Koshifiyning so‘z odobi va notiqlik haqidagi qarashlari
Koshifiyning so‘z odobi va notiqlik haqidagi qarashlari .
Reja: 1. Mavlono Voiz Koshifiy nutq odobi va notiqlik san’ati haqida 2. Mavlono Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomayi sultoni”asari haqida 3. Mavlono Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomayi sultoni”asarida keltirilgan fikrlar.
Mavlono Voiz Koshifiy nutq odobi va notiqlik san ’ ati haqida. XV-XVI asr ma ’ naviyatining yirik vakili alloma Mavlono Husayn Voiz Koshifiyning nutq madaniyati va nutqiy me ’ yor, nutq qoidalariga oid qarashlariga e ’ tibor beraylik. Uning “ Futuvvatnomayi sultoniy ” asarining “ Tariqat ahlining odobi haqida ” deb nomlangan beshinchi bobida inson ma ’ naviyati va madaniyatiga oid qarashlari e ’ tiborga molikdir. Olim bu bobda insonning yetti a ’ zosi ko‘ z, quloq, til, qorin, og ‘ iz, qo ‘ l va farj (tanosil a ’ zosi)ni saqlash odobi haqida mulohaza yuritar ekan, ularni inson organizmi deb emas, balki ma ’ naviyati va axloqi namoyon bo ‘ luvchi ramziy belgilar sifatida talqin qiladi.
Jumladan, uning muomala madaniyati va muloqot odobi haqidagi qarashlari ana shu umuminsoniy fazilatlarning tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Koshifiy kitobning birinchi faslida quyidagilarni yozadi: “ Tilning odobi qaysi deb so ‘ rasalar, bu olti narsaga tilni ochish va sakkiz narsadan tilni saqlash deb aytgil. Tilni ochish kerak bo ‘ lgan narsalar qaysi deb so ‘ rasalar, aytgil: hojat zarurati yuzasidan ko ‘ ngillarda yashirin bolgan rozni izhor etish, mazlumlar faryodiga javob berish va marhumlar imdodi uchun so ‘ z aytish. Chunki bu so ‘ zlar orqali zolimning zulmi mazlumlar boshidan ko ‘ tarilishi mumkin. ”