logo

Buyruq tartibida ish yuritish

Загружено в:

19.11.2024

Скачано:

0

Размер:

2291.490234375 KB

Mavzu:  Buyruq tartibida ish yuritish                 REJA 
1 •
.  Sud buyrug‘i asosida qarzni undirish .
2 •
Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi
•
arizaning shakli va mazmuni.
3 •
Sud buyrug’ini chiqarish to‘g‘risidagi arizani
•
qabul qilishni rad etish.                    Sud buyrug‘i asosida qarzni undirish.

Sud buyrug‘i undiruvchining pul mablag'larini undirish to‘g‘risidagi yoki 
ko‘char mol-mulkni nizosiz talablar bo‘yicha qarzdordan talab qilib olish 
to‘g‘risidagi arizasi yuzasidan sudyaning sudda ishni ko'rmasdan chiqargan 
hujjatidir.                 Sud buyrug‘ini chiqarish bo‘yicha talablar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 
«Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini 
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi 4-qarorining 1-bandida sud 
buyrug‘i birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilinadigan qarorlaming 
alohida bir turi bo‘lib, FPKning 238.2-moddasida ko'rsatilgan talablar 
yuzasidan sud muhokamasi talab qilinmaydigan ishlar bo'yicha chiqariladi va 
u ijro hujjati kuchiga ega ekanligi haqida tushuntirish beriladi.                 Extra informations:

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud buyruqlari qonunchilikda belgilangan qat'iy 
qoidalar asosida, faqat mulkiy tusdagi talablar yuzasidangina chiqariladi. 
Mulkiy tusda bo’lmagan yoki ko'chm as mol-mulklarni undirishga qaratilgan 
talablar yuzasidan sud buyruqlari chiqarilishiga qonun yo‘l qo‘ymaydi                 Mamlakatimizning fuqarolik protsessual qonunchiligida, sud 
buyruqlarini chiqarishning quyidagi talablari o‘z ifodasini 
topgan: 

1) agar talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan bo‘lsa; 

2) agar talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan 
bo‘lsa, shu jumladan, agar kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarzni 
undirish haqidagi talab arz qilingan bo’lsa; 

3) agar voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish haqidagi, otalikni 
belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalh etish zarurati bilan bog’liq 
bo’lmagan talab arz qilingan bo'lsa;

4) agar hisoblangan, lekin xodimga to’lanmagan ish haqini va unga 
tenglashtirilgan to‘lovlami undirish haqidagi talab arz qilingan bo'lsa; 

5) agar fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy to ‘lovlar bo'yicha qarzlarni 
undirish haqidagi talab arz qilingan bo‘lsa (FPKning 238.2-moddasi).  

                  Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi
arizaning shakli va mazmuni.

Sud buyrug'ini chiqarish to‘g‘risidagi arizalar FPKning 145- moddasiga ko‘ra, 
sudlovga taalluqlilikning umumiy qoidalari bo‘yicha beriladi. Unga ko‘ra, sud 
buyrug'ini chiqarish to‘g‘risidagi arizalar javobgar doimiy yashab turgan yoki 
doimiy mashg'ul bo‘lgan joydagi sudga beriladi. Tashkilotlarga nisbatan sud 
buyrug'ini chiqarish to‘g‘risidagi arizalar esa ulaming organlari joylashgan 
hududdagi sudga beriladi.                 Extra informations:

Shuningdek, protsessual qonunchilik sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi 
arizalar uchun da'vogarning tanlashi bo'yicha sudlovlik qoidalarini ham 
belgilaydi. Xususan, aliment undirish haqidagi talab bilan arz qilinganda, 
arizalar FPKning 241-moddasiga ko‘ra, arizachi yashab turgan joydagi sudga 
ham taqdim etilishi mumkin.                 
Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risida sudga yozma shaklda ariza bilan murojaat 
qilish talab etiladi. Ariza shakli, mazmuni va matniga qo‘yilgan talablar da'vo 
arizasiga qo‘yilgan talablarga o‘xshash bo‘ladi. Shu bilan birga, buyruq 
chiqarish jarayonining o'ziga xosligini hisobga olib, uning shaxs huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini soddalashtirilgan tartibda himoya qilishini ko‘zda 
tutadi. Lekin da’vo arizasi bilan murojaat qilishdagi jarayondan farqli ravishda 
buyruq tartibida ish yuritishda nizosiz va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan 
talablar ko'rib chiqiladi.                  
Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risida ariza berganlik uchun 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar M ahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi «Davlat boji 
stavkalari haqida»gi 533-sonli qarori asosida tasdiqlangan ilovaga ko‘ra, da’vo 
ishlarini yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji 
undiriladi. Arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda undiruvchi tomonidan 
to'langan davlat boji qaytarib beriladi. Sud buyrug‘i bekor qilingan taqdirda 
tolangan davlat boji qaytarib berilmaydi, balki u undiruvchi qarzdorga 
nisbatan da'vo ishi yuritish tartibida ariza bilan sudga murojaat etgan taqdirda 
to’lanishi lozim bo‘lgan boj hisobiga o'tkaziladi.                 Eslab qoling!

Agar ariza FPKning 238-moddasi talablariga javob bermasa yoki davlat boji 
to‘lanmagan bo‘lsa, sudya sud buyrug‘ini chiqarish haqidagi arizani qabul 
qilib, o‘z ajrimi bilan undiruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish yoxud davlat 
bojini to'lash uchun ko‘pi bilan uch kun muhlat berishi mumkin. Undiruvchi 
belgilangan muddatda kamchiliklarni bartaraf etsa, davlat bojini to‘lasa, ariza 
sudga dastlab taqdim etilgan kundan qabul qilingan hisoblanadi. Aks holda, 
sudya qonun talabiga muvofiq arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim 
chiqaradi. Sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish 
to‘g‘risidagi ajrim uch kundan kechiktirilmay chiqariladi va mazmuni 
bo‘yicha FPKning 153-moddasi talabiga javob berishi lozim.                  Sud buyrug’ini chiqarish to‘g‘risidagi arizani
qabul qilishni rad etish.

Sudya sud buyrug’ini chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni FPKning 
152-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etadi.                  Bundan tashqari, sudya quyidagi hollarda 
arizani qabul qilishni rad etishga haqli, agar:

1) arz qilingan talab FPKning 2382-moddasida nazarda tutilmagan boMsa;

2) qarzdor O‘zbekiston Respublikasi sudlari yurisdiksiyasi doirasidan chetda 
bo’lsa;

3) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bolsa; 

4) huquq to‘g‘risida nizo mavjud deb hisoblansa; 

5) arizaning shakli va mazmuni FPKning 238-moddasi talablariga javob 
bermasa;                  Eslab qoling!

Fuqarolik protsessual qonunchilikda sud buyrug‘ini chiqarish uchun 
protsessual muddat belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra sud buyrug‘i ariza kelib 
tushgan kundan e’tiboran, uch kun ichida sudya tomonidan chiqariladi. Sud 
buyrug'ini berish to‘g‘risidagi masalani sudya undiruvchi va qarzdorni 
chaqirmasdan hal etadi. Sud buyrug'i ishni mazmunan ko‘rmasdan, sudyaning 
yakka o‘zi tomonidan chiqariladigan hujjat hisoblanadi. Ushbu o ‘rinda sudya 
guvoh ko‘rsatmalarini va ekspert xulosalarini tekshirmaydi, undiruvchi va 
qarzdorning tushuntirishlarini eshitmaydi, u mavjud hujjatlar asosida o‘z 
buyrug‘ini chiqaradi.                 Extra informations:

Fuqarolik protsessual qonunchilik sud buyrug‘i chiqarilganidan keyin sudyaga 
uning ko'chirma nusxasini darhol qarzdorga yuborish majburiyatini yuklaydi. 
Sud buyrug‘ining ko‘chirma nusxasini olgan kundan e'tiboran, o ‘n kunlik 
muddat ichida qarzdor arz qilingan talabga qarshi o ‘z e'tirozlarini buyruqni 
chiqargan sudga yuborishga haqli boMadi. Ta'kidlash joizki, FPKning 238.9-
moddasida nazarda tutilgan sud buyrug‘ining nusxasini qarzdorga darhol 
yuborish tartibi, shuningdek, FPKning 238'°-moddasida ko‘rsatilgan sud 
buyrug‘ini bekor qilish asoslari qarzdor huquqlarining kafolati hisoblanadi.                 Eslab qoling!

Qonun talabiga ko'ra, qarzdorning davlat boji miqdori yuzasidan keltirgan 
e'tirozlari sud buyrug'ini bekor qilish uchun asos bo‘la olmaydi, chunki davlat 
foydasiga davlat boji undirish undiruvchi va qarzdor o'rtasidagi 
munosahatlarga daxldor emas. Faqat asosiy talablar yuzasidan bildirilgan 
e’tirozlargina sud buyrug‘ini bekor qilish uchun asos bo'ladi.                 NAZORAT SAVOLLARI:

1. Buyruq tartibida ish yuritish tushunchasi, ahamiyati va o‘ziga xos 
xususiyatlarini tushuntirib bering. 

2. Sud buyrug‘ini chiqarish asoslarini bayon eting. 

3. Xo‘jalik ishlari bo'yicha chiqarilgan sud buyruqlarining fuqarolik ishlari 
yuzasidan chiqarilgan sud buyrug‘idan farqli jihatlari nimada? 

4. Buyruq tartibida ish yuritishni qo‘zg‘atish tartibi qanday? 

5. Sud buyrug'ini chiqarish to‘g‘risidagi arizaga qo'yilgan talablar va arizani 
sud tomonidan qabul qilishni rad etish asoslarini bayon eting.                 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi/Toshkent.2023.

O`zbekiston Respublikasi Fuqorolik kodeksi.

O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. Rasmiy nashr. 

M.M. Mamasiddiqov. Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. Umumiy qism.                  Foydalanilgan elektron manbalar:
www.gov.uz
http://www.lex.uz
http://www.t sul .uz
http://www.norma.  uz
http://www.legislature.ru
http://www.juristlib.ru
www.ziyonet.uz . htt ps :                  E`tiboringiz uchun rahmat

 Mavzu: Buyruq tartibida ish yuritish

REJA 1 • . Sud buyrug‘i asosida qarzni undirish . 2 • Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi • arizaning shakli va mazmuni. 3 • Sud buyrug’ini chiqarish to‘g‘risidagi arizani • qabul qilishni rad etish.

Sud buyrug‘i asosida qarzni undirish.  Sud buyrug‘i undiruvchining pul mablag'larini undirish to‘g‘risidagi yoki ko‘char mol-mulkni nizosiz talablar bo‘yicha qarzdordan talab qilib olish to‘g‘risidagi arizasi yuzasidan sudyaning sudda ishni ko'rmasdan chiqargan hujjatidir.

Sud buyrug‘ini chiqarish bo‘yicha talablar  O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2006-yil 3-fevraldagi «Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi 4-qarorining 1-bandida sud buyrug‘i birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilinadigan qarorlaming alohida bir turi bo‘lib, FPKning 238.2-moddasida ko'rsatilgan talablar yuzasidan sud muhokamasi talab qilinmaydigan ishlar bo'yicha chiqariladi va u ijro hujjati kuchiga ega ekanligi haqida tushuntirish beriladi.

Extra informations:  Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud buyruqlari qonunchilikda belgilangan qat'iy qoidalar asosida, faqat mulkiy tusdagi talablar yuzasidangina chiqariladi. Mulkiy tusda bo’lmagan yoki ko'chm as mol-mulklarni undirishga qaratilgan talablar yuzasidan sud buyruqlari chiqarilishiga qonun yo‘l qo‘ymaydi