Buxoro amirligida sovet hokimiyatining mustahkamlanish jarayonlari
Buxoro amirligida sovet hokimiyatining mustahkamlanish jarayonlari
Reja: 1. Buxoro amirligidagi ahvol va Yosh buxoroliklar faoliyati. 2. Kolesovning Buxoroga bosqini va uning oqibatlari. 3. Qizil armiyaning Buxoroga hujumi 4. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi.
Buxoro amirligidagi ahvol va Yosh buxoroliklar faoliyati. Rossiyada podsho hokimiyatining ag‘darilishi Buxoro amirligida ham ba’zi o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Buxoro hukmdori Amir Sayid Olimxon (1881 – 1944) e’tirof etishicha, Muvaqqat hukumat Buxoro davlatining mustaqilligini tan olgan. Amir hukumati Afg‘oniston va boshqa davlatlar bilan aloqalar o‘rnatgan. Rossiya-Buxoro munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuz bergan. Rossiya-Buxoro munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuz bergan. Buxoroda ish olib borgan Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi Rossiya hukumatining rezidenti deb ataladigan bo‘ldi. Buxoro amiri Sayid Olimxon
Sovetlari paydo bo‘lib, siyosiy beqarorlik va tartibsizliklar kelib chiqqan. Bu holat Buxoro amirligidagi siyosiy ahvolga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Yosh buxoroliklar partiyasi dastlab mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar o‘tkazish, konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish orqali amirning mutlaq hokimiyatini cheklab qo‘yish tarafdori bo‘lishgan.
Petrogradda 1917-yili bo‘lgan Fevral inqilobi Yosh buxoroliklar ichida kuchlar nisbatining qayta guruhlanishini tezlashtirdi. Asta-sekin isloh qilish tarafdorlari bo‘lgan eski jadidlarga Abdulvohid Burhonov-Munzim (1875 – 1934) va Sadriddin Ayniy (1878 – 1954) hamda islohot sohasida faol harakatlarni qo‘llovchi yosh jadidlarga Abdurauf Fitrat (1886 – 1938) va Fayzulla Xo‘jayev (1896 – 1938) yetakchilik qildi.Fayzulla Xo‘jayev