logo

Quyosh,oy va yulduzlar

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

3806 KB
Quyosh, Oy   va  
yulduzlar 
  Q uyosh
•
Quyosh – Yerga eng yaqin bo‘lgan qizib yotgan 
yulduz – olov shardir. U Quyosh sistemasining 
o‘rtasida joylashgan. Quyosh – Yerdagi 
yorug‘lik va issiqlik manbai. Uning atrofida 8 ta 
sayyora aylanib turadi. Bular - Merkuriy, 
Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, 
Neptun, sayyoralaridir  •
Sayyoralarning yulduzlardan farqi shuki, ular nur 
sochmaydi, Quyoshdan tushgan nurni qaytaradi, 
xolos. Olimlar murakkab asboblar, har xil 
teleskoplar yordamida sayyoralar va ularning 
yo‘ldoshlari asosan bir xil moddalardan 
tuzilganini aniqlashgan. Ular ham Yerda 
uchraydigan moddalardan tuzilgan ekan. 
Sayyoralarning yulduzlardan yana bir farqi shuki, 
ular koinotdagi o‘z o‘rinlarini o‘zgartirib turadilar.    Oy
•
Oy – Yerning tabiiy yo‘ldoshi, Oy o‘zidan nur 
sochmaydi, Quyoshdan tushgan nurni 
qaytaradi. Oy Yer atrofini deyarli bir oyda bir 
marta aylanib chiqadi. Yer, Quyosh va Oyning 
osmonda bir-biriga nisbatan joylashgan 
o‘rniga qarab u bizga har xil ko‘rinadi. Bizga 
Oyning Quyosh nuri bilan yoritilgan qismigina 
ko‘rinadi.     •
Agar diqqat bilan qarasangiz yangi Oy o‘roq 
shaklida bo‘ladi. Endi eslab qoling: yangi Oy 
kechqurun Quyosh botganda g‘arb tomonda 
ko‘rinadi, eski, tugayotgan Oy esa erta tongda 
Quyosh chiqmasdan sharq tomonda ko‘zga 
tashlanadi. Agar Oy doira shaklida bo‘lsa, 
to‘lin Oy deyiladi. Oyning 14-15- kunlari to‘lin 
Oy bo‘ladi. Oy tutilishi to‘lin Oy kunlariga 
to‘g‘ri keladi. Oy, Yer, Quyosh osmonda bir 
chiziqqa to‘g‘ri kelib qolganda Oy tutiladi.  •
Quyosh va Oyning Yerni tortishi natijasida dengiz hamda 
okeanlarda davriy ravishda suv qalqishi , ya'ni suvning 
ko‘tarilib, pasayishi ro‘y beradi. Suvning ko‘tarilib qaytishi 
Quyosh tortishiga nisbatan Oy tortganda ikki baravar kuchli 
bo‘ladi •
Odamlar osmon jismlarini kuzatish natijasida 
Oy va Quyosh taqvimlarini tuzishni, quruqlik 
va okeanlarda turgan joylarini aniqlashni, 
Yerning kattaligi va shaklini belgilashni 
o‘rganib olishgan Yulduzlar.
•
Tunda osmonga qarasangiz, juda ko‘plab yulduzlar tartibsiz 
sochilib yotganga o‘xshaydi. Aslida ular osmonda tartibsiz 
sochilib yotmaydi. Hozirgi vaqtda olimlar rasadxona 
(observatoriya)larda yulduzlarning kattaligi, harorati, kimyoviy 
tarkibi va harakatlarini shuningdek, o‘zaro joylashgan o‘rinlarini 
ham o‘rganishmoqda. Yulduzlar nihoyatda qizib yotgan, Yerdan 
juda uzoqda joylashgan osmon yoritgichlaridir. Ularni odamlar 
qadimdan guruhlarga ajratishgan va har bir guruhga nom 
berishgan. Bular yulduz turkumlari deb ataladi. Masalan, 
Tarozu, Chayon, Mezon va boshqalar.   •
Bolalar, sizlar Katta Ayiq yulduzlar turkumini 
bilsangiz kerak. Ularni xayolan chiziq bilan 
tutashtirsangiz darhaqiqat, cho‘michga o‘xshaydi. 
Cho‘mich bandidagi ikkinchi yulduz yonida kichik 
yulduzcha bor. Qadimda jangchilarning ko‘zi 
o‘tkirligini shu yulduzni ko‘ra olishiga qarab 
aniqlashgan. Bizga ko‘rinib turadigan ancha yorug‘ 
yulduzlardan biri Oltin Qoziq (qutb) yulduzidir. Bu 
yulduz hamma vaqt ham osmonda bir joyda – 
Shimoliy qutb ustida turadi.  •
Oltin Qoziq (qutb) yulduzini osongina topsa bo‘ladi. Buning 
uchun Katta Ayiq yulduzlar turkumi – cho‘michning 
chekkadagi ikkita yulduz oralig‘idagi masofani besh marta 
qo‘yib chiqilsa, Oltin Qoziq yulduziga boradi. 
•
Yulduzga qarab oriyentirlash.  Yulduzga qarab oriyentirlash.
•
Oltin Qoziq yulduziga qarab shimolga , 
demak , boshqa tomonlarga bo ‘ lgan yo ‘ 
nalishni ham aniqlash mumkin . Agar old 
tomoningiz bilan shimolga qarab tursangiz, 
o‘ng tomoningiz sharq, chap tomoningiz g‘arb, 
orqa tomoningiz janub bo‘ladi. O‘zi turgan 
joyni ufq tomonlariga nisbatan aniqlash 
oriyentirlash deyiladi •
Shimol, janub, sharq, g‘arb ufqning asosiy tomonlari, shimoli-sharq, 
shimoli-g‘arb, janubi-sharq va janubi-q‘arb ufqning oraliq tomonlaridir.

Quyosh, Oy va yulduzlar

Q uyosh • Quyosh – Yerga eng yaqin bo‘lgan qizib yotgan yulduz – olov shardir. U Quyosh sistemasining o‘rtasida joylashgan. Quyosh – Yerdagi yorug‘lik va issiqlik manbai. Uning atrofida 8 ta sayyora aylanib turadi. Bular - Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, sayyoralaridir

• Sayyoralarning yulduzlardan farqi shuki, ular nur sochmaydi, Quyoshdan tushgan nurni qaytaradi, xolos. Olimlar murakkab asboblar, har xil teleskoplar yordamida sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari asosan bir xil moddalardan tuzilganini aniqlashgan. Ular ham Yerda uchraydigan moddalardan tuzilgan ekan. Sayyoralarning yulduzlardan yana bir farqi shuki, ular koinotdagi o‘z o‘rinlarini o‘zgartirib turadilar.