Elastiklik kuchi. Guk qonuni.
Mavzu: Elastiklik kuchi. Guk qonuni. Reja 1. Deformatsiya. 2 . Elastik va plastik deformatsiya. 3 . Elastiklik kuchi. 4 . Guk qonuni. 5 . Mavzuga oid masala yechish.
1. Deformatsiya . Jismlarga kuch bilan ta'sir etilsa, ular cho'zilishi, siqilishi, egilishi, siljishi yoki buralishi mumkin. Ba'zi jismlarda bunday xususiyat yaqqol kuzatiladi. Masalan, tashqi kuch ta'sirida rezina yoki prujina cho'ziladi, siqiladi va buraladi, yog'och yoki plastmassa egiladi. Tashqi kuch ta'sirida jismlarning shakli va hajmi o'zgarishi deformatsiya ( lotincha “o’zgarish”) deb ataladi.
DEFORMATSIYA TURLARI
Deformatsiyalanish elastik va plastik deformatsiyalanishga bo’linadi Tashqi kuch ta'siri to'xtaganda jismning o'zgargan shakli va hajmi avvalgi holatiga qaytsa, deformatsiya elastik bo'ladi. Masalan, cho'zilgan rezina yoki prujina tashqi ta'sir to'xtatilgandan keyin o'z holatiga qaytadi. Chizg'ichni biroz egib qo'yib yuborilsa, u yana to'g'rilanib qoladi. Bunday jismlar elastik jismlar deyiladi . Ta'sir etayotgan tashqi kuch to'xtaganda jismning shakli va hajmi tiklanmasa, bu plastik deformatsiya bo'ladi. Masalan, plastilin ezilsa yoki cho'zilsa. u avvalgi holatiga qaytmaydi. Bunday jismlar plastik jismlar deyiladi.
Deformatsiyalanish sababi nimada ? Jismga qo’yilgan tashqi kuchlar. Nima sababda jismlar elastik va plastik deformatsiyalanadi ? Elastik ( qoldiqsiz ) deformatsiyalanadigan jismni tashkil etgan atom va molekulalar orasidagi qat’iy o’zaro ta’sir kuchlari (elektromagnit o’zaro ta’sirning natijasi) mavjudligi, bu kuchlar yetarlicha katta bo’lganligi uchun jismni dastlabki holatga qaytarishga harakat qiladi. ( Adabiy mulohaza : elastik jismlar dastlabki holatini eslaydi, ya’ni xotirasi bor) Plastik (qoldiqli) deformatsiyalanishiga sabab ularda ham atom va molekulalar orasida o’zaro ta’sir kuchlari bor, lekin elastik jismlardagiga qaraganda faqat qo’shni atom va molekulalarga nisbatan , shuning uchun shakli o’zgargan holatda qoladi. (Adabiy mulohaza : plastik jismlar dastlabki holatini eslay olmaydi, ya’ni xotirasi yo’q)