logo

Dunyo okeanining atmosfera va quruqlikka ta’siri

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2379.853515625 KB
Dunyo okeanining atmosfera 
va quruqlikka ta’siri Dunyo okeani Yerning barcha qobiqlari bilan muntazam 
o‘zaro aloqada bo‘lib, sayyoramiz tabiatiga kuchli ta’sir 
etib turadi.  Dunyo okeanining atmosfera, litosfera, biosfera bilan 
doimiy o‘zaro ta’siri natijasida „okean ' atmosfera ' 
quruqlik“ tizimi tarkib topgan. Bu tizimda modda va energiya almashinuvi kuzatiladi. 
Tizimdagi moddalarning harakatini ta’minlaydigan 
qudratli kuch quyosh energiyasidir. Dunyo okeani Yer 
yuzasiga Quyoshdan kelayotgan issiqlikning 70 % ini 
yutadi.  Natijada okean issiqlik „akkumulatori“ga aylanadi va 
atmosferani ilitib turadi, bug‘ holatidagi namlik bilan 
ta’minlaydi, quruqlikka va barcha suv havzalariga 
yog‘in beradi.  Quyosh energiyasi ta’sirida harakatga kelgan „issiqlik 
mashinasi“ butun Yer yuzasi bo‘ylab „okean  atmosfera  
quruqlik“ tizimida issiqlik va namlik taqsimotini 
ta’minlaydi (10-rasm).  „ Issiqlik mashinasi“ning harakat yo‘nalishi, tezligi kabi 
xususiyatlariga Oy va Quyoshning tortishi hamda 
Koriolis kuchi, Yerning ichki energiyasi, hatto 
antropogen omil ham ma’lum miqdorda ta’sir etadi. 
Oqibatda tabiatda turli xil jarayonlar yuzaga keladi.  Okeanning atmosfera va quruqlikka ta’sir etishida havo 
massalarining o‘rni katta. Okean quyosh issiqligini 
to‘playdi, ularni dengiz oqimi turli kenglik va 
uzoqliklarga olib ketadi, atmosferani ilitadi.  Agar havo massalari okean yuzasida hosil bo‘lsa,  dengiz 
havo massalari,  aksincha, quruqlik ustida hosil bo‘lsa, 
kontinental havo massalari  deb ataladi. Bu havo 
massalari „okean  quruqlik“ tizimida issiqlik va 
sovuqlikni tashuvchi vosita vazifasini bajaradi. Atmosferada sodir bo‘ladigan shamol, bo‘ron va 
quyunlarning bosh sababchisi ham „okean   atmosfera ' 
quruqlik“ tizimidagi modda va energiyaning 
almashinuvidir.  Quyun (tayfun) va bo‘ronlar ikkala yarimsharning 5 — 
20° kengliklari oralig‘idagi okean yuzasida tarkib 
topadi.  Dengiz oqimlari ham okeanning atmosfera va quruqlik 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqasiga kuchli ta’sir etadi.  Ayniqsa, iliq va sovuq dengiz oqimlari issiqlik va 
sovuqlikni geografik kenglik hamda uzoqliklar bo‘yicha 
tashiydi.  Okeanlarning yashash uchun qulay bo‘lgan sohillarida 
qadimdan odamlar makon qurgan. Hozir ham 
qirg‘oqning 50 km gacha bo‘lgan qismida dunyo 
aholisining 27 % i yashaydi  (200 kmgacha esa 50 %i) . ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
A. Soatov, A. Abulqosimov, M. Mirakmalov. – 
Geografiya (Materiklar va okeanlar tabiiy 
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- 
sinfi uchun darslik – Toshkent: „O‘qituvchi“, 2017/ 
www.eduportal.uz

Dunyo okeanining atmosfera va quruqlikka ta’siri

Dunyo okeani Yerning barcha qobiqlari bilan muntazam o‘zaro aloqada bo‘lib, sayyoramiz tabiatiga kuchli ta’sir etib turadi.

Dunyo okeanining atmosfera, litosfera, biosfera bilan doimiy o‘zaro ta’siri natijasida „okean ' atmosfera ' quruqlik“ tizimi tarkib topgan.

Bu tizimda modda va energiya almashinuvi kuzatiladi. Tizimdagi moddalarning harakatini ta’minlaydigan qudratli kuch quyosh energiyasidir. Dunyo okeani Yer yuzasiga Quyoshdan kelayotgan issiqlikning 70 % ini yutadi.

Natijada okean issiqlik „akkumulatori“ga aylanadi va atmosferani ilitib turadi, bug‘ holatidagi namlik bilan ta’minlaydi, quruqlikka va barcha suv havzalariga yog‘in beradi.