logo

Eron, Afg‘oniston, Pokiston Islom Respublikalari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

6651.1123046875 KB
Eron, Afg‘oniston, Pokiston 
Islom Respublikalari Eron
•
Eron Islom Respublikasi Janubi-g'arbiy Osiyoning hududi, aholisi va 
iqtisodiy salo- hiyati jihatidan eng yirik davlatlaridan biri. Qirg'oqlari 
janubda Arabiston dengizi va Fors qo'ltig'i, shimoli-g'arbda Kaspiy dengizi 
suvlari bilan o'ralgan. Iqtisodiy geografik o'rni Janubi- g'arbiy, Janubiy va 
Markaziy Osiyo davlatlarini bog'laydigan transport yo'llari o'tganligi 
hisobiga qulay.
•
Boshqaruv shakli teokratik (diniy) respublikadir. Davlat rahbari - Oliy 
rahbar, shia musulmonlarining oliy martabali ruhoniysi (Oyatullo).
•
Prezident esa Eronda davlatdagi ikkinchi shaxs hisoblanadi. Poytaxti - 
Tehron shahri mamlakatning shimoli-g'arbiy qismida, Elburs tog' 
tizmasining etagida joylashgan. Hasan Ruhoni –
Pokiston prezidenti Tabiiy sharoiti va resurslari
•
Eron hududining relyefi bir nechta tog' tizmalari va ular orasidagi 
botiqlardan iborat. Iqlim shimoli-g'arbiy hududlarida nam subtropik, 
markaziy va sharqiy hududlarda quruq subtropik, Fors qo'ltig'i bo'yida 
esa issiq va quruq tropik tipiga mansub. Tog' oralig'idagi botiqlarda 
iqlim keskin kontinental va o'ta quruq bo'lganligi tufayli o'simlik va 
hayvonot olamiga juda kambag'al bo'lgan toshloq va sho'rxok cho'llar 
shakllangan. Kaspiy dengiziga yaqin hududlarida nam iqlim sharoiti 
tufayli o'rmonlar keng tarqalgan.  •
Eng katta iqtisodiy ahamiyatga ega mineral boyliklari yirik neft va gaz zaxiralaridir. 
Neft va gaz konlari, asosan, Fors qo'ltig'i va Kaspiy dengiziga yaqin hududlarda 
joylashgan. Eronda mis, temir, marganes, polimetall rudalari konlari ham mavjud. Aholisi
•
Aholisi.  Eron aholi soni bo'yicha dunyodagi yetakchi 20 ta davlat qatoriga 
kiradi. Oxirgi yillarda tug'ilishning pasayishi tufayli aholining tabiiy 
o'sish sur'atlari sekinlashib bormoqda. Urbanizatsiya darajasi 70 % dan 
yuqori. Aholisi 9 million kishiga yaqin Tehrondan tashqari, Mashhad, 
Karaj, Isfaxon, Tabriz va boshqa «millioner» shaharlar mavjud. Aholi 
ancha notekis joylashgan bo'lib, asosan, g'arbiy qismida zich yashaydi, 
cho'lli hududlarida esa doimiy aholi yo'q.
•
Eron - ko'pmillatli davlat. Aholining 60 % idan ko'prog'ini tashkil 
etadigan forslar bilan birgalikda ozarbayjonlar, kurdlar, arablar, 
turkmanlar, armanlar va boshqa millatlar yashaydi. Aholining diniy 
tarkibida shia musulmonlari yetakchilik qiladi.  Iqtisodiyoti
•
Eron Janubi-g'arbiy Osiyo davlatlari orasida o'z iqtisodiy salohiyati 
bilan Turkiya va Saudiya Arabistoni singari alohida ajralib turadi. 
Sanoatning yetakchi tarmoqlari: neft va neftni qayta ishlash, gaz, 
metallurgiya, mashinasozlik, to'qimachilik va oziq-ovqat.
•
Qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlari: donchilik, bog'dorchilik, 
qo'ychilik, echkichilik va qoramolchilik. Kaspiy dengizida baliqchilik 
yaxshi rivojlangan. Baliqchilikning qimmatbaho mahsulotlaridan biri 
hisoblangan qora ikra eksporti boyicha Eron jahon bo'yicha yetakchi 
o'rinda turadi. Shuningdek, Eron gilam to'qish bilan ham dunyoga 
mashhur.  Afg'oniston
•
Afg'oniston Islom Respublikasi Janubi- g'arbiy, Markaziy va Janubiy 
Osiyo tutashgan hududda joylashgan. Dunyo okeaniga chiqish imkoniyati 
yo'q. Iqtisodiy geografik o'rni Osiyo qit'asining turli qismlarini bog'lovchi 
transport magistrallari qurilsa, ancha yaxshilanadi. Boshqaruv shakli 
prezidentlik respublikasi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Afg'oniston 
hududining katta qismi, ayniqsa, markazi va sharqi baland tog'lar bilan 
band, shimoliy va janubi-g'arbiy hududlarini tog'oldi tekisliklari egallaydi. Afraf G`ani –
Afg`oniston prezidenti  •
Afg'onistonda kuchli zilzilalar tez-tez ro'y berib turadi. Afg'oniston 
turli mineral resurslarga (ko'mir, neft, temir, mis, marganes va b.) boy, 
ammo ular juda kam qazib olinadi. Afg'onistonga subtropik quruq 
kontinental iqlim xos. Baland tog'lardagi muzliklardan ko'plab 
daryolar boshlanib, ayrimlari to'laligicha sug'orishga sarflanadi. Aholisi.
•
Afg'oniston aholisi tez sur'atlar bilan o'sib borayotgan 
davlatlar toifasiga kiradi (yillik tabiiy ko'payish darajasi 2,5 % 
dan yuqori). Aholi, asosan, tog'oldi tekisliklarida va tog' 
oralig'idagi vodiylarda yashaydi. Shahar joylarida aholining 
1/4 qismi yashaydi, xolos. Eng katta shahri - mamlakat 
poytaxti Kobulning aholisi 3 mln. atrofida. Hirot hamda 
Mozori-Sharif nisbatan yirik shaharlar hisoblanadi.
•
Aholining etnik tarkibi ancha murakkab bo'lib, pushtunlar, 
tojiklar, o'zbeklar, xazorliklar, balujlar, turkmanlardan iborat. 
O'zbekistonga chegaradosh shimoliy hududlarida 2 mln. 
o'zbeklar istiqomat qiladi.  Iqtisodiyoti
•
Afg'oniston iqtisodiy jihatdan sust rivojlangan agrar davlat. Iqtisodiy 
rivojlanishida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan 
ko'rsatilayotgan moliyaviy yordam katta ahamiyatga ega.
•
Qishloq xo'jaligining asosini sug'orma dehqonchilik tashkil etadi. 
Umuman olganda, dehqonchilikda boshoqli ekinlar, paxta, meva va uzum 
yetishtirish muhim rol o'ynaydi. Chorvachilik tarmoqlaridan qo'ychilik 
(jumladan, qorako'lchilik) va echkichilik yetakchi ahamiyatga ega. 
Qorako'l teri tayyorlashda Afg'oniston jahon bo'yicha 1-o'rinda turadi. 
Sanoat ishlab chiqarishi sust darajada rivojlangan. Sanoat korxonalari 
jahon hamjamiyati tomonidan moliyaviy yordam asosida  qurilmoqda. Pokiston
•
Pokiston Islom Respublikasi Janubiy Osiyoda joylashgan. 
Hududi janubda Arabiston dengizi bilan yuviladi. Geografik 
o'rnining ijobiy xususiyatlari - xalqaro ahamiyatga ega dengiz va 
quruqlik transport yo'llari o'tganligi, salbiy jihatlari - siyosiy 
vaziyati beqaror mintaqada joylashganligidan iborat. Siyosiy 
geografik holati Hindiston bilan Kashmir borasidagi ko'p yillik 
hududiy kelishmovchilik hamda Afg'oniston bilan chegaradosh 
hududlarining qo'shni davlatdan o'tgan «Tolibon» guruhlari 
nazorati ostida bo'layotganligi bilan tavsiflanadi. Arif Alvi –Pokiston 
prezidenti •
Pokiston boshqaruv shakli 
jihatidan parlamentar 
respublika, ma'muriy- 
siyosiy tuzilishi nuqtayi 
nazaridan esa federativ 
davlatdir. Pokiston 
federatsiyasi 4 ta 
provinsiya va 2 ta federal 
hududni o'z ichiga oladi.  Tabiiy sharoiti va resurslari
•
Pokistonning shimoliy va g'arbiy qism- lari baland tog'lar bilan band 
bo'lsa, sharqiy va janubiy hududlari esa tekislik relyefiga ega. 
Mamlakatning katta qismini qo'shni Hindistondan boshlanadigan va 
Arabiston dengiziga quyiladigan Hind daryosining vodiysi egallaydi. 
Tekislik hududlari neft, tabiiy gaz, ko'mir, tuz zaxiralariga ega, tog'li 
qismi esa turli metallarning konlariga boy. Pokistonning asosiy 
hududida issiq tropik iqlim hukmronlik qiladi, shuning uchun tekislik 
qismida cho'l va chalacho'l landshaftlari katta maydonlarda tarqalgan.   Aholisi
•
Pokiston aholi soni bo'yicha jahon davlatlarining birinchi 
o'ntaligiga kiradi. Yillik hisobidagi tabiiy ko'payish 
sur'atlari 2 % dan baland, ya'ni yiliga 4-4,5 mln. kishiga 
teng. Urbanizatsiya darajasi 40% atrofida. Mamlakatdagi 
eng yirik shahar - Arabiston dengizi sohilida joylashgan 
Karachining aholisi 15 mln. kishidan ortiq. Boshqa yirik 
shaharlari - Laxor, Feysalabad, Ravalpindi.
•
Aholining 45 % ga yaqin qismi panjobliklarga tog'ri 
keladi. Aholining milliy tarkibida pushtunlar, sindlar, 
balujlarning ulushlari ham sezilarli.   Iqtisodiyoti
•
Iqtisodiyoti. Pokiston iqtisodiyoti tez o'sayotgan 
industrial-agrar davlatdir. Sanoatining yetakchi 
tarmog'i - yengil sanoat. Ayniqsa to'qimachilik 
sanoati eksportbop mahsulotni katta hajmda 
ishlab chiqaradi. Undan tashqari, metallurgiya, 
mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, charm sanoati 
ham rivojlanib bormoqda.
•
Qishloq xo'jaligining asosiy tarmog'i 
dehqonchilik bo'lib, bug'doy, sholi, shakarqamish, 
paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. Mamlakat 
eksporti tarkibida gazlamalar, sholi, paxta, charm 
mahsulotlari, gilamlar yetakchi o'rinlarga ega.

Eron, Afg‘oniston, Pokiston Islom Respublikalari

Eron • Eron Islom Respublikasi Janubi-g'arbiy Osiyoning hududi, aholisi va iqtisodiy salo- hiyati jihatidan eng yirik davlatlaridan biri. Qirg'oqlari janubda Arabiston dengizi va Fors qo'ltig'i, shimoli-g'arbda Kaspiy dengizi suvlari bilan o'ralgan. Iqtisodiy geografik o'rni Janubi- g'arbiy, Janubiy va Markaziy Osiyo davlatlarini bog'laydigan transport yo'llari o'tganligi hisobiga qulay. • Boshqaruv shakli teokratik (diniy) respublikadir. Davlat rahbari - Oliy rahbar, shia musulmonlarining oliy martabali ruhoniysi (Oyatullo). • Prezident esa Eronda davlatdagi ikkinchi shaxs hisoblanadi. Poytaxti - Tehron shahri mamlakatning shimoli-g'arbiy qismida, Elburs tog' tizmasining etagida joylashgan.

Hasan Ruhoni – Pokiston prezidenti

Tabiiy sharoiti va resurslari • Eron hududining relyefi bir nechta tog' tizmalari va ular orasidagi botiqlardan iborat. Iqlim shimoli-g'arbiy hududlarida nam subtropik, markaziy va sharqiy hududlarda quruq subtropik, Fors qo'ltig'i bo'yida esa issiq va quruq tropik tipiga mansub. Tog' oralig'idagi botiqlarda iqlim keskin kontinental va o'ta quruq bo'lganligi tufayli o'simlik va hayvonot olamiga juda kambag'al bo'lgan toshloq va sho'rxok cho'llar shakllangan. Kaspiy dengiziga yaqin hududlarida nam iqlim sharoiti tufayli o'rmonlar keng tarqalgan.