Deyl Karnegi va uning notiqlik san'ati haqidagi qarashlari
Mavzu: Deyl Karnegi va uning notiqlik san'ati haqidagi qarashlari
• Deyl Karnegi (1888-1955) Amerikalik pedagog, yozuvchi.U o‘z zamonasining ruhshunoslari ilmiy tajribalarini amaliy jihatdan o'rganib o'zaro munosabatlar nazariyasini yaratgan,ixtilofsiz va muvaffaqiyatli muomila san'atini ishlabchiqqan.Karnegining kitoblari hozirgi kunda ommabop hisoblanadi
Aksariyat hollarda Aksarsht hollarda ko‘pchiligimiz ikkilanamiz, fikr bildirishga ojizlik qilamiz. Bu esa o‘zimizga nisbatan ishonchsizlikni namo ѐ n etadi. Shuningdek, omma oldida hayajon bosib, o‘z nuqtai nazarini ifodalay olmaydiganlar bor. Ularda jo‘yali fikr, istiqbolli takliflar bo‘lsa-da, odamlar huzurida ba ѐ n etishga ojizlik qilishadi. Deyl Karnegi o‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlashning turli yo‘llarini ochib bergan. Quyida ular bilan tanishamiz.
• O‘ziga nisbatan ishonchni, dadillik hamda omma oldida xotirjam, yaqqol gapirish qobiliyatini o‘zlashtirish ko‘pchilik odamlar o‘ylaganidek, qiyinchiliklarning o‘ndan biricha ham bo‘lmaydi. Bu alohida mashhur odamlarda g‘oyibdan ato etilganidek iste'dod ham emas. Golf o‘yinini o‘rgangandek bir gap, xolos. Har bir odam o‘zida yashirinib ѐ tgan qobiliyat ko‘zini ochishi mumkin, buning uchun unda kuchli xohish-istak bo‘lsa kifoya. Siz o‘tirganda fikrlagandek, odamlar qarshisida tik turib fikrlashdan to‘xtab qolishingizda, hatto tirnoqcha asos ham topilarmikan? Bilasizki, bunday asos yo‘q, albatta. Mohiyatan olib qaraganda, bir guruh odamlarga murojaat qilganingizda, siz yaxshiroq fikr yurita olasiz ham. Tinglovchilarning ishtiroki undovchi vazifani bajaradi, u ilhom beradi, miyani ravshan, unumli ishlashga majbur etadi. Aynan ana shunday damlarda fikrlar, dalillar, g‘oyalar, hatto esiga kelmagan bo‘lsa-da, voiz Henri Uord Bicher aytganidek, "qaerdandir qanot qoqib keladi ", uni tutib olib, ba ѐ n www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi qilsangiz kifoya. Siz bilan ham xuddi shunday bo‘lishi kerak.