Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani tahlili
Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani tahlili
“ Asrga tatigulik kun” romani haqida Chingiz Aytmatovning bu romani 1980-yilda yozilgan. Asar butun kitobxonlar qalbini larzaga soldi. Chunki insoniyatning o‘zlikni anglash,o‘zgani tushunish, tarixni bilish, ajdodlari bilan faxrlanish tuyg‘ulari yetakchi ko‘rsatkich ekanligi, undan ayrilgan kishi o‘zligini, odamlik qiyofasini yo‘qotishi ko‘rsatilgan. Asarda bu masalalar aniq odamlar taqdiri misolida badiiy talqin qilingan. Ushbu holat o‘sha davr adabiyoti uchun begona hisoblanardi. Asar Kazangapning dafn etish onlari, uning vasiyatini bajarish voqealari orqali yaqinlarining ma’naviy qiyofasini ochib beradi.
Ijodkor qo‘llagan epigraf X asrda yashagan arman yozuvchisi Grigor Narikatsining “Musibatnoma” kitobidan olingan: O‘z asarlarida epigraflardan mohirona foydalangan o‘zbek adiblaridan kimlarni bilasiz?“ Bu kitob jism-u figonimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir mening”
Asarda keltirilgan joylarni izohlang Sario‘zak Qumbel NaymanOna BayitBo‘ronli
1-topshiriq • 1.Quyidagi so‘zlar kim tomonidan aytildi va bu fikrga sizning munosabatingiz qanday? “Modomiki, ularga o‘lim ahamiyatsiz ekan, demak, ular hayotning ham qadriga yetishmaydi. Unday bo‘lsa, yashashdan maqsad nima, ular nima uchun yashayaptilar?” • 2. “O‘rniga qo‘ying”. Sobitjon ishlatgan maqolni toping:_________________ • 3.Kazangapning vasiyatini bajarish. Vasiyat nimadan iborat edi? • 4.Ta’ziya marosimida Sobitjonning ayoli va bolalari qatnashmaganligiga qanday fikr bildirasiz?