Dunyo aholisining etnik va diniy tarkibi
Dunyo aholisining etnik va diniy tarkibi
• Aholining etnik tarkibi hududlarda yashovchi etnoslar (yunoncha etnos –«xalq») salmog‘idir. Etnoslar insonlarning tarixan shakllangan, yashash hududi, madaniyati, turmush tarzi bilan o‘zaro farq qiluvchi ijtimoiy guruhlar hisoblanadi. Ularning qabila , elat hamda millat ko‘rinishlari mavjud.
• Qabila kishilarning eng qadimiy oddiy ijtimoiy uyushmalari hisoblanadi. Ular hozirgi kunda, asosan, Amazoniya, Okeaniya, Afrikaning markaziy hududlarida saqlanib qolgan. Elat esa qabila va millat orasidagi etnik birlik bo‘lib, kam sonli etnoslardan iboratdir. Elatlar, asosan, Osiyo va Afrika davlatlarida mavjud.