SIRTDAN ISH YURITISH
SI RTDAN ISH Y URITI SH
REJA: SIRTDAN ISH YURITISH TUSHUNCHASI VA UNING AHAMIYATI SIRTDAN ISH YURITISH ASOSLARI VA TARTIBI SIRTDAN CHIQARILGAN HAL QILUV QARORI VA UNING MAZMUNI SIRTDAN CHIQARILGAN HAL QILUV QARORI USTIDAN ARIZA VA SHIKOYAT BERISH (PROTEST KELTIRISH) UCHUN ASOSLAR, UNI QAYTA KO’RISH TARTIBI
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR: 1. Shoraxmetov Sh.Sh. O`zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual huquqi. – Toshkent, Adolat, 2007. 2. Mamasiddiqov M.M. Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. Umumiy qism. – Toshkent, TDYUI, 2020. 3. Xabibullayev D.Yu. Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar). –Toshkent, TDYU, 2014. 4. Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi // Mas'ul muharrirlar yu.f.d., prof. M.M.Mamasiddiqov, yu.f.n., prof. D.YU.Xabibullaev. – Toshkent. “Lesson press” nashriyoti. 2020. – 607 b.
Sirtdan ish yuritish tushunchasi va ahamiyati Sirtdan ish yuritish deganda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda xabardor qilingan javobgarningsud majlisiga kelmaganligi, kelmaganligining uzrli sabablari borligi haqida xabar bermaganligi, ishni uning ishtirokisiz ko‘rish to‘g‘risida murojaat qilmaganligi, da'vogarning ishni sirtdan ko‘rib hal qilishga e'tiroz bildirmaganligi va natijada ishni javobgarning ishtirokisiz sirtdan ko‘rib hal qilish tushuniladi. Bunday sud majlisida hech qaysi tarafning huquq va manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda, birinchidan, tegishli protsessual tartib va qoidalar buzilmaydi;ikkinchidan, da'vogarning roziligi asosida ish ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi;uchinchidan, javobgarning huquqlari buzilmasligi ta'minlanadi; to‘rtinchidan, ishni bunday tartibda ko‘rishga sud ajrimi asosida yo‘l qo‘yiladi; beshinchidan, javobgar tegishli tarzda xabardor qilinganligi haqida ishda ma'lumot bo‘lishi kerak.
• Sirtdan hal qiluv qarori chiqarish” nomli 19-bob(224-236- moddalar) fuqarolik protsessual qonunchiligida yangi institut hisoblanib, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan va 1998 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan Fuqarolik protsessual kodeksida ilk bor o‘z aksini topgan edi. 2018 yil 1 apreldan e'tiboran kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida “Sirtdan ish yuritish” ga bag‘ishlangan 26-bob (280-292-moddalar) o‘z ifodasini topgan.