logo

Buyuk geografik kashfiyotlarning fan-texnika tarqqiyotida tutgan oʻrni.

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

3174.3427734375 KB
Mavzu:Buyuk geografik kashfiyotlarning fan-texnika 
tarqqiyotida tutgan oʻrni.
Reja:
1)Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanish sabablari .
2)Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari va 
namoyondalari.
3 )Buyuk geografik kashfiyotlarning ahamiyati va 
natijalari.
4)Buyuk geografik kashfiyotlarning 
etnografiya,geografiya, tarx vaokeanshunoslik fanlarining 
boyishida tutganoʻrni. Buyuk geografik kashfiyotlar atamasi XV asr oxiri - XVII asr 
o'rtalarida yevropalik sayyohlar tomonidan amalga 
oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatiladi.  Geografik kashfiyotlar 
esa odamlar uchun 
shu vaqtgacha 
noma'lum bo'lgan 
yangi yerlarning 
qidirib topilishidir.  Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari 
Portugaliya va Ispaniya dengiz sayyohlari bo'lishdi. 
Tabiiyki, buyuk geografik kashfiyotlarni dovyurak 
dengizchi-sayyohlargina amalga oshira olar edilar.  Shunday dengiz 
sayyohlaridan biri 
admiral Xristofor Kolumb 
(1451-1506) edi. U o'z 
oldiga Hindistonga 
Atlantika okeani orqali 
boradigan yo'l ochishni 
maqsad qilib qo'ydi. 
Xristofor Kolumb  Shu tariqa Hindistonga boradigan yangi yo'l topish 
yevropaliklar uchun hayotiy zaruratga aylangani buyuk 
geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishini muqarrar 
qilib qo'ydi .   Nihoyat, 1492- yilda X. Kolumb Ispaniya qirollik oilasi bilan 
Hindiston sari suv yo'li ochishga xizmat qiluvchi ekspeditsiyani 
boshlash haqida shart- noma tuzishga muvaffaq bo'ldi.  X.Kolumb ekspeditsiyasi 12- oktabr kuni Amerika qit'asidagi 
San-Salvador («Muqaddas xaloskor») oroli (hozirgi Bagama 
orollari davlati hududidagi orol)ga kelib tushdi. 
Shu tariqa Hindistonga 
olib boradigan suv yo'li 
ochish maqsadida 
uyushtirilgan 
ekspeditsiya 
Amerikaning kashf 
etilishiga olib keldi.  Bu dunyo xaritasini tuzgan XV asr olimlarining, xususan, P. 
Toskanellining xatosi oqibati edi. 
Keyinchalik olimlar bu 
xatoni Buyuk kashfiyotga 
olib kelgan buyuk xato, deb 
atadilar. Chunki P. Toskanelli yerning 
ekvator bo'ylab uzunligini 
aniqlashda 12 ming 
kilometrga adashgan edi.     1507- yilda xaritashunos olim M.Valdzemyuller Kolumb kashf 
etgan yangi qit'ani Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika 
deb atashni taklif etgan. Bu nom hammaga manzur bo'lgan.  1515- yilda Yangi Dunyo «Amerika» deb atalgan birinchi 
globus Germaniyada yaratildi. 1569- yildan esa boshqa 
xaritalarda ham Kolumb kashf etgan yerlar «Amerika» deb 
yoziladigan bo'ldi.  Key ingi k ashfi y ot lar. 
Atlantika okeani orqali 
Hindistonga boriladigan dengiz 
yo'li 1498- yilda kashf etildi. 
Bu kashfiyotni portugaliyalik 
dengiz sayyohi Vasko da Gama 
amalga oshirdi.  1519- yilda yana bir 
portugaliyalik dengizchi 
F. Magellan  Amerika 
qit'asini aylanib o'tib, 
Hindistonga boradigan 
dengiz yo'lini ochdi. 
F. Magellan Dunyoni aylanib suzish 1522- yilda nihoyasiga yetkazildi. Bu 
ekspeditsiya yerning dumaloqligini, uning katta qismi suv bilan 
qoplanganligini isbotladi. L.V. Torres boshchiligidagi ekspeditsiya 
esa 1605- yilda Avstraliyani kashf etdi.  Buyuk geografik 
kashfiyotlar ilm-fan 
uchun katta 
ahamiyatga ega bo'ldi. 
Uning natijasida geografiya, tarix, etnografiya va 
okeanshunoslik fanlari yangi xulosalar, ma'lumotlar 
bilan boyidi.  Bundan tashqari, bu 
kashfiyotlar tufayli yangi 
dengiz savdo yo'llari ochildi. 
Bu yo'llar O'rta Yer dengizidan 
Atlantika okeaniga ko'chdi. Bu 
esa, o'z navbatida, jahon 
savdosini vujudga keltirdi.  Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.
1)Shuhrat Ergashev ,Jahon tarixi" 2007-yil.
2)Hamidulla Hasanov,,Sayyoh olimlar" 1987-yil
3) Ibrohimov ,,IbnBattutaning Oʻrta Osiyoga 
sayohati"
4)ozir .org.// htps.
5)qomus .uz.

Mavzu:Buyuk geografik kashfiyotlarning fan-texnika tarqqiyotida tutgan oʻrni. Reja: 1)Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanish sabablari . 2)Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari va namoyondalari. 3 )Buyuk geografik kashfiyotlarning ahamiyati va natijalari. 4)Buyuk geografik kashfiyotlarning etnografiya,geografiya, tarx vaokeanshunoslik fanlarining boyishida tutganoʻrni.

Buyuk geografik kashfiyotlar atamasi XV asr oxiri - XVII asr o'rtalarida yevropalik sayyohlar tomonidan amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatiladi.

Geografik kashfiyotlar esa odamlar uchun shu vaqtgacha noma'lum bo'lgan yangi yerlarning qidirib topilishidir.

Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari Portugaliya va Ispaniya dengiz sayyohlari bo'lishdi. Tabiiyki, buyuk geografik kashfiyotlarni dovyurak dengizchi-sayyohlargina amalga oshira olar edilar.

Shunday dengiz sayyohlaridan biri admiral Xristofor Kolumb (1451-1506) edi. U o'z oldiga Hindistonga Atlantika okeani orqali boradigan yo'l ochishni maqsad qilib qo'ydi. Xristofor Kolumb