logo

Dala arxeologik amaliyoti bo’yicha mavzular taqdimoti

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2973.9775390625 KB
Dala arxeologik 
amaliyoti bo’yicha 
mavzular taqdimoti   Arxeologiya – (grek.  ἀρχαίος –  qadimgi va  λόγος –  soʻz, oʻrgatish) – qadimshunoslik – qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib 
kishilik ja-miyati o‘tmishini o‘rganuvchi fan. Mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-yarog‘lar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxo-nalar, 
mudofaa va irrigatsiya inshootlarining qoldiqlari hamda o‘tmishga oid turli topilmalar Arxeologiyaning bosh manbai bo‘lib, ularni chuqur 
ilmiy o‘rganish asosida o‘tmishdagi kishilik jamiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarixining umumiy manzarasi tiklanadi. Shu sababli 
Arxeologiya tarix fanining bir tarmog‘i hisoblanadi. Arxeologiya so‘zini miloddan avvalgi 4-asrda Platon (Aflotun) qadimgi voqealar 
maʼnosida ishlatgan. Ilmiy maqsadlardagi dastlabki arxeologik qazishlar 18-asr boshidan boshlangan. 19-asr yirik arxeologik kash-fiyotlar 
davri bo‘lib, Arxeologiya fan sifatida shakllanib bordi, 19-asr Lei asosan 4 ki-yemga bo‘linib o‘rganilar edi; Yunoniston va Rimning quldorlik 
davri yodgorliklarini o‘rganuvchi mumtoz Arxeologiya, ibtidoiy Arxeologiya, 662-o‘rta asr moddiy-madaniyat yodgorliklarini o‘rganuvchi 
umumiy Arxeologiya va sharq Arxeologiya 20-asr boshida ular birlashib, keng maz-munli hozirgi zamon Arxeologiyasi 
shakllandi.O‘zbekistonda arxeologik tekshi-rishlar 19-asrning oxirgi choragida, Turkistonni Rossiya bosib olganidan so‘ng boshlandi. Rossiya 
imperiyasi Turkistonning o‘tmishi, xalqining urf-odati, qadimgi qo‘lyozmalarini o‘rganish orqali o‘lkada o‘zining mustamlakachilik rejimini 
mustahkamlamoqchi edi. Turkiston osori atiqalarini o‘rganishni dastavval rus Arxeologiya havaskorlari va o‘lkashunoslari boshlab berdi. 
1895 yil V. V. Bartoldnkng tashabbusi bilan Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi tuzilib, Arxeologiya ishlari shu to‘garak nazoratida 
olib boriladi. O‘sha davrda o‘tkazilgan Arxeologiya tadqiqotlarida V. V. Bartolvd, V. L. Vyatkin, N. I. Veselovskiylarning xizmati katta bo‘ldi. 
Ammo arxeologik yod-gorliklarni hali har tomonlama, keng o‘rganilmaganligi hamda topilmalar yaxshi aniqlanmaganligi sababli bu vaqtda 
ibtidoiy va undan keyingi ilk davrlar mutlaqo yoritilmadi. Shunday bo‘lsa ham 19-asr oxiri – 20-asr boshlaridagi Turkistonda olib borilgan 
arxeologik izlanishlar O‘zbekiston tarixshu-nosligida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi moddiy-madaniyat 
yodgorliklarini o‘rganishda dastlabki qadamlar qo‘yildi. Mahalliy xalq o‘rtasida o‘z vatanining o‘tmish yod-gorliklari bilan qizi-quvchi Akram 
pol-von Asqarov, Mirza Abdulla Buxoriy, Muhammad Vafo kabi qadimgi buyumlar hamda chaqatangalarni to‘plovchi havaskor 
o‘lkashunoslar paydo bo‘ldi. Bu davrda Turkiston arxeologiyasi havaskorlik darajasida bo‘lib turli xil (ko‘proq numizmatikaga doir) 
topilmalarni to‘plashdan ibo-rat bo‘lgan. Afrosiyob, Ulug‘bek rasadxonasi va Poykand haro-balarida dastlabki qazishmalar olib borilgan. 
O‘zbekistonda Arxeologiya fani 20–30-yillarda shakllandi. V. L. Vyatkin Afrosiyob harobasini (1925; 1929–30), B. P. Denike qadimgi Termizni 
(1926–27), M. Ye. Masson Ohangaron vodiysini (1925– 28), Ayritom harobalarini (1932–33) qazib o‘rgandilar. 30-yillarda keng ko‘lamda qazish 
ishlarini A. Yu. Yakubovskiy Zarafshon vodiysida (1934, 1939), M. Ye. Masson qadimgi Termizda (1936 – 38), V. A. Shishkin Tali Barzuda (1936 – 
39), Varaxshaaya (1937 – 39), S P. Tolstov, Ya. F. G‘ulomov qadimgi Xorazm vohasida (1937 – 50), A. P. OkladnikovTeshiktosh va Machay 
g‘orlarida (1938 – 39), V. V. Grigorev Qovunchitepa harobalarida (1934–37) olib bordilar. To‘plangan arxeologik materiallar O‘zbekiston tarixini 
davrlashtirishda muhim manba bo‘ldi, yangi arxeologik madaniyatlar (Kaltaminor, Tozabog‘yop, Qovunchi madaniyatlari va boshqalar) 
o‘rganilib, fanga kiritildi. Teshiktosh g‘oridan neandertal tipidagi odam skeletining topilishi O‘zbekiston arxeologiyasida buyuk kashfiyot 
bo‘lib, dunyo olimlarida katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda O‘rta Osiyo davlat universitetida arxeologiya 
kafedrasining ochilishi (1940), O‘zFA Arxeologiya bo‘limining tashkil etilishi (1943) katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Arxeologik yodgorliklarni 
rayonnlarga bo‘lib o‘rganishda Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Pomir-Olay va 
Pomir-Farg‘ona ekspeditsiyalari katta rol o‘ynadi.   
Amir Temur maqbarasi, Go‘ri Amir (14-asr oxiri — 1405 y.) — Samarqanddagi me’moriy 
yodgorlik. Xalq orasida Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. 
Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub kishilar (Amir Temur, uning piri Mir Sayyid 
Baraka, o‘g‘illari Umar-shayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, 
Ulugʻbek va b.) dafn etilgan. Boburning ta’kidlashicha, dastlab Temurning nabirasi 
Muhammad Sulton Mirzo Samarqand qal’asi jan.da Toshqo‘rg‘on — chaqarda Madrasa 
qurdirgan. Muhammad Sulton halok bo‘lgach (1403), Amir Temur uning xotirasiga 
maqbara qurish haqida farmon berdi. Maqbara Madrasa hovlisining to‘riga bunyod 
etilgan.

Bizgacha, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbara binosi saqlangan. Arxeologik 
tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton qurdirgan 
Madrasa va xonaqoh qoddiqlari topilgan. Madrasa va xonaqoh chorsi hovlining sharqiy va 
g‘arbiy tomonlarini egalla-gan. Hovlining jan.da gumbazli maqbara joylashgan. Maqbaraga 
jan. dan, Ulug‘bek qurdirgan dalon (1424) orqali kiriladi. Maqbaraning chortoq tarhli 
ziyorat-xonasi baland toqi — ravoqli, tepa-si yozuv hoshiyalari va ichki gumbaz bilan 
qoplangan. Tashki gumbazi 64 qobirg‘ali, baland poygumbaz (diametri — 15 m, bal. 12,5 
m)ga o‘rnatilgan.   o‘ralgan m urabba x azi ra sahni ga qat or 
qabrt oshlar qo‘y ilgan. Yuqorisi (t o‘ri)da Ami r 
Tem urni ng harbiy  y urish-l arida unga hamroh 
bo‘lgan v a uni ng y uk -sak  hurmat ini qozongan 
Mir Say y id Barak a sag‘anasi  joy lashgan. Say y id 
Barak a qabri ning oy oq t omoniga Ami r 
Tem urni ng o‘zi dafn qi lingan. Uning uch 
t omonida Muhammad Sult on, Mironshoh, 
Umarshay x  qabrlari  bor. Key inchalik  bu y erga 
Tem urni ng nabiralari v a ev ara-larining qabr 
t oshl ari qat ’i y  t art ib-da j oy lasht iri lgan. Temur 
sag‘anasi ga qo‘y ilgan k o‘k  nefri t  qabrt oshini 
Ulug‘bek  Mo‘g‘ulist onga qilgan y urishi v aqt i da 
ol ib k elgan. Toshdagi lav hada Temurni 
ul ug‘lay digan so‘zlar, uning shajarasi ham da 
marsiy alar o‘y mak ori  y ozuv larda bit ilgan. 
Ham ma sag‘analar Ul ug‘bek  t omonidan y axl it  
o‘y ma mar-m ar panjara bi lan o‘ralgan.     Ziyoratxona-ning sharqiy qismidagi ravoqdan zina orqali ostki qavatidagi go‘rxonaga tu-shiladi. Go‘rxona 
sakkiz qirrali. Undagi sag‘analar yuqrri qavatda qanday joylash-gan bo‘lsa, bu yerda ham shu tartibda joy-
lashgan. Ziyoratxonadagi qabrtoshlarning 431har biri yuksak san’at asaridir. Ziyorat-xona serhasham 
bezaklarga boy. Bo‘rtma bezak kundallar zaminiga lojuvard rang gullar ishlangan. Izorasi yashil toshdan 
girih shaklida terilgan. To‘rtta chuqur ravoqlardagi darchalarga o‘sha vaqtda rangli oyna o‘rnatilgan. Oltin 
va kumush qandillardagi shamlar yonganda ziyoratgoh ichkarisi ulug‘vor va afsonaviy tus ol-gan. 
Tashqarisi sirkor g‘ishtchalar bilan bezatilgan. Gumbaz va uning poyidagi bezaklar, turli arabiy yozuvlar 
alohida ko‘zga tashlanadi. Maqbara darchalarida yog‘ochdan ishlangan nafis panjaralar, eshiklarida esa 
murakkab qo‘sh zaminli o‘ymakor bezaklar bo‘lgan. Maqbaraning g‘arbiy tomoniga baland peshtoq yon-
dashgan. Taxminlarga ko‘ra bu peshtoq qoldiklari 17-a.ga mansub.
Maqbaraning mutanosiblik nisba-ti, naqshlari, turli bezaklari katta mahorat bilan bajarilgan. Tashqi 
peshtoq darvozasining tepasida me’mor — usta "Muhammad binni Mahmud al-banno Is-faxoniy" nomi 
saqlangan. Keyinchalik maqbara bir necha bor ta’mirlandi, gum-bazi qayta tiklanib, xonaqoh va Madra-sa 
qoldiqlari kavlab topildi, ichki va tashqi bezaklar ta’mir etildi. 1941 y.da musulmon odatiga zid ravishda 
Amir Te-mur va Ulug‘bek qabrlari ochib tekshiri-lib, ular ruhlari bezovta etildi.
Markaziy Osiyo meʼmorchiligining noyob asari sifatida eʼtirof etilgan Amir Temur maqbarasining qurilishi 
1403-yilda boshlanib, 1424-yilda tugatilgan. Maqbara Amir Temurningtaxt vorisi, deb eʼlon qilingan 
nabirasi Muhammad Sulton uchun qurdirilgan. Muhammad Sulton 1403-yilda Kichik Osiyoga qilgan safari 
vaqtida, 29 yoshida bevaqt vafot etadi. Shahzoda Samarqandga keltirilib, dastlab masjidning xonaqosida 
dafn qilinadi.      X O’ja ahror Vali y
Buxoro amiri Imomqul ixonning bosh v azi ri N odir Dev onbegi1630-1635 y i llar 
Samarqanddan janubiy -sharqqa bi r necha chaqirimda X oja Ahror Vali dahmasining 
oldiga madrasa qurdiradi. N odir Dev onbegi nomini olgan mazk ur madrasa 
N aqshbandi y a ordeni ni ng t aniql i sohibi, mashhur shay h X oja Ahror Vali  sharafi ga 
qurilgan.X oja Ahror so‘fi chilik  (“ so‘fi chilik ”  — isl omdagi t asav v uf y o‘nal ishi ) ordeni 
bo‘l mi sh N aqshbandiy aning rahbari , Toshk ent  v iloy at idagi Bog‘ist on t og‘-qi shlog‘i  
odami . X oji Ahror i lk  Samarqandga 1426 y il  22 y oshi da t ashrif buy urgan. 1451 y il esa 
Ulug‘bek ning o‘limidan so‘ng t emuriy lar sulolasi ning namoy ondalaridan biri Abu Say i d 
huk mronligi dav rida but unlay  Samarqandga k o‘chib o‘t gan. Ahmadni ng t arbiy asi ost ida 
shahzoda dey arli but unlay  huk mronlik ni qo‘lga olgan, Samarqandning haqiqiy  
huk mdori v a dav lat dagi eng boy  y er sohibiga ay langan.
Buy uk  o‘rt a asr shoi ri J omiy  uni “ X ojalar X ojasi” , “ Barcha narsaning mohiy at ini t ushunib 
y et gan inson”  dey a noml agan. “ Bu t abarruk  insonni ng sal ov at i v a k uchidan odamlar 
bosh egishgan” . Uning shiori “ inson duny oda ma’nav i y  v azifasini bajarishi uchun siy osiy  
huk mronligidan foy dal anish zarur ”  bo‘l gan. Ushbu shi or “ naqshbandiy a”  ordenining 
k ey i ngi ijt imoiy  hamda si y osiy  faoli y at i ni  ani qlab bergan. X oja Ahrorning y ana bir 
unv oni “ Hazrat i Imom”  bo‘lgan. U orqali ucht a bosh naqshbandiy a t a’limot i t armog‘i 
o‘t gan: Mark azi y -Osi y o, G‘arb-Turk  hamda Hind.   Xoja Ahror 1490 yil vafot etgan va o‘zining yashab o‘tgan joyi yaqiniga, oq marmardan yasalgan toshga o‘yilgan 
dahmaga ko‘milgan. Qabr yaqinida o‘rab olingan hovli bo‘lib, unda sakkiz qirrali hovuzi bo‘lgan va undagi 
suvda masjid hamda minora ayvonlarining naqshlari aks etib turgan. Keyinroq, Xoja Ahror qabri atrofida 
muqaddas qabr barpo qilingan.
Nodir Devonbegi tomonidan barpo qilingan madrasaning aynan shu joyda boshlanganligi Xoja Ahror Valiga 
bo‘lgan katta hurmatning alomatidir. Madrasaning joylashuv nuqtasiga ko‘ra, ko‘pincha Sari mozor (qabr 
boshlanishi) yoki Xoja Ahror Vali madrasasi, deya nomlashadi.
Mazkur bino qurilishida tarxining ayrim qismlari Samarqandning Registon maydonidagi Sherdor 
madrasasidan olingan. Koshinlarda tushirilgan peshtoqidagi yo‘lbarslar tasvirini (faqat ortida quyosh yo‘q) 
madrasaga ikkinchi “Sherdor berun” (ya’ni, tashqi (shahar tashqarisidagi) Sherdor) nomini berdi.
Yodgorlik bizning davrimizgacha juda buzilgan holatda yetib keldi: tashqi peshtoqi bir metrga egilib qolib, 
ag‘anash xavfi tug‘ilgan, ustki qatlami va gumbazlari yorilib ketgan, sharqiy peshtoqning kirish qismidagi 
yuqori yuzasi XX asrning 80-yillaridagi ta’mir jarayonida yo‘q bo‘lgan. Usta Abdug‘affor Haqqulov tomonidan XX 
asrning 80-yillarida madrasaning ta’mir ishlari boshlangan va mustaqilliq yillarigacha davom etgan.   Madrasaning tashqi ko‘rinishinini tiklash uchun ko‘plab arxiv materiallari o‘rganib chiqilgan, xususan, XIX 
asrda yashagan samarqandlik olim Abutohir Xojaning mehnati “Samariya”, shuningdek, 1870 yillar olingan 
va Sankt-Peterburgning Ermitaji fondida saqlanib kelinayotgan Nodir Devonbegi madrasasining bir nechta 
suratlari. Ular orasida sharqiy peshtoq surati ham bo‘lib, unda arslon va bug‘u ovining turli xil manzaralari 
aks etilgan. Yodgorlikni buzulmasidan avval ko‘rgan professor P. Zohidov ta’kidlashicha, “mazkur madrasa 
peshtog‘ida o‘yma koshin usulida bajarilgan ikki arslon hamda ikki bug‘u suratlari bo‘lgan”.
O‘tgan va o‘zov asrlarda olingan oq-qora suratlar hamda arxiv hujjatlarini sinchkovlik hamda diqqat bilan 
o‘rganish, bo‘laklar orqali modellashtirish ishlari Nodir Devonbegi madrasasini butunlay ta’mirlab, ilk 
ko‘rinishini tiklashga imkon yaratdi. Shoyadki, ziyoratchilar va sayyohlar ko‘zini quvontirsin.   Bibixonim jome masjidi (Amir Temur jome masjidi) — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1399—1404). 
Amir Temurning katta xotini Bibixonim (asli Saroymulk xonim) nomi bilan bogʻliq. Amir Temur farmoni bilan 
qurilgan. Masjidni kurgan usta va meʼmorlarning nomlari nomaʼlum. Masjid hovlisining sahni 63,8x76,0 m 
boʻlib, toʻrt tomondan ravoq va peshtoklar bilan oʻralgan. Uning umumiy sahni 167x109 m, burchaklarida 
baland minoralar boʻlgan. Zilzilalar taʼsirida astasekin yemirilib vayron boʻlgan, faqat shimoli-gʻarbiy 
minoraning pastki qismigina saqlanib qolgan, balandligi 18,2 m. Poydevori harsang toshdan, devorlari 
pishiq gʻishtdan ishlangan (qalinligi 4,5 m).
Masjidning bir-biri bilan bogʻlangan 6 ta meʼmoriy boʻlaklari saqlanib qolgan. Bular hovlining toʻrida 
mehrobli va baland peshtoqli bino, ikki yonida uning kichik nusxasi, poyida masjidning ikkiga boʻlingan 
peshtoqi va shimoli-gʻarb tomonda minoradir. Ilgari bu boʻlaklar 3 qator oq marmar ustunli, yengil ravoqli 
bostirmaayvonlar bilan birlashgan va ular tepasida gumbazchalar (400 ta) boʻlgan. Ustunlar 480 ta (oraligʻi 
3,5 m) boʻlib, tagkursili, tanasi oʻyma naqsh, tepasi kalla muqarnaslar bilan bezalgan (ular tuproq ostiga 
kumilib ketgan, arxeologik qidiruv ishlari natijasida ustunlar, tagkursilar va mayda kosachalardan iborat 
muqarnasli ustun qoshi topilgan). Hovlining har ikki yonida tashqi darvozaga ega bulgan turtta peshtokli 
darvozaxonasi bor. Masjidning hovli sahniga marmar toshtaxtachalar yotqizilgan. Hovli oʻrtasida marmar 
toshdan yasalgan ulkan lavh (Qurʼon oʻqiladigan maxsus kursi) bulib, u dastlab asosiy bino ichida turgan 
(1875 yilda katta gumbazning qulashidan xavflanib, hovli oʻrtasiga chiqarib qoʻyilgan). Atrofiga nafis 
hoshiyalar chizilgan, muqarnaslar, oʻsimliksimon nakshlar va yozuvlar bilan bezalgan lavh Amir Temurning 
nabirasi Ulugʻbek farmoniga binoan 15-asr urtalarida yasalgan. Unga „Sultoni azim, oliy himmatli xoqon, 
dindiyonat homiysi, Xanafiya mazhabiningposboni, aslzoda sulton, ibni sulton, amiri moʻʼminin Ulugʻbek 
Koʻragon“, deb bitilgan.   BIBIXONIM jOME MASJIDI.

Masjidga kiraverishdagi peshtoqning yuqori qismi 
1897 yilgi zilzila paytida qulagan (qolgan qismining 
balandligi 33 m, kengligi 46 m). Peshtoq mahobatli 
boʻlib, oʻrtasida kengligi 18,8 m li ravoq bor. Yon 
tomonlaridagi minoralar peshtoqdan baland. 
Peshtoqning ichki tomonida kichikroq (ikkinchi) ravoq 
oʻrnashgan. Unda oʻyma marmar hoshiyali darvoza 
boʻlgan. Uning ustidagi lavhada masjidning qurilgan 
yili va Amir Temur shajarasi yozilgan (1897 yilgi 
zilzilada katta peshtoq ravogʻi qulab tushgan). Qoʻsh 
tabaqali darvoza yetti xil metall qotishmasi— „hafti 
jush“dan yasalgan (keyinchalik yoʻqolib ketgan). 
Peshtoqning yon qanotlarida ikkita aylanma zina 
boʻlgan. Zinadan yuqoriga—kungura ravoqli 
maydonchaga chiqilib, undan minoraga oʻtilgan. 
Peshtoqning keng yuzasi jilvali koshinlar, rangbarang, 
qalqon shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan (hozir 
peshtoqning koshinlari tushib ketgan. Peshtoqning 
saqlanib qolgan qismi yorilib, devordan ajralib 
qolgan). Masjidning asosiy (mehrobli) binosi Amir 
Temur zamonasining meʼmoriy uslublari haqida toʻliq 
tasavvur beradi.  
  Sharafiddin Ali Yazdiyning „Agar osmon gumbazi 
boʻlmaganda masjid gumbazi olamda yagona boʻlar edi“, 
degan mubolagʻasi bejiz emas. Asosiy binoning old tomonida 
peshtoq, markazida ravoq va burchaklarida ikkita koʻp qirrali 
minora bor. Peshtoq orqasidagi xona oddiy, ammo salobatli 
handasiy shakllar yigʻindisi (kubsimon prizma, xonaning sakkiz 
qirrali qismi ustiga tushgan poygumbaz va gumbaz)dan 
iborat. Kubsimon prizma binoning asosiy hajmi boʻlib, 
tomonlari 14,6 m ga teng. Uning ustida xona devorlari boʻylab 
oʻtuvchi ravoqlardan iborat 8 qirrali prizma bor. Gumbazning 
doirali asosiga poygumbaz tutashtirilgan. Poygumbaz sirtiga 
Qurʼon oyatlari bitilib, usti feruza koshinlar bilan pardozlangan 
gumbaz bilan berkitilgan (qoldigʻi koʻrinib turibdi). Uning kirish 
tomonlari ham bosh peshtoq kabi rangbarang koshinlar bilan 
qoplangan, sopol gʻishtchalar yotiq, sirlangan rangli 
gʻishtchalar tik terilgan. Asosiy naqsh shakllari tiniq, lojuvard 
gʻishtchalardan terilib, ularning oraligʻi zangori gʻishtchalar, oq 
toshlar bilan tuldirilgan. Oddiy handasiy shakllar va pechak 
kabi chirmashib ketgan yozuvlar bino bezagining tarkibiy 
qismini tashkil etadi. Mehrobli binoning baland minoralari 
sathi 4 burchakli kichik namoyonlarga boʻlingan. Handasiy 
shakl va islimiy naqshlar (turli ranglarda) namoyonlarni 
bezagan. Ular koshinkorlik uslubida ishlangan. Peshtoq 
devorining yuzasi kesma koshin bilan qoplangan.   
Koshinkor bezakning har bir boʻlagi, gullarning oʻzaklari, kosachalari, 
poyalari, gunchalari va barglari maxsus zaminkoshinlar parchasidan 
alohida kesib olingan, sopolchalar oraliq qoddirmay bir-biriga moye 
joylashtirilgan. Bu koshinlar (ayniqsa koʻk ranglilari) tiniq shisha kabi 
yaltirab turadi. Masjid yonidagi ikki kichik bino mehrobli xonaning asosan 
kichik hajmdagi takrori boʻlsada, nakshlarning soddaligi va gumbazning 
kungiradorligi bilan farqlanadi. Masjidning ichki qismini pardozlashda 
naqqoshlik bezaklari qatorida zarhal boʻrtma naqshlardan keng 
foydalanilgan. Masjiddagi koʻp qirrali yulduzlar, 3 qavatli xatlar oʻyilgan 
lavhalar jajji muqarnaslar bilan bezalgan, hoshiyalar oq toshdan 
yoʻnilgan. Tarixnavis Ibn Arabshohning shahodat berishicha, Jome masjidi 
mahobatidan hayratga kelgan zamondoshlari „Obidalarimiz avlodlarga 
bizning kimligimizdan darak beradi“, deb gʻurur bilan jar solishgan ekan.

1868 yilda podsho Rossiyasi qoʻshinlari Samarqandni qamal qilganda Bibi-
Xonim masjidi m. toʻp oʻqidan vayron boʻlgan. Vayrona holda boʻlsa ham 
masjidning meʼmoriy shakllari serhashamligi, bezaklarining nafisligi bilan 
kishi diqqatini jalb qilib kelgan. Undagi rangbarang naqshlarda oʻsha davr 
xalq ustalarining nozik didi va yuksak mahoratidan darak beradi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi 
prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan oʻtmishimizning boshqa 
meʼmoriy yodgorliklari qatori Bibi-Xonim masjidi m. ni tiklashga alohida 
eʼtibor berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining „Amir 
Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash“ haqidagi qarori (1994 yil 29 
dekabr)ga binoan meʼmoriy majmuada taʼmir ishlari olib borilmoqda.   
Samarqandning xushmanzara bir burchagida, XX  asr boshlariga tegishli eklektika usulidagiga 
tegishli, me’mor Ye.O.Nelle loyihasi asosida qurilgan boy savdogar Abram Kalantarovga tegishli 
bo‘lgan qadimiy hovlida 1981 yil viloyat o‘lkashunoslik muzeyining ochilishi bo‘lgan. Muzey binosi 
me’morchilik yodgorligi hisoblanib, davlat tomonidan qo‘riqlanadi.
Binoning barcha xonalari bir qator joylashgan bo‘lib, anfiladani hosil qiladi. Birinchi qavatda 
ekspozitsiya joylashib, o‘lkamizning rivojlanish tarixini qadimiy davrdan XX asr boshigacha bo‘lgan 
jarayonini tasvirlaydi.
Mezolit-neolit-eneolit — ibtidoiy jamoa tuzumining yakuniy bosqichi bo‘lib, ekspozitsiyada turli 
vazifalar uchun mo‘ljallangan tosh qurollar va ilk loy idishlar qoldiqlarini o‘zida mujassam qilgan. 
Bronza va tosh davri devoriy yozuvlarni suratga olinishi bilan illyustratsiyalangan. VIII asrdan er.avv. 
IV asrgacha bo‘lgan davr loydan yasalgan buyumlar — nafis shaklga ega jomlar va tangalar bilan 
namoyish etilgan. Ekspozitsiyani rassom V. Kaydalovning “Spitamenning qo‘zg‘aloni” asari yorqin 
to‘ldirib turadi.
Kushoniylar davri (eramizning IV-I asrlari) ro‘zg‘or yuksalishi, irrigatsiyaning rivojlanishi, turli xil 
hunarmandchilik yo‘nalishlari, shahar hayotining ravnaqi bilan xarakterlanadi, Kushoniylar shohlari 
tasvirlangan tangalar ham ko‘rsatilgan.
Ilk o‘rta asrga tegishli ekspozitsiya — bu yerda turli xil maishiy va marosimiy loydan yasalgan 
buyumlar, sug‘diylar tangalari va ko‘rkam ayollar taqinchoqlari, shuningdek, ko‘mish buyumlari, Oq 
jartepa, Sozagon, Og‘aliqsoy qo‘rg‘onlaridan topilgan qurollar (qilich) mavjud.   
So‘g‘dlarning arablar tomonidan bosib olishiga bag‘ishlangan davr 
ekspozitsiyasida Afrosiyob shaharchasiga tegishli go‘zal saroy 
naqshlarning nus'halari, “So‘g‘d askarlari” tiklangan surati, qilich va 
so‘g‘d nayzalarining qinlari namoyish qilingan.

Islom tiklanishi davri ekspozitsiyasida qizil yunoniston shishasidan 
qilingan idish qoldiqlari, Eronning Reya shahridagi loy qandil, serob 
tangalarni ko‘rish mumkin. Ekspozitsiyada mo‘g‘ullar nayzalarining 
qinlari, Chingizxon tomonidan xarobaga aylantirilgan samarqand 
qo‘rg‘oni surati ham mavjud.

Amir Temur hamda Temuriylar hukmronligi davrini qazilma 
materiallari, ya’ni metall buyukmlar to‘plami, suyaklar, shishalar va 
XSh-XVI asrlarga tegishli tangalar ko‘rsatib, u davr hunarmandchiligi, 
karvon savdolari va Temuriylar davri savdo-pul munosabatlarini 
namoyon qiladi. Bu yerda, shuningdek, noyob eksponatlar namoyish 
qilingan — XV-XVI asrlarning oliy voqifiga tegishli jang va namoyish 
do‘mbirasi, shuningdek, 1678 yil Amsterdamda nashr qilingan De 
Sanktiyenning “Temur tarixi” nomli noyob kitobini ko‘rish mumkin.

Ekspozitsiyada arxitektor V.A. Nilsen tomonidan bajarilgan tiklangan 
observatoriyani va ulkan astronomik qurol kvadrant (sekstant)ning 
qoldiqlari tushirilgan suratlari uchratish mumkin.   Samarqand o’lkashunoslik muzeyi   Re gist on ansambli — Samarqandning Re gist on maydonida 3 Madrasa ( Ulugʻbe k  madrasasi, Tillak ori Madrasasi, She rdor Madrasasi)  dan iborat  
me ʼmoriy majmua.
Dast lab Ulugʻbe k  madrasasi ( 1417—1420 yy ) bunyod e t ilib, k eyinchalik  qarshisiga — maydon sharqiga Ulugʻbe k  xonaqohi ( 1424 y) , shim.ga Mirzoyi 
k arvonsaroyi, jan.ga A lik a Koʻk aldosh J uma masjidi ( 1430 y)  k urdirgan, yonida e sa y ogʻochdan xot amk ori uslubida masjidi Muqat t a va A busaid 
madrasasi qurilgan. 15-asrning 20—40y.larida Re gist on hashamat li me ʼmoriy ansamblga aylangan. 17-asrda Samarqand hok imi Yalangt oʻsh 
Bahodir vayrona holat dagi Ulugʻbe k  xonaqohi oʻrniga She rdor Madrasa ( 1619—1635/ 36) ni, Mirzoy i k arvonsaroy i oʻrniga Tillak ori madrasa masjidi 
(1646/ 47— 1659/  60) ni qurdirgan. Re gist on ansambli oʻzining rang-barang k oshink ori bezak lari; naqshink ori pe sht oqlari, ulk an gumbazlari bilan 
Oʻrt a Osiy o me ʼmorchligining noyob y odgorligi hisoblanadi.[1]
Re gist an square 2014.J PG
Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy mark azi Re gist on maydoni boʻlib, bu e rda ucht a madrasa qad k oʻt argan: Ulugʻbe k  madrasasi ( 1417-1420) , 
She rdor madrasasi ( 1619-1636) , Tilla-k ori madrasasi ( 1647-1660). Re gist on - qadimiy ilm, t aʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar 
qurilishi sanʼat ining e ng k oʻzga k oʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Te muriylar f axr bilan: „ Kim bizning k uch- qudrat imizga shubha 
qilsa, k e lib biz qurgan binolarni k oʻrsin“ , de ganlar. 2001- y ilda bu uch madrasa UNESCOning but un duny o yodgorlik lari roʻyxat iga k irit ilgan. 
Re gist on may doni- t arixda shaharning ilm-f an, siyosat  va diniy mark azi bo’lgan. “ Re gist on ”  so’zi “qumloq joy ”  de gan ma’noni anglat adi. O’rt a 
asrlarda hamma k at t a shaharlarda mark azlar “ Re gist on”  de b at alar e di. Shu nomdagi may donlar Buxoro, Shahrisabz va Toshk e nt da ham bo’lgan. 
Samarqanddagi maydon e sa O’rt a Osiyodagi e ng mahobat li va t ahsinga sazovor maydonlardan biri e di. Bu may donda bir ne cha ming yillik  t arix 
mujassam. A mir Te mur podshohligi davrida Re gist on Samarqandning mark aziga aylant irildi. Ulug’be k  davri (1409-1447) da e sa maydon bundan ham 
muhimroq ahamiy at ga e ga bo’ldi. Zamonaviy Re gist on ansambli o’zida Ulug’be k  madrasasi ( 1417-1420) , She rdor madrasasi( 1619-1636)  va Tillak ori 
masjid-madrasasini (1647-1660)  mujassam e t adi.
Re gist onning janubiy t omonida xalq orasida “ Childuxt aron”  de b at almish xonaqoh va maqbaralar joylashgan e di. Ularni Ko’chk unjihon ( 1527-1530)  
qurdirgan e di va Tillak ori madrasasiga qo’sh qilib bunyod e t ilgan e di. U 1904-yilgi zilziladan so’ng xarobaga aylanib, 1910-y ili but unlay buzilgan va 
o’rni maydon bo’lib qolgan. 100 y il orasida oxirgi k o’rinishini olgan bu Re gist onni k o’rish isht iy oqida but un duny o sayy ohlari t ashrif buy urishadi.   
Registon ansambli — Samarqandning Registon maydonida 3 Madrasa {Ulugʻbek madrasasi, Tillakori Madrasasi, Sherdor Madrasasi) dan 
iborat meʼmoriy majmua. Dastlab Ulugʻbek madrasasi (1417—1420 yy) bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydon sharqiga Ulugʻbek 
xonaqohi (1424 y), shim.ga Mirzoyi karvonsaroyi, jan.ga Alika Koʻkaldosh Juma masjidi (1430 y) kurdirgan, yonida esa yogʻochdan 
hotamkori uslubida masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 

15-a.ning 20—40y.larida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. 

17-a.da Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Sherdor Madrasa (1619—1635/36)ni, 
Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori madrasa masjidi (1646/47— 1659/ 60)ni qurdirgan. 

R.a. oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Oʻrta Osiyo meʼmorchligining noyob 
yodgorligi hisoblanadi. Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu erda uchta madrasa qad koʻtargan: 
Ulugʻbek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi (1619-1636), Tillakori madrasasi (1647-1660). 

egiston - qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan 
biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch- qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, 
deganlar. 2001- yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan. Registon maydoni- tarixda shaharning 
ilm-fan, siyosat va diniy markazi bo’lgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. 

O’rta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda 
ham bo’lgan. Samarqanddagi maydon esa O’rta Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir 
necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur podshohligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulug’bek davri (1409-
1447)da esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’ldi. 

Zamonaviy Registon ansambli o’zida Ulug’bek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi(1619-1636) va Tillakori masjid-madrasasini 
(1647-1660) mujassam etadi.Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan 
edi. Ularni Ko’chkunjihon (1527-1530) qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga qo’sh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan so’ng 
xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va o’rni maydon bo’lib qolgan. 100 yil orasida oxirgi ko’rinishini olgan bu Registonni ko’rish 
ishtiyoqida butun dunyo sayyohlari tashrif buyurishadi.         Afrosiyob shaharchasi
Afrosiyobning umumiy koʻrinishi (rekonstruksiya)
Afrosiyob devoridagi surat
Afrosiyob
Afrosiyob – yirik arxeologik yodgorlik bo‘lib, qadim Samarqand shahri vayronalaridan darak beradi. Shaharning maydoni 219 
gektarni tashkil qiladi. Arxeologlar bir-birini bosib turgan 11 ta madaniy qatlamlar borligini aniqladilar. Samarqandning Afrosiyob 
o‘rnida 2100 yil turgan tarixiy davr mobaynida moddiy madaniyatni aks ettiradilar. Shaharning zamonaviy relefida qudratli qal’aning 
xarobalari, ko‘hna mudofaa devorlari, qachonlardir shaharga suv keladigan kanalning vayronalarini oson ajrata olish mumkin.
Afrosiyobdagi muntazam kovlash ishlarini 1904 yilda V.V.Bartold va V.L.Vyatkin boshlaganlar. 1958 yil maxsus Samarqand arxeologik 
guruh tuzilgan. Guruhning maqsadi – O‘rta Osiyoning ko‘hna shahar markazlaridan birining kelib chiqishi va mavjudligi tarixi, shahar 
hayotining barcha davrlarida uni o‘rab turgan turli-tuman ob’ektlar to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish edi. Ekspeditsiya 30 yil davomida 50 
dan ortiq qidiruv-kovlash va tuproq kesmasini tekshirish ishlarini olib bordi. Afrosiyobning arxeologik davri aniqlandi, shaharning 
har xil davrlaridagi topografik plani tuzildi. Me’morchilik, moddiy va ma’naviy madaniyat, ishlab chiqarish faoliyati, numizmatika, 
terrakota, sopol buyumlar bo‘yicha ulkan ma’lumot yig‘ildi va umumiylashtirildi, mashhur devoriy naqshlar topildi va ta’mirlandi. 
Shaharning hayotiga doir ko‘p sonli maqolalar va monografiyalar nashr etildi. 1989 yildan boshlab Afrosiyobda o‘zbek-fransuz 
ekspeditsiyasi ishlab kelmoqda.
Ekspeditsiya ishlari shaharning shimoliy qal’asining birinchi istehkomigacha bo‘lgan qismini qamrab olgan, qal’aning sharqiy qismida 
VIII asr oxiriga to‘g‘ri keladigan ulkan ma’muriy bino ochildi. Qal’aning g‘arbiy qismida VIII asr o‘rtalaridagi va mil. avv. III-II asrlardagi 
binolarning kovlash ishlari olib borildi.   Afrosiyob muzeyi
Afrosiyobdagi arxeologik topilmalar shaharning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, Samarqand tarixi muzeyida saqlanadi va 
ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Samarqand tarixi muzeyi Sharof Rashidov tashbusi bilan 1970 yil 24 oktyabrda ochildi.
Muzeyning 1- zalida Afrosiyob vayronalarini arxeologik o‘rganish tarixi bo‘yicha XIX-asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan materiallar, 
shaharning arxeologik ob’ektlari va ma’muriy obidalari ko‘rsatilgan relefli xarita joylashgan. Ikkinchi zalda shahar hayotining ilk 
asrlari tarixi bilan bog‘liq buyumlar: kulolchilik xumdoni o‘chog‘ining maketi, mil. avv. VI-IV asrlar sopol idishlari, tosh va 
metallardan yasalgan buyumlar joylashtirilgan.
Uchinchi zalda, ellinizm davri bilan bog‘liq buyumlar o‘z o‘rnini topgan bo‘lib, ular Samarqandning mil. avv. III-II asrlarda 
qurilgan mudofaa devorlarining maketlari, qurol-yarog‘, tangalar, sopol idishlari, terrakota, tosh va yog‘och buyumlari, 
shuningdek qal’a devoridan olingan yog‘och sinchkorlik bo‘laklari joylashgan.
Samarqandliklarning milodiy I-IV asrlardagi ma’naviy hayoti va ro‘zg‘orini yorituvchi ashyolar to‘rtinchi zalda o‘z o‘rnini 
egallagan bo‘lib, ulardan milodiy IV asr mehrob-o‘choq, terrakota haykalchalari, ro‘zg‘or buyumlari, suyaklar solingan ostodon 
namoish etilgan. Beshinchi zalda, olov va ajdodlar ruhi e’tiqodi bilan bog‘liq buyumlar: ossuariylar, uyning ibodat qilish qismi, 
devoriy suratlar, raqqosa shaklidagi yog‘och haykal-ustunlar, so‘g‘d yozuviga ega bo‘lgan buyumlar – teri (konvert), xum, 
porsang. Shu bilan birga temir, suyak va sopoldan yasalgan ro‘zg‘or buyumlar o‘z o‘rnini topganlar.
Muzeyning eng nodir eksponatlari orasida markaziy zaldagi, bir vaqtlar muzey binosidan bir-necha yuz metr G‘arbda 
joylashgan qabulxonani bezagan VII asr devoriy suratlari alohida o‘rinni egallaydi. Ular 1965 yilda ochilgan. Bu zal VII asrning 
uchinchi choragida Samarqandda hukmronlik qilgan Varxuman oilasining qarorgohi bo‘lgan. To‘rt devorda to‘rt kompozitsiya 
syujetlari – Samarqand hukmdori tomonidan elchilarni qabul qilinishi, maqbaraga tantanali safar, ilvirs ovi va boshqa rasmlar 
tasvirlangan.   Muzeyidagi «elchilar zali» (mil. VII asr o‘rtalari)
Afrosiyob muzeyidagi markaziy zalda taqdim etilgan 
devoriy tasvirlar o‘z davrining nodir san’at asari 
hisoblanib, mehmon kutish xonalarini bezar edi. Bu 
mehmonxona muzeydan bir necha yuz metrcha g‘arb 
tomonda topilgan. Ular tasodifan Toshkent yo‘lini 
qurish paytida 1965 yilda ochilgan. Buldozer yerga 
ko‘milgan devorni ochib tashladi va keyinchalik bu 
devoriy suratlar maxsus moslamalar bilan muzeyning 
markaziy xonasiga ko‘chirilib, 1985 yildan boshlab, 
namoyishga qo‘yilgan. Qazish ishlaridan keyin, bu joy 
yuqori tabaqali kishining mehmonxonasiga tegishliligi 
aniqlandi. Aniqrog‘i, bu shoh Varxumanning 
mehmonlar qabul qilish xonasi bo‘lib, u VII - asrning 
uchinchi yarmida huqmronlik qilgan.      
Shimoliy devor

O‘ng tomondan boshlanadigan shimoliy devorning kompozitsiyalari esa 
boshqa olamga chorlaydi. Biz go‘yoki Samarqandda emas, Xitoydamiz. Chap 
tomonda ikkita sayr qayiqlarida ayollar tasvirlangan, birinchisi yaxshi 
saqlangan. Qayiqning quyruq tomonida musiqachilar turli musiqa asboblar 
bilan tasvirlangan, boshqalariga qaraganda yirikroq tasvirlangan ayol-xonzoda 
(kirolicha) bo‘lgan. Oldinda esa boshqa sahna ko‘rinadi: ya’ni xizmatkor ayol 
boshqasining qo‘lidan tutib, yarashmoqchi bo‘lyapti va xonzodaga ishora 
qilyapti, u esa ikkalasini tinchlantirib, yarashtirib qo‘ymoqda. Marko Polo 
davrida Xitoyni ajib jonivorlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, bu yerda ham VII 
asrga mansub, suvda har xil g‘ayritabiiy jonivorlar: echki boshli va ilon dumli 
ajdaholar suzib yuribdi. O‘ngroqda soxta soch kiygan odam, suvda suzayotgan 
otning dumidan ushlab turibdi. To‘lqinli chiziq tasvirni ikkiga ajratib turibdi, 
aftidan ikki tog‘ etagini eslatadi. Bu yerda Tan davriga oid mos kiyingan 
xitoyliklar, qoplon ovlamoqdalar. Yana o‘ngroqda boshqa shakllarga nisbatan 
yirikroq tasvirlangan, lekin yomon saqlangan asosiy otlik kishi tasviri bor. Sug‘d 
madaniyatining sharti bo‘yicha, rasmlardagi nomutanosiblik xudolar va 
shohlarni bildiradi. Bu yerda Xitoy shohi imperatori haqida gap ketadi, uning 
xotinini biz yuqorida ko‘rdik.

Shunday qilib, biz bu yerda shoh Varxumanning xitoyliklarga qarata, 
fuqoralikka qabul qilishlik iltimosini, ya’ni dadil chet el mustaqilligi 
tasvirlanganligini ko‘rib turibmiz. Chunki sug‘dliklar xitoyliklarni hayot 
quvonchlarini sezuvchi buyuk xalq sifatida yuqori baholar edilar. Ovdagi botirlik 
xuddi jang maydonlaridagi mardlik kabi edi. Lekin so‘nggi o‘n yilliklar tarixi 
shuni ko‘rsatadiki, xitoyliklarning arab istilochilariga qarshi harbiy yurishlari 
natijasining salbiyligi sug‘d shohining xitoyliklarga nisbatan umidi yanglish 
ekanini ko‘rsatdi.G‘arbiy devor
Varhuman saroyi devoriy rasmlarida tasvirlangan turkiy 
zodagonlar, Samarqand, 650 yil
Kirishdan ro‘paradagi g‘arbiy devorga e’tibor beramiz. Yuqoridan 
chapda, tasvir saqlanib qolgan joyda, oq kiyim kiygan kishining 
surati va kiyimining etagida 16 ta sug‘diy yozuv saqlanib qolgan 
(sug‘diy til, sharq-eron til oilasiga mansub bo‘lib, shu tilda 
arablargacha davrda sug‘dda gaplashilgan, sug‘d alifbosi aramey 
alifbosidan kelib chiqqan). Bu satrlar unash naslidan bo‘lmish 
shoh Varxumanning elchilar qabul qilish marosimiga taluqlidir. 
Xitoy solnomachilari bu nom bilan faqat bitta shoh Varxumanni 
bilganlar; 655 yilda Tan davlatiga shoh Varxuman elchilarini 
fuqoralik masalasi bo‘yicha yuborgan, bu aftidan Eron bilan 
bo‘lgan urush tugallanganidan so‘ng, arablardan kutilgan xavf-
xatarga qarshi bo‘lgan amal bo‘lsa kerak. G‘arbiy devorning pastki 
qismida tasvirlangan sovg‘a olib borayotgan elchilarning tantanali 
yurish marosimi satrlarda ko‘rsatilgan yozuvlarga mos keladi. Bu 
sahna ochiq joyda tasvirlangan bo‘lib, bizning ko‘z o‘ngimizda 
qurollar to‘plami, tirgakka o‘rnatilgan nayzalar, o‘ng tomonda 
g‘alati niqoblar bilan bezatilgan qalqonlar uyumi tasvirlangan. 
ikkinchi qatordagi tasvirlar esa, tomoshabinga orqasi bilan 
o‘tirgan uzun sochli kishilar bo‘lib, ular aftidan hokimiyatning 
shaxsiy gvardiyasini tashkil etgan turklar bo‘lgan. 550-630 yillar 
o‘rtalarida sug‘d xonliklari Markaziy Osiyoda birinchi yirik davlat 
«G‘arbiy turklar» (g‘arbiy turkiy kog‘onot) imperiyasiga tobe edilar 
va kog‘onotning yemirilishidan so‘ng, o‘zlari ko‘pgina harbiy 
qismlar tuzishdi. Endi yozuvlar oldida turgan uchta soqolli 
kishilarni ko‘rib chiqamiz. Ular qilich va xanjar bilan qurollangan 
bo‘lib, shoyi kiyimlar kiyinishgan, yaktaglari har xil jonivorlar 
rasmi bilan bezatilgan, bular o‘sha davrdagi sosoniy Eroni va 
Xitoygacha tarqalgan uslub bo‘yicha kiyinishgan. Ularning biri 
taqinchoq va bezaklar, boshqalari shoyi to‘plami olib ketyaptilar.    
Janubiy devor

Kirishdan chapdagi janubiy devor bo‘yoqlari yaxshi saqlanganligi bilan, izohlashda 
qiyinchilik tug‘diradi. Avval bu devor rasmini chet el elchilarining Samarqandga tantanali 
kirishi tasvirlangan deb taxminan qilingan. Professor B.I. Marshak (Ermitaj, S. 
Peterburg) yaqinda yanada ishonchliroq izohni berdi.

Marosimning alohida o‘rni shundaki, harakat qilayotganlar markaziy sahna tomon 
emas, undan qarama-qarshi tomonga, sharq tomon uzoqlashmoqda. Tantanali 
yurishning so‘nggi joyi (chap tomonga qaralsin) shahar emas, alohida turgan bino 
bo‘lib, u yerda bir necha kishi turibdi. Xitoy yilnomalaridan ma’lumki, har yili 
zardushtiylar yangi yilda (Navro‘z ayyomida), sug‘d hukmdorlari, avlodlari (ota-onalari) 
qabrlarini ziyorat qilar edi. Bu qabrlar poytaxtdan janubiy sharq tomonda bo‘lib, bu 
tomon jannat tomon yo‘l hisoblangan. Ziyoratning oxirida jonivorlar so‘yilib, qurbonlik 
qilingan, kompozitsiyaning markaziy qismida shu marosimlar aks ettirilgan. Devordagi 
suratda og‘zi bog‘langan ikki kishi tasvirlangan. Bu yerda zardushtiylar kohini (qurbon 
qiluvchi) emas, balki bayramona kiyingan, qurollangan aslzodalar tasvirlangan, ular 
qurbonlik jonivorlarini olib bormoqdalar. Bu jonivorlardan biri kulrang ot bo‘lib, u 
egarlangan, lekin chavandozsiz; yana biri to‘rtta g‘oz ko‘tarib boryapti, ularning qanotida 
sug‘d yozuvi keltirilgan. Har xil hujjatlarda ko‘rsatilishicha, egarlangan ot qurbonlik 
qilishda foydalanilgan va u aftidan quyosh xudosi va o‘liklar hakami Mitraga atalgan. 
G‘ozlarga kelganda esa, ular cheksiz davr xudosi Braxmaga taqqoslanadigan Zurvanga 
baxshida etilgan. Zurvan to‘rt xil shaklda bo‘lib, uning ramzi yovvoyi g‘ozlar edi. 
Qurbonliklar oldidan ikkita chavandoz tuyada qo‘lida aso bilan bormoqda. Bu marosimiy 
yurishning oxirida sariq ot ustida bo‘ynida tumor va qoplon terisi tashlangan, qizil 
ko‘ylakda ulkan odam, shoh Varxuman tasvirlangan. Shoh tasvirlangan joyda, xuddi 
shimoliy devordagi Xitoy imperatorining turgan joyi bilan mos keladi. Shohning avlodlari 
yotgan joy yaqinida, oq fil tasviri bo‘lib, uning ustidagi taxtiravonda yuqori mansabdagi 
ayol o‘tiribdi, u shoh Varxumanning xotini bo‘lsa kerak. Uning orqasidan egarlangan 
otlar ustida uchta yosh juvonlar tasvirlangan, ayollarning birining bilagida «mansabdor 
beka-xonim» yozuvi saqlanib qolgan. Bundan yuqorida esa mansabdor chavandozlar 
safi bo‘lib, faqat otlarining oyoqlari ko‘rinmoqda, ular aftidan turk gvardiyasi bo‘lishi 
kerak.Sharqiy devor
Sharqiy devorning o‘rta qismi, zalga kirishning asosiy qismini tashkil etadi. 
Suvda suzayotgan baliqlar, cho‘milayotgan bolalar, ho‘kizlar tasviri yaxshi 
saqlangan. Ehtimol, bu Hindistonni eslatadi yoki zardushtiylarni u dunyodagi 
jannatiy holatini, ya’ni marhumlar va tiriklarni ajratuvchi daryoni eslatadi.
Izoh. Mulohaza va fikrlar shuni ko‘rsatadiki, uchala devordagi syujetlarning 
mazmun-ma’nosi yagona maqsadga qaratilgan, ya’ni Shoh Varxuman 
siyosatiga uch xil nuqtai nazardan qarashdir. Birinchidan g‘arbiy devorda 
tasvirlangan tantanali diplomatiya, ikkinchidan shimoliy devorda Xitoy bilan 
ittifoq va uchinchidan janubiy devorda tasvirlangan diniy marosimdir. Diniy 
marosim Samarqand uchun yangilik edi, chunki o‘sha davrda barqaror bir 
sulola yo‘q edi, zero 710 yilda Tarxun shoh yakka hukmronligini «xalq» 
(oqsoqollar majlisi) olib tashlagan edi. Shoh Varxuman tarixiga kelsak, uning 
yakka huqumdorllikka asos solish harakati behuda bo‘ldi, 675 yilda ilk bor 
arablar hujumidan so‘ng shahar qisqa vaqt shohsiz qoldi. Qazish ishlaridan 
ma’lum bo‘ldiki, devoriy suratlar bizgacha qanday holatda yetib kelgan bo‘lsa, 
ya’ni g‘araz bilan suratlarga shikast yetkazilgan, bu holni arablarga to‘nkarish 
kerak emas, chunki suratli zalga arab fotihlarigacha bo‘lgan davrdan oldin, 
xarsang tosh yotqizib qo‘yilgan edi, shuning uchun suratlar saqlanib qolgan. 
Bu vandalizm harakati aftidan g‘alayonli paytlarda ya’ni Varxuman 
shohligining yemirilishi davrida bo‘lgan. Lekin bu haqda yozma manbalarda 
hech narsa yozilmagan. Suratlar bitta rassom qo‘li bilan bo‘lmasada (Aleks 
Barbi, bu yerda ikkita rassom qo‘lini aniqladi), bir ustaxonada, bitta g‘oya va 
mukammal uslub asosida yaratilgan. Rassomlar albatta, Xitoy sahnalarini, 
manzaralarini tasvirlash uchun alohida ko‘rsatmalarga, chizma-qoralama 
eskizlarga ega bo‘lishlari kerak edi.
Panjakentdagi (Samarqanddan 60 km sharqda) ko‘p beqiyos devoriy 
suratlarni Afrosiyobdagi tasvirlar bilan taqqoslaganda, Afrosiyob suratlari 
Panjakent suratlaridan farqli o‘laroq, o‘zining ajoyibligi va ijodkorligi bilan 
ajralib turadi. Agar Panjakentda uchta katta mavzu (din, botirlik, masalchilik) 
tasvirda o‘zining alohida o‘rniga ega bo‘lsa, Afrosiyob suratlarida esa, 
syujetlar erkin joylashtirilgan bo‘lib, tasvirlarning mukammal o‘rni bor. 
Panjakent aslzodalari va savdogarlaridan farqli o‘laroq, shoh Varxuman bu 
ishga mamlakatning eng sara badiiy ustaxonasini taklif qilgan. Ikkinchi qavat 
ekspozitsiyasi namoyishi Markaziy Osiyoga arab istilosi davridan Chingizxon 
bosqinigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda Samarqand shaxri 
ancha kengayib hozirgi eski shahar o‘rniga qadar mudofaa devori bilan o‘rab 
olinadi.   E’ TIBORIN GIZ 
UCHUN  RA X MAT

Dala arxeologik amaliyoti bo’yicha mavzular taqdimoti

Arxeologiya – (grek. ἀρχαίος – qadimgi va λόγος – soʻz, oʻrgatish) – qadimshunoslik – qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik ja-miyati o‘tmishini o‘rganuvchi fan. Mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-yarog‘lar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxo-nalar, mudofaa va irrigatsiya inshootlarining qoldiqlari hamda o‘tmishga oid turli topilmalar Arxeologiyaning bosh manbai bo‘lib, ularni chuqur ilmiy o‘rganish asosida o‘tmishdagi kishilik jamiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarixining umumiy manzarasi tiklanadi. Shu sababli Arxeologiya tarix fanining bir tarmog‘i hisoblanadi. Arxeologiya so‘zini miloddan avvalgi 4-asrda Platon (Aflotun) qadimgi voqealar maʼnosida ishlatgan. Ilmiy maqsadlardagi dastlabki arxeologik qazishlar 18-asr boshidan boshlangan. 19-asr yirik arxeologik kash-fiyotlar davri bo‘lib, Arxeologiya fan sifatida shakllanib bordi, 19-asr Lei asosan 4 ki-yemga bo‘linib o‘rganilar edi; Yunoniston va Rimning quldorlik davri yodgorliklarini o‘rganuvchi mumtoz Arxeologiya, ibtidoiy Arxeologiya, 662-o‘rta asr moddiy-madaniyat yodgorliklarini o‘rganuvchi umumiy Arxeologiya va sharq Arxeologiya 20-asr boshida ular birlashib, keng maz-munli hozirgi zamon Arxeologiyasi shakllandi.O‘zbekistonda arxeologik tekshi-rishlar 19-asrning oxirgi choragida, Turkistonni Rossiya bosib olganidan so‘ng boshlandi. Rossiya imperiyasi Turkistonning o‘tmishi, xalqining urf-odati, qadimgi qo‘lyozmalarini o‘rganish orqali o‘lkada o‘zining mustamlakachilik rejimini mustahkamlamoqchi edi. Turkiston osori atiqalarini o‘rganishni dastavval rus Arxeologiya havaskorlari va o‘lkashunoslari boshlab berdi. 1895 yil V. V. Bartoldnkng tashabbusi bilan Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi tuzilib, Arxeologiya ishlari shu to‘garak nazoratida olib boriladi. O‘sha davrda o‘tkazilgan Arxeologiya tadqiqotlarida V. V. Bartolvd, V. L. Vyatkin, N. I. Veselovskiylarning xizmati katta bo‘ldi. Ammo arxeologik yod-gorliklarni hali har tomonlama, keng o‘rganilmaganligi hamda topilmalar yaxshi aniqlanmaganligi sababli bu vaqtda ibtidoiy va undan keyingi ilk davrlar mutlaqo yoritilmadi. Shunday bo‘lsa ham 19-asr oxiri – 20-asr boshlaridagi Turkistonda olib borilgan arxeologik izlanishlar O‘zbekiston tarixshu-nosligida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi moddiy-madaniyat yodgorliklarini o‘rganishda dastlabki qadamlar qo‘yildi. Mahalliy xalq o‘rtasida o‘z vatanining o‘tmish yod-gorliklari bilan qizi-quvchi Akram pol-von Asqarov, Mirza Abdulla Buxoriy, Muhammad Vafo kabi qadimgi buyumlar hamda chaqatangalarni to‘plovchi havaskor o‘lkashunoslar paydo bo‘ldi. Bu davrda Turkiston arxeologiyasi havaskorlik darajasida bo‘lib turli xil (ko‘proq numizmatikaga doir) topilmalarni to‘plashdan ibo-rat bo‘lgan. Afrosiyob, Ulug‘bek rasadxonasi va Poykand haro-balarida dastlabki qazishmalar olib borilgan. O‘zbekistonda Arxeologiya fani 20–30-yillarda shakllandi. V. L. Vyatkin Afrosiyob harobasini (1925; 1929–30), B. P. Denike qadimgi Termizni (1926–27), M. Ye. Masson Ohangaron vodiysini (1925– 28), Ayritom harobalarini (1932–33) qazib o‘rgandilar. 30-yillarda keng ko‘lamda qazish ishlarini A. Yu. Yakubovskiy Zarafshon vodiysida (1934, 1939), M. Ye. Masson qadimgi Termizda (1936 – 38), V. A. Shishkin Tali Barzuda (1936 – 39), Varaxshaaya (1937 – 39), S P. Tolstov, Ya. F. G‘ulomov qadimgi Xorazm vohasida (1937 – 50), A. P. OkladnikovTeshiktosh va Machay g‘orlarida (1938 – 39), V. V. Grigorev Qovunchitepa harobalarida (1934–37) olib bordilar. To‘plangan arxeologik materiallar O‘zbekiston tarixini davrlashtirishda muhim manba bo‘ldi, yangi arxeologik madaniyatlar (Kaltaminor, Tozabog‘yop, Qovunchi madaniyatlari va boshqalar) o‘rganilib, fanga kiritildi. Teshiktosh g‘oridan neandertal tipidagi odam skeletining topilishi O‘zbekiston arxeologiyasida buyuk kashfiyot bo‘lib, dunyo olimlarida katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda O‘rta Osiyo davlat universitetida arxeologiya kafedrasining ochilishi (1940), O‘zFA Arxeologiya bo‘limining tashkil etilishi (1943) katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Arxeologik yodgorliklarni rayonnlarga bo‘lib o‘rganishda Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Pomir-Olay va Pomir-Farg‘ona ekspeditsiyalari katta rol o‘ynadi.

 Amir Temur maqbarasi, Go‘ri Amir (14-asr oxiri — 1405 y.) — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Xalq orasida Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub kishilar (Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umar-shayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulugʻbek va b.) dafn etilgan. Boburning ta’kidlashicha, dastlab Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo Samarqand qal’asi jan.da Toshqo‘rg‘on — chaqarda Madrasa qurdirgan. Muhammad Sulton halok bo‘lgach (1403), Amir Temur uning xotirasiga maqbara qurish haqida farmon berdi. Maqbara Madrasa hovlisining to‘riga bunyod etilgan.  Bizgacha, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbara binosi saqlangan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton qurdirgan Madrasa va xonaqoh qoddiqlari topilgan. Madrasa va xonaqoh chorsi hovlining sharqiy va g‘arbiy tomonlarini egalla-gan. Hovlining jan.da gumbazli maqbara joylashgan. Maqbaraga jan. dan, Ulug‘bek qurdirgan dalon (1424) orqali kiriladi. Maqbaraning chortoq tarhli ziyorat-xonasi baland toqi — ravoqli, tepa-si yozuv hoshiyalari va ichki gumbaz bilan qoplangan. Tashki gumbazi 64 qobirg‘ali, baland poygumbaz (diametri — 15 m, bal. 12,5 m)ga o‘rnatilgan.

o‘ralgan m urabba x azi ra sahni ga qat or qabrt oshlar qo‘y ilgan. Yuqorisi (t o‘ri)da Ami r Tem urni ng harbiy y urish-l arida unga hamroh bo‘lgan v a uni ng y uk -sak hurmat ini qozongan Mir Say y id Barak a sag‘anasi joy lashgan. Say y id Barak a qabri ning oy oq t omoniga Ami r Tem urni ng o‘zi dafn qi lingan. Uning uch t omonida Muhammad Sult on, Mironshoh, Umarshay x qabrlari bor. Key inchalik bu y erga Tem urni ng nabiralari v a ev ara-larining qabr t oshl ari qat ’i y t art ib-da j oy lasht iri lgan. Temur sag‘anasi ga qo‘y ilgan k o‘k nefri t qabrt oshini Ulug‘bek Mo‘g‘ulist onga qilgan y urishi v aqt i da ol ib k elgan. Toshdagi lav hada Temurni ul ug‘lay digan so‘zlar, uning shajarasi ham da marsiy alar o‘y mak ori y ozuv larda bit ilgan. Ham ma sag‘analar Ul ug‘bek t omonidan y axl it o‘y ma mar-m ar panjara bi lan o‘ralgan.

Ziyoratxona-ning sharqiy qismidagi ravoqdan zina orqali ostki qavatidagi go‘rxonaga tu-shiladi. Go‘rxona sakkiz qirrali. Undagi sag‘analar yuqrri qavatda qanday joylash-gan bo‘lsa, bu yerda ham shu tartibda joy- lashgan. Ziyoratxonadagi qabrtoshlarning 431har biri yuksak san’at asaridir. Ziyorat-xona serhasham bezaklarga boy. Bo‘rtma bezak kundallar zaminiga lojuvard rang gullar ishlangan. Izorasi yashil toshdan girih shaklida terilgan. To‘rtta chuqur ravoqlardagi darchalarga o‘sha vaqtda rangli oyna o‘rnatilgan. Oltin va kumush qandillardagi shamlar yonganda ziyoratgoh ichkarisi ulug‘vor va afsonaviy tus ol-gan. Tashqarisi sirkor g‘ishtchalar bilan bezatilgan. Gumbaz va uning poyidagi bezaklar, turli arabiy yozuvlar alohida ko‘zga tashlanadi. Maqbara darchalarida yog‘ochdan ishlangan nafis panjaralar, eshiklarida esa murakkab qo‘sh zaminli o‘ymakor bezaklar bo‘lgan. Maqbaraning g‘arbiy tomoniga baland peshtoq yon- dashgan. Taxminlarga ko‘ra bu peshtoq qoldiklari 17-a.ga mansub. Maqbaraning mutanosiblik nisba-ti, naqshlari, turli bezaklari katta mahorat bilan bajarilgan. Tashqi peshtoq darvozasining tepasida me’mor — usta "Muhammad binni Mahmud al-banno Is-faxoniy" nomi saqlangan. Keyinchalik maqbara bir necha bor ta’mirlandi, gum-bazi qayta tiklanib, xonaqoh va Madra-sa qoldiqlari kavlab topildi, ichki va tashqi bezaklar ta’mir etildi. 1941 y.da musulmon odatiga zid ravishda Amir Te-mur va Ulug‘bek qabrlari ochib tekshiri-lib, ular ruhlari bezovta etildi. Markaziy Osiyo meʼmorchiligining noyob asari sifatida eʼtirof etilgan Amir Temur maqbarasining qurilishi 1403-yilda boshlanib, 1424-yilda tugatilgan. Maqbara Amir Temurningtaxt vorisi, deb eʼlon qilingan nabirasi Muhammad Sulton uchun qurdirilgan. Muhammad Sulton 1403-yilda Kichik Osiyoga qilgan safari vaqtida, 29 yoshida bevaqt vafot etadi. Shahzoda Samarqandga keltirilib, dastlab masjidning xonaqosida dafn qilinadi.