logo

Yerning Quyosh atrofida aylanishi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1364.3037109375 KB
Yerning  Quyosh 
atrofida  aylanishi   •
Yer Quyosh atrofini 365 sutka va 6 soatda bir 
marta to‘liq aylanib chiqadi. 
•
Hisobga to‘g‘ri bo‘lsin deb bir yil 365 kun deb 
qabul qilingan. Shunda har yili 6 soatdan 
yig‘ilib, 4 yilda 24 soat, ya'ni bir sutka bo‘ladi. 
Shuning uchun har uch yildan keyin to‘rtinchi 
yil 366 kun bo‘ladi. Bu yil kabisa yili deyiladi. 
Shu yili fevral oyi 28 kun emas, 29 kun 
hisoblanadi.         Nega yil fasllari almashinib turadi? 
      Buni tushunish uchun yuqoridagi rasmni tahlil qilamiz. 
Rasmda Yerning   Quyosh atrofida aylanayotgan turli 
vaqtlaridagi holati tasvirlangan. Iyun oyida Shimoliy 
yarimshar Quyoshga ko‘proq qarab turadi. 22 iyunni yozgi 
Quyosh turishi kuni deyiladi. Quyosh ufq ustida eng baland 
ko‘tariladi. Shimoliy yarimsharda yoz, Janubiy yarimsharda 
esa qish bo‘ladi. 21 mart va 23 sentabr kunlari esa Quyosh 
ikkala yarimsharni bir xilda yoritadi. Bu kunlarni bahorgi va 
kuzgi teng kunlik deyiladi. 22-dekabrda esa Yer Janubiy 
yarimshari bilan Quyoshga qarab turadi. Shimoliy 
yarimsharda kun eng qisqa, tun esa eng uzun bo‘ladi. Bu 
vaqtda Janubiy yarimsharda yoz, Shimoliy yarimsharda esa 
qish bo‘ladi. 22 dekabrni Quyoshning qishki turish kuni 
deyiladi.   Qutbiy doiralar.
 
•
Qutbiy doiralar qutb kuni va qutb tuni 
bo‘ladigan joylarning chegarasidir. Shu 
chegarada yozda bir sutka qutb kuni va 
qishda bir sutka qutb tuni bo‘ladi. Shimoliy 
qutbda qishda 178 sutka tun, yozda 186 sutka 
kunduzi bo‘ladi.  Tropik chiziqlar . 
•
Globus, Yarimsharlar xaritalarida 23,50 
shimoliy va janubiy kengliklardan uzuq-uzuq 
chiziqli parallel o‘tkazilgan. Bu parallel tropik 
chiziqlardir. Shimoliy yarimshardagisi Shimoliy 
tropik, Janubiy yarimshardagisi Janubiy tropik 
deyiladi.  •
Quyosh yozgi turishi kunida Yer yuzining shu 
kengliklarida tush vaqtida qoq tepa(zenit)ga 
keladi. Ertasidan boshlab Quyoshning ufq 
dan balandligi asta pasaya boshlaydi. Janubiy 
va Shimoliy tropik chiziqlari oralig‘ida bir 
yilda Quyosh ikki marta qoq tepaga keladi. 
Shimoliy tropikdan shimolda va Janubiy 
tropikdan janubda esa Quyosh hech qachon 
qoq tepa(zenit) ga kelmaydi.  Yerning issiqlik mintaqalari.
•
Quyoshdan keladigan issiqlik va yorug‘lik Yer 
yuzida bir xilda taqsimlanmaydi (Nega?). 
Ekvatorning ikki yonida Shimoliy va Janubiy 
tropiklargacha bo‘lgan joylarga eng ko‘p 
issiqlik va yorug‘lik keladi. Bu yerlarda 
Quyosh ufqdan baland ko‘tarilib, yil bo‘yi 
quruqlik va okeanlarni qattiq isitadi. Bu joylar 
Yerning issiq (tropik) mintaqasidir.  •
Tropik chiziqlar bilan qutbiy doiralar oralig‘i 
Quyoshdan kamroq yorug‘lik va issiqlik oladi. 
Bu yerlar mo‘tadil (o‘rtacha) mintaqalardir. 
Qutbiy doiralardan qutblargacha bo‘lgan 
joylarga Quyoshdan yanada kam yorug‘lik va 
issiqlik yetib keladi. Bu yerlar qutbiy (sovuq) 
mintaqalar deb ataladi.    TOPSHIRIQLAR
•
1. Mavzuni o`qish
•
2. Atamalarni yozib kelish
•
3. Kitobdan 5-,6-topshiriqlarni 
bajarib kelish
•
4. Atlasdan Yerning Quyosh 
atrofida aylanishini chizib 
kelish

Yerning Quyosh atrofida aylanishi

• Yer Quyosh atrofini 365 sutka va 6 soatda bir marta to‘liq aylanib chiqadi. • Hisobga to‘g‘ri bo‘lsin deb bir yil 365 kun deb qabul qilingan. Shunda har yili 6 soatdan yig‘ilib, 4 yilda 24 soat, ya'ni bir sutka bo‘ladi. Shuning uchun har uch yildan keyin to‘rtinchi yil 366 kun bo‘ladi. Bu yil kabisa yili deyiladi. Shu yili fevral oyi 28 kun emas, 29 kun hisoblanadi.

Nega yil fasllari almashinib turadi? Buni tushunish uchun yuqoridagi rasmni tahlil qilamiz. Rasmda Yerning Quyosh atrofida aylanayotgan turli vaqtlaridagi holati tasvirlangan. Iyun oyida Shimoliy yarimshar Quyoshga ko‘proq qarab turadi. 22 iyunni yozgi Quyosh turishi kuni deyiladi. Quyosh ufq ustida eng baland ko‘tariladi. Shimoliy yarimsharda yoz, Janubiy yarimsharda esa qish bo‘ladi. 21 mart va 23 sentabr kunlari esa Quyosh ikkala yarimsharni bir xilda yoritadi. Bu kunlarni bahorgi va kuzgi teng kunlik deyiladi. 22-dekabrda esa Yer Janubiy yarimshari bilan Quyoshga qarab turadi. Shimoliy yarimsharda kun eng qisqa, tun esa eng uzun bo‘ladi. Bu vaqtda Janubiy yarimsharda yoz, Shimoliy yarimsharda esa qish bo‘ladi. 22 dekabrni Quyoshning qishki turish kuni deyiladi.

Qutbiy doiralar.   • Qutbiy doiralar qutb kuni va qutb tuni bo‘ladigan joylarning chegarasidir. Shu chegarada yozda bir sutka qutb kuni va qishda bir sutka qutb tuni bo‘ladi. Shimoliy qutbda qishda 178 sutka tun, yozda 186 sutka kunduzi bo‘ladi.