20-asr fan texnika rivoji
20-asr fan texnika rivoji
Fan-texnika taraqqiyoti - fan bilan texnikaning oʻzaro bog'ʻliq, yagona, ilgarilab boruvchi taraqqiyoti; ijtimoiy taraqqiyot asosi. Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti oʻrtasidagi yaqinlashuv 16—18- asrlarda manufaktura ishlab chiqarishi bilan bogʻliq holda sodir boʻldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika taʼsiridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham ishlab chiqarishga xech qanday salbiy taʼsir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan.Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yoʻnalishi sifatida yuksala boshlagan. 16-asrda savdo-sotiq va yirik manufakturadagi tub oʻzgarishlar bir qancha aniq vazifalarni nazariy va eksperimental hal qilishni talab qildi. Bu davrda fan Uygʻonish davri gʻoyalari taʼsirida sxolastika anʼanalarini parchalab, amaliyotga murojaat qildi. Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiytexnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik kashfiyot boʻldi. Suv tegirmonlarining rivojlanayotgan manufaktura ishlab chiqarishida qoʻllanilishi baʼzi mexanik jarayonlarni nazariy tadqiq etishni talab qildi. Natijada charxpalak gʻildiragi, charxpalak harakati nazariyasi, karshilik va ishqalanish taʼlimotlari yaratildi. Fan bilan texnika yaqinlashuvining 2bosqichi mashina ishlab chiqarishning 18-asr oxiridan boshlab taraqqiy etishi bilan bogʻliq boʻlib, bunda fan bilan texnika bir-birining jadal rivojlanishiga taʼsir koʻrsatdi. Bu davrda i.t. faoliyatida nazariy masalalarni hayotga tatbiq qilishga daʼvat etuvchi fanning maxsus boʻgʻinlari paydo boʻldi: amaliy tadqiqotlar, ishlab chiqarish tadqiqotlari, amaliy konstruktiv ishlanmalar va h.k. Fan-texnika taraqqiyotit. ning 3bosqichi fantexnika inqilobi bilan bogʻliq. Uning taʼsirida texnika taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy sohalar kengayadi. Texnik masalalarni hal qilishda biologlar, fiziologlar, psixologlar, mantiqshunoslar ishtirok etadi. Fan-texnika taraqqiyotit., shuningdek, ijtimoiy fanlar yoʻnalishlari, iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarish, aniq ijtimoiy tadqiqotlar kabilarga bilvosita taʼsir qiladi. Fanning texnikaga nisbatan yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon boʻladi, fan texnikani uzluksiz inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi.
Ma’lumki, har qanday holatda ham ilmiy – texnika taraqqiyotining bosib o’tgan tarixiy asoslari bor. Bunga yaqin kelajakka bir nazar solaylik. XX asrning o’rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o’zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg’unlashib ketdi va ilmiy – texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asr 40 – yillarining oxirlaridagi ilmiy – texnika inqilobi fanining bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanish natijasida fanning o’zida, texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o’zgarishlariga olib keldi. Natijada har 10 – 15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan qayd etish umkinki XX asrning 70 – yillaridagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % dan ko’prog’ini tashkil etadi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olgandashuni qayd etish mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning o’sish foizi aholining o’sish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, ya’ni fan va ta’lim ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi. Natijada XX asrlarda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar (muassasalar) soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo’yicha ilmiy muassasalar tashkil bo’la boshladi hamda yangi nomdagi fanlar yo’nalishlari va ularga xos ta’lim mazmuni yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika (iqtisodiy kibernetika, bio – med kibernetika, texnika kibernetikasi va h.k.), matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nom olgan fan yo’nalishlaridir. Bularning hammasi fan sohalarini rivojlantirishda katta rol o’ynaydi. Jumladan, Ona vatanimizda qadimgi matematika, falakiyot ilmi, tibbiyot, geodeziya, geografiya va shu kabi fanlar rivojida uyg’onish davrlari, ya’ni Sharq madaniy yuksalishining “Oltin davri” deb atalgan bo’lsa, bugungi kunda ham ma’lum va mashhurligini yo’qotgan emas, ya’ni bugungi kunda matematik statistika va integral tenglamalar, sonlar nazariyasi, hisoblash matematikasi sohalarida katta yutuqlar qo’lga kiritildi
Ehtimollar nazariyasi bo’yicha “Toshkent maktabi” deb nom olgan ilmiy yo’nalish dunyoga mashhur. Yadro fizikasi va geofizika va elektronika, aerogidromexanika va gaz dinamikasi yutuqlari xalq xo’jaligining turli sohalariga tadbiq qilinmoqda. Bioorganik va fizik, kimyo, o’simlik moddali va yuqori molekulalar birikmalar kimyosi ko’plab tabiiy va sun’iy kimyoviy moddalarni olish imkonini berdi. Botanika va seleksiya, zoologiya va medisina, biokimyo, biofizika va geologiya yirik muvaffaqiyatlarga erishdi. Keyingi chorak asr davomida ilmiy – texnik taraqqiyotga nazar tashlasak, bu davr ichida ko’pincha, ayniqsa fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya kabi aniq fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega bo’lgan qonunlar, nazariyalar va gipotezalarning vujudga kelganligini shohidi bo’lamiz. Fanlarning o’zaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo bo’la boshladi. Bular ta’lim mazmuniga ham sezilarli ta’sir ko’rsatdi va bular o’z navbatida texnika – texnologiya taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, hozirgi kunda xalq xo’jaligini boshqarishni avtomatlashtirish keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. Bu borada fan - texnika yutuqlarini o’z navbatida yoshlarga yetkazib borish, hozirgi zamon darslarga qo’yilgan talablardan biridir. Fan va texnikaning ishlab chiqarish bilan yaqindan integrasiyalashib borish bu davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirib hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lishlari lozim. Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlari va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni o’rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Ilg’or fan va texnika – texnologiyalar tufayli inson atrof – muhit bilan faol hamkorlikda bo’ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida fan va texnika misli ko’rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. ovtomatik boshqarish nazariyasiga asoslangan “Kibernetika” nomli yangi fan vujudga kelishiga asos bo’ldi. O’tgan yillar mobaynida yetuk olimlar yordamida kibernetika fanining texnik asoslari bo’lmish kompyuterlarning o’nlab, yuzlab turlari yaratilgan bo’lib, ular hisoblash jarayonini yengillashtiradi.