Fors qo‘ltig‘i arab davlatlari
Fors qo‘lt ig‘i arab dav lat lari Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
Fors qo‘ltig‘i atrofida 8 ta davlat joylashgan bo‘lib, ulardan 6 tasi — Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Ummon, Qatar, Kuvayt, Bahrayn — tabiiy geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, demografik va milliy-madaniy jihatdan bir-biriga ancha o‘xshaydi. Bu mamlakatlar guruhi Fors qo‘lt ig‘i arab dav lat lari deb ataladi.
Fors qo‘ltig‘idagi kichik orollarda joylashgan Bahrayndan tashqari, shu guruhdagi barcha davlatlar Arabiston yarimorolida joylashgan. Mintaqa iqtisodiy-geografik o‘rnining qulayligi uchta qit’a — Osiyo, Afrika va Yevropa tutashgan hududda, xalqaro ahamiyatdagi dengiz yo‘llari bo‘yida joylashganligi bilan belgilanadi.
Fors qo‘ltig‘i arab davlatlari maydoni va aholisi soniga ko‘ra bir- biridan farq qiladi (21-jadval). Mintaqadagi hududiy va demografik salohiyati bo‘yicha eng yirik davlat Saudiya Arabistonidir.