Eftaliylar davlati dars ish


“Tasdiqlayman” O’IBDO’:_________A.Z.Temirov “_____” ___________2022-yil SEMINAR O‘QUV MASHG‘ULOTNING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI Guruh Dars sanasi Mavzu: Eftaliylar davlati O‘quv mashg‘ulotning o‘qitish texnologiyasi modeli Vaqt: 80 daqiqa O‘quvchilar soni: 26 tagacha O‘quv mash g‘ ulotining shakli va turi Nazariy: yangi bilimlarni egallash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulot O‘quv mash g‘ ulot rejasi 1. Eftallar davlatining vujudga kelishi 2. Davlat boshqaruvi 3. Madaniy hayot O‘quv mashg‘uloti maqsadi : O’rta asrlar davrida o’zbek davlatchiligi tarixi, Eftaliylar davlat birlashmasi taraqqiyoti bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish / shaklantirish . Pedagogik vazifalar: Dars va mavzu rejasi tanishtirish; Davr haqida ma’lumot berish; Atamalarga izoh berish; Mavzu bo’yicha tushuncha berish. O‘quv faoliyati natijalari: Mavzuga doir ma’lumotlar ko‘rsatadilar; Davrga xos xususiyatlarni tasniflaydilar; Mavzu mohiyatini aytib beradilar; Fakt, ma’lumotlarni t artibli ravishda gapirib beradilar. O‘qitish metodlari Kichik axborotli ma’ruza / hikoya / tushuntirish / ko‘rsatma berish / namoyish / ko‘rsatish /vi deo usul / kitob bilan ishlash / insert / mashq / suhbat / bahs / aqliy hujum / ta’limiy o‘yin / pinbord va boshq. O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari Ommaviy / jamoaviy / guruhli / individual / o‘ylang va juftlikda fikr almashing texnikasi/birgalikda o‘ rganamiz texnikasi/arra texnikasi va boshq. O‘qitish vositalari Matnlar /yo zuv taxtasi / slaydlar / proektor / kompyuter /diaproektor/flipcha r t/vediofilm/grafikli organizatorlar/m odel / mulyajlar /ch izma / sxema / grafik / diagrammlar /n amunalar / e kspert varag‘i /yo‘ riqnoma va boshq O‘qitish shart-sharoiti Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan auditoriya. Qaytar aloqaning usul va vositalari Tezkor-so‘rov / savol-javob / test /topshiriq/mashq va boshq.
O‘quv mashg‘ulotning texnologik xaritasi Faoliyat bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni o‘qituvchi o‘quvchi 1 -O‘ quv mash g‘ ulotiga kirish (5daq.) Tashkiliy boshlanishi O‘quvchilar bilan s alomlashadi , ularni mashg‘ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi. Darsga tayyorgarlik ko‘radilar. 2-bosqich. Asosiy (6 5 daq.) I . O‘quv faniga olib kirish (15 daq) 1. 1 . Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalar bilan ( 1 -ilova) va mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishtiradi. 1.2. O‘quv mashg‘ulotning mavzusi, rejasi, maqsadi va o‘quv faoliyat natijalariga qo‘yiladigan baholash mezoni bilan tanishtiradi. (2-ilova). II .O‘quvchilar bilimini faollashtirish (10 daq) 2.1.O‘quvchilar bilimini tezkor-so‘rov / savol-javob / aqliy hujum / pinbord / o‘ylang va juftlikda fikr almashing / orqali faollashtiradi Javoblarni qabul qiladi, ular asosida yangi o‘quv materialni uzviy ligi bo‘yicha ma’lumotlar berishga o‘tadi. III .Y a ngi o‘quv materialiga kirish (40 daq) 2.2. Qo’’anma va ko’rgazmali qurollar asosida ( 3 -ilova) namoyish va sharxlash orqali mavzu bo‘yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi. 2.3. Har bir rejani mustahkamlash uchun savollar beradi 2.4. Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi. 2.5. Ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. 2.6. Y a ngi o‘quv materialini o‘zlashtirish darjasini tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov o‘tkazadi ( 4 - ilova). Tinglaydilar, yozib oladilar. Y o zib oladilar Tinglaydilar Y o zib oladilar Savolga javob beradilar T inglaydilar Savollarga javob beradilar. Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar. Savollarga javob beradilar 3-bosqich. Y a kuniy (10 daq.) Mashg‘ulot yakuni va uyga vazifa berish. 3.1. Mavzuni yakunlaydi va mazkur fanning kelgusida kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyatini yoritish bilan yakunlaydi. 3.3. O‘quvchilar bilimini ba h olaydi. 3.2. Uyga vazifa beradi va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi.( 5 - ilova). Diqqat qiladilar. Vazifani yozib oladilar
1 ilova Asosiy tushunchalar: eftaliylar, eftallar, eftalitlar, xaytallar, Vaxshunvar, tangrichilik, buddaviylik, moniylik, mazdakiylik, «Madina at-tujjor» – «Savdogarlar shahri», Madaniy hayot. Adabiyotlar: 1. A.Muhammadjonov. O'zbekiston tarixi.(IV-XV asrlar) 7-sinf T.2017 2. Ismatova, N. O‘zbekiston tarixi. 7-sinf. A. Zamonov, N. Ismatova va boshqalar. Toshkent: 2022. 3. Shamsutdinov R. Vatan tarixi . T.”Sharq” 2003. 4. Azamat Ziyo, O’zbek davlatchiligi tarixi. T. 2006. 2-ilova Mavzu rejasi: 1. Eftallar davlatining vujudga kelishi 2. Davlat boshqaruvi 3. Madaniy hayot Maqsadi: O’rta asrlar davrida o’zbek davlatchiligi tarixi, Xorazm, Xioniylar, Kidariylar davlat birlashmalari taraqqiyoti bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish. Baholash mezoni: Reyting usulida baholash 5 ballik tizimda amalga oshiriladi. Joriy nazorat asosan og’zaki so’rov tarzida o’tkaziladi. Unda o’quvchi mavzuni: 55% dan – 70% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “3 ball”, 71% dan – 85% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “4 ball”, 85% dan – 100% gacha o’zlashtirganini isbotlay olsa “5 ball”ga baholanadi. Agar joriy nazorat test usulida o’tkazilsa, 20 ta testdan iborat variantning har bir to’g’ri javob 5 % ni tashkil etadi. Shu boisdan: 11 tadan 14 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 15 tadan 17 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”, 18 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi. Agar test variant 50 ta savoldan iborat bo’lsa har bir to’g’ri javob 2% ni tashkil etib yuqoridagi nisbatda baholanadi. Ya’ni, 28 tadan 35 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 35 tadan 42 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”, 43 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi. 3-ilova: Mavzu matni: V–VI asrlarda Eftalon sulolasiga mansub qabila Turon hududida hukmronlik qilgan. Manbalarda eftaliylar, eftallar, eftalitlar, xaytallar kabi turli nomlar bilan atalgan eftaliylar qabilalari ittifoqiga asos solgan. Bu nom aslida «Eftalon» degan shoh ismidan olingan. Uni Vaxshunvar deb ham ataganlar. Shu davrda Xorazm, Sug‘diyona, Choch va Baqtriya viloyatlarida hashamatli binolari bo‘lgan alohida- alohida qo‘rg‘onlar yuzaga kelgan. Eftaliylar davlatiga birlashgan aholining etnik tarkibi xilma-xil bo‘lgan. Iqtisodiy-savdo munosabatlarining izchil yo‘lga qo‘yilishi mamlakatda dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, chorvachilik, bog‘dorchilik, hunarmandchilik kabilarning ravnaq topishiga asos bo‘lgan.
V asrda sosoniylar va eftaliylar o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlarda eftaliylar qo‘shinining ustun kelishi ular harbiy mahoratining yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi. Firdavsiyning «Shohnoma» asarida Vaxshunvor va Peruz davri voqealari ham o‘z aksini topgan. Eftaliylarning podshosi Katulf «Shohnoma»da ko‘rsatilgan shu xalqning Gatfar ismli podshohiga o‘xshatilgan. Eftaliylar V asr boshlarida mamlakatimiz hududiga Sharqdan kirib kelganlar. Eftaliylar davlatining dastlabki poytaxti Buxoro yaqinidagi Poykent va Varaxsha shaharlari bo‘lgan. Bu davlatga O‘rta Osiyodan tashqari, Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston va hozirgi Pokiston hududlari ham kirgan. Eftaliylar davrida saltanat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan. Taxt avloddan avlodga o‘tmay, shu suloladan kim loyiq deb topilsa, o‘sha taxtga o‘tirgan. Nomzodni aniqlab, taqdim etadigan kengash ham mavjud bo‘lgan. Bu kengash sulolaning mo‘tabar kishilari hamda saltanatning obro‘li a’yonlaridan tarkib topgan. Viloyatlarda boshqaruv mahalliy xonadonlar (sulolalar) tomonidan olib borilgan. Mazkur mulklar hukmdor – Sho (shoh)ga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan. Hatto ularning har biri o‘zining kumush yoki mis tangalarini zarb etgan. Eftaliylar davlat boshqaruvida ma’lum qonun-qoidalar mavjud bo‘lgan. Davlat harbiy kuchga tayangan. Eftaliylarning tobora kuchayib borayotganidan xavfsiragan Erondagi sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. Sosoniylar shohi Pero‘zning 484- yilda eftaliylarga qarshi urushi uning halokati bilan tugaydi. Tashqi savdo bojidan manfaatdor bo‘lgan eftaliylar Ipak yo‘lini o‘z nazoratlari ostida tutib turishga harakat qilgan. Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya bilan bo‘lgan xalqaro savdoda faol qatnashgan. Ipak yo‘li savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan sug‘diylar vositachi rolini o‘ynardi. Ichki va tashqi savdo munosabatlarida eftaliylar dastavval sosoniy hukmdorlarining kumush tangalaridan keng foydalanadilar. Bundan tashqari, Buxoro, Poykand, Vardona, Naxshab, Samarqand va Xorazmda mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan chaqa tangalar mamlakatning ichki savdosida keng muomalada bo‘lgan. Bu davrda Turonda shishasozlik rivojlangan. Shishalar rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi jihatidan Vizantiya shishasidan ustun turgan. Xitoy imperatorlari o‘z saroylarini bezashda Turondan keltirilgan rangli shishadan foydalanganlar. Turon aholisining bir qismi sug‘d tilida, ikkinchi qismi esa turkiy tilda so‘zlashgan. Bu davrda sug‘d tili xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv, Farg‘ona, Sharqiy Turkiston va Xitoy hududlarida muomalada bo‘lgan. Eftaliylar alifbosi Baqtriya yozuvi asosida shakllangan. Mazkur alifbo 25 harfdan iborat bo‘lgan. Eftaliylar davrida ham bolalarga yoshligidan ta’lim va tarbiya berilgan. Ayniqsa, harbiy soha bilan faqat o‘smir o‘g‘il bolalargina shug‘ullanmagan. Qizlar ham otda yurishga, kamondan o‘q otish kabi jismoniy mashqlarga jalb qilingan.