O’RTA ASRLARDA ISLOM DININING ERON AFG’ONISTON VA SHIMOLIY AFRIKAGA YOYILISHI
O’RTA ASRLARDA ISLOM DININING ERON AFG’ONISTON VA SHIMOLIY AFRIKAGA YOYILISHI.
Islom dini VII asr boshlarida Arabiston hududida vujudga kelganligi aytiladi. Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v 570 yilda Makka shahrida tavallud topgan deb ma’lumot beriladi.40 yoshidan boshlab Muhammad s.a.v ga vahiy nozil bo’la boshlangan deyiladi.Shunday qilib 622 yildan boshlab arablarning islom bayrog’I ostida birlashishi boshlanib asosan 630 yilga kelib yakunlanadi. Muqaddas kitob qur’oni karimdir.
Yurushlarning boshlanishi Milodiy 632 yilda Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v vafot etganlaridan so’ng davlatni boshqarish uchun taxtga eng yaqin kishilaridan bo’lgan Abu Bakr Siddiq chiqadi . Shu voqeadan so’ng xalifa unvoni bilan boshqaradi bu esa keyinchalik arab xalifaligi nomini olishiga sabab bo’ldi.
Asosiy yurishlar xalifa Umar davrida boshlanadi. Eron hududiga yurish 636 yilda Suriya hududiga yurish bilan boshlanadi.
Bu vaqtda Suriya hududlari Vizantiya tarkibida bo’lib Vizantiyaning zaiflashuvi arablarni g’alabasining bir asosi edi. 637 yilda Qodisiyada arablar va sosoniylar o’rtasida urush arablar uchun g’alaba bilan tugadi.638 yilda esa Quddus yonida Yormiq daryosi bo’yida jangda ham arablar eron sosoniylarining qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratdi.Bundan keyingi ya’ni 642 yildagi Nevaxan shahridagi urush Eron davlatining fath etilishi va Ktesifon shahrining zabt etilishiga olib keldi.