Quyosh energiyasi atmosfera va yer sirtida o’zgarishi
Mavzu: Quyosh energiyasi atmosfera va yer sirtida o’zgarishi
1. Atmosfera havosining harorati taqsimotining xarakteri va uning o‘zgarishini havoning issiqlik rejimi deb yuritiladi. Atmosferaning issiqlik rejimi asosan uning yerdagi faol yuza va kosmik fazo bilan issiqlik almashinishi bilan aniqlanadi. Atmosfera quyosh radiasiyasini bevosita yutishi natijasida juda kam, aniqrog‘i 0,5 0 chamasida isiydi. Atmosferaning yuqori qatlamlari quyosh radiasiyasini pastki qatlamlaridan kuchliroq yutadi. Atmosferaning eng pastki qatlami – troposferaning, ayniqsa uning pastki qatlamlari isishining asosiy manbai, ularning yer faol sirtidan olgan issiqligidir. К unduzi faol yuzaning radiasion balansi musbat bo‘lgan soatlarda, ya’ni faol yuzaga tushuvchi quyosh radiasiyasi oqimlari, faol yuzadan qaytgan va faol yuzaning chiqargan nurlanish oqimlaridan katta bo‘lganida quruqlik yuzasi isiydi. Uning harorati havo haroratidan yuqori bo‘lib qoladi. Shuning uchun issiqlik havoga uzatiladi.
К echasi esa faol yuza samarali (effektiv) nurlanish sababli havoga nisbatan ko‘proq soviydi. Natijada issiqlik havodan faol yuzaga uzatiladi, oqibatda havoning o‘zi ham soviydi. Faol yuza bilan atmosfera orasida, shuningdek atmosferaning o‘zida issiqlikning ko‘chishi quyidagi jarayonlar yordamida ro‘y beradi: Molekulyar issiqlik o‘tkazuvchanlik Yer sirti, o‘ziga tushgan quyosh nuri energiyasining bir qismini yutib isiydi va yutgan energiyasining bir qismini havoga uzatadi, boshqacha aytganda havo qatlamlari bevosita faol yuzaning issiqlik ta’sirida bo‘ladi. Tushgan quyosh radiasiyasining bir qismini yutgan faol yuza harorati ortadi, natijada unga yondoshgan ustki havo qatlami ham isiydi va bu qatlam o‘z navbatida o‘zidan yuqoridagi qatlamga molekulalarning issiqlik harakati yordamida issiqlik uzatadi. Bu tarzdagi issiqlik uzatish troposfera qatlamlarining ancha qismigacha etib boradi.
Molekulyar issiqlik o‘tkazuvchanlik deb yuritiladigan issiqlik uzatishning bu usuli sababli atmosferaning erga yaqin qatlamlarigina yaxshi isiydi. Havoning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisientining qiymati juda oz bo‘lganidan atmosferaning yuqori qatlamlari bu usulda juda ham kam isiydi. Demak, havo ochiq kuni (shamol esmayotganda) er yuzidan balandlik oshgan sari havoning harorati pasayib borishi kerak. Issiqlik konveksiyasi. Atmosferaning yuqori qatlamlariga issiqlik uzatishda issiqlik konveksiyasi jarayoni muhim ahamiyatga ega.
Yer sharida uning sharsimonligi, quyosh nurlarining turli xil burchak ostida tushishi va Yer ning o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida 7 ta iqlim mintaqasi shakllangan. Ular quyidagilar: Ekvatorial mintaqa Subekvatorial mintaqa Tropik mintaqa Subtropik mintaqa Mo’tadil mintaqa Subarktika va subantarktika mintaqalari Arktika va antarktika mintaqalari. EKVATORIAL MINTAQA - temreratura yil bo’yi deyarli bir xil, o’rtacha 24-28˚C. quyosh issiqligining 75% i bug’lanishga sarf bo’lganligi uchun temperatura yuqori bo’lmaydi. Kuchsiz o’zgaruvchan shamollar esadi. Havo issiq va nam. Haroratning mavsumiy o’zgarishi va havo namligi juda past. TROPIK MINTAQA – pasatlar uzoq davom etadi. Mavsumiy havo harorati o’zgarishlari ancha sezilarli. Havo ko’p vaqt ochiq bo’ladi. Qish iliq, yoz issiq bo’lib, har ikkala kenglikda taxminan 15˚-25˚ kenglikka to’g’ri keladi. Mussonlar esmaydi, tropik havo hukmron.