilya shaharlari aholisi,savdo-sotiq,qo’zg’alonlar

Yirik yer egaligining va amaldorlarning shaxsiy hokimiyati o’sishi Xlodvig vorislar davridayoq qirol hokimiyatini zaiflashtiradi. Qirollar yerlarni doimiy tarqatilishi natijasida mulklaridan va daromadlaridan mahrum bo’lib, yirik feodallarning ayirmachilik harakatlariga qarshilik qilishi qiyinlashadi. Xlodvig vafotidan keyin Franklar davlati parchalanishi boshlandi. VI asr oxirida Frank davlatida uch mustaqil hudud qaror topadi. Neystriya-markazi Parij bo’lgan, SHimoli-G’arbiy Galliya, Avstraziya – franklar davlatining shimoli-sharqi, (asl frank yerlari) Burgundiya-sobiq Burgundiya qirolligi yerlari. VII asr oxiriga kelib janubi-g’arbda Akvitaniya ajrala boshlaydi. Bu to’rtala hudud etnik tarkibiga, ijtimoiy tuzumining o’ziga xosligiga ko’ra va feodallashuv darajasiga ko’ra bir-biridan farq qilgan. Bu hududlar natural xo’jalik xukumronligi sharoitida o’zaro iqtisodiy bog’lanmaganligi bir davlatga birlashuviga to’siq bo’ladi. Merovinglar xonadonidan bo’lgan qirollar hukumronlik uchun o’zaro urushlari mahalliy feodallarni kuchaytirishga olib keladi. VII asr oxiriga kelib qirollikda hokimiyat mayordomlar qo’liga to’planadi. (Qirol saroy boshqaruvchisi) Keyin ular yirik yer egalariga aylanganlar. Qirolning butun boshqaruvi mayordomlar qo’lida to’planadi. Merovning qirollari hokimiyatni yo’qotib mayordomlar tomonidan tayinlangan yoki almashtirilgan (“Dangasa qirollar”davri). Frank zadogonlari o’rtasida uzoq davom etgan urushdan keyin 687y Avstraziya mayordomi Pinin Geristalskiy barcha frank davlatining mayordomi bo’lib oldi. Avstraziyada feodalashuv sekin borgani uchun u mayda va o’rta feodallarga va erkin allodchilarga tayangan. Bu tabaqalar yordamida Avstraziya mayordamlari butun frank davlatini birlashtirishga erishdilar. Pipin avlodlari birlashgan Frank qirolligini egallab yangi Karolinglar sulolasiga asos soldilar. Ular VII asr oxiridan IX asr o’rtalarigacha xukumronlik qiladilar. Karolinglar davrida Frank davlati kuchayib , imperiyaga aylanadi. O’rta va mayda yer egalari istilolar uchun, kuchli davlat xokimiyatiga muhtojligi tufayli qirollarni qo’llab quvvatlaganlar.VIII asrda frank jamiyatida feodallashuv jadal boradi. O’zaro urushlar, tashqi urushlar og’ir to’lovlar tufayli dehqonlar qashshoqlashib alloddan mahrum bo’ladi va monastir, yepiskop, feodallarga qaram bo’lib qoladilar. yer tufayli qaram dehqonlar xo’jayinga feodal majburiyat o’tkazadilar. Shunday qilib VIII asr boshida Frank davlatida ikki tabaqa qaror topadi. 1)yirik yer egalari 2)feodal qaram dehqonlar. Yirik yer egalari gall-rim zadagonlari va germanlardan iborat bo’lib, yerga xususiy mulk (allod) huquqidan foydalangan, markaziy hokimiyatdan mustaqil bo’lgan. Qaram dehqonlar gall-rim qularining avlodlari, kolon, german qullari va litlaridan tashkil topgan. Germanlarning mulkini va erkinligini yo’qotgan dehqon jamoalari xam ular safini to’ldirib borgan. Bu kategoriyalar o’rtasida farq tobora yo’qolib boradi