Ma'muriy huquqbuzarliklar bo`yicha ish yuritish
Mavzu: Ma'muriy huquqbuzarliklar bo`yicha ish yuritish
• Reja 1. Ma'muriy huquqbuzarliklar bo`yicha ish yuritishning vazifalari, prinsiplari va umumiy qoidalari . 2. Ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma . 3. Ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishni yuritishda. 4 . Ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqish .
• O`zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 269-moddasiga binoan, ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni yuritishning asosiy vazifalari ga quyidagilar kiradi: • 1) har bir ishning holatini o`z vaqtida, har tomonlama, to`la va obyektiv ravishda aniqlab chiqish; • 2) bu ishni qonun hujjatlariga muvofiq holda hal etish; • 3) chiqarilgan qarorning ijrosini ta'minlash; • 4) ma'muriy huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlash; • 5) huquqbuzarliklarning oldini olish; • 6) fuqarolarni O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalash; • 7) qonuniylikni mustahkamlash.
• Har bir ishning holatini o`z vaqtida, har tomonlama va to`la aniqlab chiqish shuni anglatadiki, huquqbuzarlik ishini to`g`ri ko`rib chiqish uchun, zarur bo`lgan barcha holatlarni aniqlash lozim. Bunday holatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilganligini aniqlash; ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etishda shaxsning aybdorlik darajasini aniqlash; ma'muriy huquqbuzarlikning ma'muriy javobgarlikni vujudga keltirishini aniqlash; mulkiy zarar keltirilganligini aniqlash; ma'muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlarining mavjudligini aniqlash; • huquqbuzar to`g`risidagi, shuningdek, ish uchun ahamiyatli bo`lgan boshqa ma'lumotlarni aniqlash;
• Amaliyotda ushbu prinsipni amalga oshirish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi bilan bir qancha kafolatlar o`rnatilgan (masalan, huquqbuzarlik ishlari qayta ko`rib chiqilishi mumkin) ma'lum bir holatlarda ishni ko`rib chiquvchi davlat organi (mansabdor shaxs) – hujjatlarni talab qilib olishi, ekspertiza o`tkazishi, ishni obyektiv hal qilish uchun tekshiruvlar o`tkazishi va boshqa choralarni ko`rishi mumkin. • Ma'muriy huquqbuzarliklar ishlarini qonun hujjatlariga binoan hal etish – ma'muriy faoliyatda qonuniylikni ta'minlashning asosiy qoidalaridan biri hisoblanadi. Mazkur qoidaning mohiyati – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasidan kelib chiqadi, ya'ni ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs, faqatgina qonun hujjatlarida ko`rsatib o`tilgan asoslarda va tartibda ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.