logo

Fors qo‘ltig‘i Arab mamlakatlari davlatlari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

5178.1767578125 KB
Fors qo‘ltig‘i Arab 
mamlakatlari davlatlari  •
Ma'lumki, jahon energetika xo'jaligida Fors qo'ltig'i mintaqasi 
alohida o'ringa ega. Fors qo'ltig'i atrofida 8 ta davlat joylashgan 
bo'lib, ulardan 6 tasi - Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab 
Amirliklari (BAA), Ummon, Qatar, Kuvayt, Bahrayn - tabiiy 
geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, demografik va milliy-madaniy 
jihatdan bir-biriga ancha o'xshaydi. Bu mamlakatlar guruhi Fors 
qo'ltig'i arab davlatlari deb ataladi.   •
Fors qo'ltig'idagi kichik orollarda joylashgan Bahrayndan 
tashqari, shu guruhdagi barcha davlatlar Arabiston yarimorolida 
joylashgan. Mintaqa iqtisodiy geografik o'rnining qulayligi 
uchta qit'a - Osiyo, Afrika va Yevropa tutashgan hududda, 
xalqaro ahamiyatdagi dengiz yo'llari bo'yida joylashganligi 
bilan belgilanadi.  •
Fors qo'ltig'i arab davlatlari maydoni va aholisi soni jihatdan bir-
biridan farq qiladi. Mintaqadagi hududiy va demografik salohiyati 
bo'yicha eng yirik davlat - Saudiya Arabistoni. Qatar, Kuvayt va 
Bahrayn esa kichik mamlakatlar hisoblanadi.  Davlat Poytaxt Maydoni (ming 
km 2
) Aholisi (mln. 
kishi, 2018-y.)
Bahrayn Manama 0,7 1,5
Birlashgan Arab Amirliklari Abu-Dabi 83,6 9,5
Kuvayt Al-Kuvayt 17,8 4,2
Qatar Doxa 11,4 2,7
Saudiya Arabistoni Ar-Riyod 2150 33,4
Ummon Maskat 309,5 4,7Fors qo'ltig'i arab davlatlari haqida umumiy 
ma'lumotlar •
Fors qo'ltig'i arab davlatlarining barchasi monarxiya boshqaruv 
shakliga ega. Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon - mutlaq 
monarxiyalar, Kuvayt va Bahrayn - konstitutsion monarxiyalar, BAA 
esa har biri mutlaq monarxiya hisoblanadigan yettita amirlik 
federatsiyasi bo'lib, davlat tuzumida mutlaq va konstitutsion 
monarxiya elementlari uyg'unlashgan.  Tabiiy sharoiti va resurslari
•
Arabiston yarimoroli relyefida tekislik va yassi tog'liklar asosiy o'rin 
egallaydi. Iqlimi tropik, yil bo'yi issiq va quruq. Yozda kunduzi havo 
harorati odatda +50 o
C dan yuqori bo'ladi, kechasi esa 0 o
C gacha 
tushishi mumkin. Yillik yog'in miqdori 100 mm ga yetmaydi. Fors 
qo'ltig'i mintaqasida asosiy tabiat zonasi tropik cho'llardir.
•
Fors qo'ltig'i davlatlarining asosiy tabiiy boyligi ulkan neft va gaz 
zaxiralari hisoblanadi. Neft zaxiralari bilan, ayniqsa, Saudiya 
Arabistoni, Kuvayt va BAA, tabiiy gaz zaxiralari bilan esa Qatar, 
Saudiya Arabistoni va BAA ajralib turadi.  Iqlimi
•
Iqlimning qurg'oqchilligi tufayli suv resurslari taqchilligi mavjud. 
Arabiston yarimorolida doimiy oqar suvlar yo'qligi sababli qadimdan 
yerosti suvlari asosiy suv manbayi sifatida xizmat qilgan. Hozirgi 
sharoitda suv bilan ta'minlanishda dengiz suvini chuchuklashtirish 
katta ahamiyat kasb etadi. Daryolar faqatgina yomg'irlar yog'ganda 
suvga to'ladigan o'zanlar - vodiylar ko'rinishiga ega.   Aholisi
•
Fors qo'ltigi arab davlatlari aholisining muhim xususiyati xorijiy 
migrantlarning katta ulushidir. Ummonda xorijiy ishchilar 
aholining 25 % ini, Saudiya Arabistonida 30 % ini tashkil etsa, 
boshqa davlatlarda bu ko'rsatkich 50 % dan yuqori, BAAda esa 
90 % ga yaqin. Xorijiy migrantlar asosiy qismini Janubiy Osiyo 
va Shimoliy Afrika davlatlarining fuqarolari tashkil etadi.
•
Aholining tabiiy o'sishi Saudiya Arabistoni va Ummonda yiliga 
1,6-1,8 %, qolgan davlatlarda esa 0,8-1,3 % ga tengdir.   Aholisi
•
Mintaqa davlatlariga shahar aholisining juda yuqori ulushi xos. 
Ummonda urbanizatsiya darajasi 75 %, Saudiya Arabistoni va BAAda 
80 % dan yuqori, Kuvayt, Qatar va Bahraynda esa deyarli 100 % ga 
teng.
•
Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Kuvaytda sunna, Bahraynda shia, 
Ummonda ibodiy musulmonlari ko'pchilikni tashkil etadi. Saudiya 
Arabistonidagi Makka va Madina butun dunyo musulmonlari uchun 
muqaddas shaharlar hisoblanib, har yili u yerga 2 mln. kishi haj 
safarini amalga oshiradi. Iqtisodiyoti
•
Fors  qo‘ltig‘i  arab  davlatlari  iqtisodiy  rivojlanishning  yuqori  
darajasi  bilan  ajralib  turadi.  Aholi  jon  boshiga  to‘g‘ri  keladigan 
YIM hajmi bo‘yicha mintaqa mamlakatlari jahondagi yetakchi 
o‘rinlarda turadi.
•
Iqtisodiyotining  tayanch  tarmog‘i  –  neft  va  gaz  sanoati.  Neft  va  
gaz eksporti mintaqa davlatlari uchun eng muhim daromad manbayi 
hisoblanadi.  Energiya  manbalari  bilan  yaxshi  ta’minlanganligi  
hisobiga  mintaqa davlatlarida  kimyo  va  neft-kimyo,  qora  va  rangli 
 metallurgiya  sanoati rivojlanmoqda.  Qishloq xo`jaligi
•
Dehqonchilikning  rivojlanishi  suv  resusrlarining  yetishmovchiligi  
bilan cheklangan. So‘nggi vaqtlarda tomchilatib sug‘orish 
texnologiyalarini keng  qo‘llashga  e’tibor  qaratilmoqda. An’anaviy  
ravishda  asosiy  qishloq xo‘jalik  ekini  xurmo  palmasi  hisoblanadi.
•
Chorvachilikning  asosiy  tarmoqlari  qo‘ychilik,  echkichilik  va  
tuyachilik  hisoblanadi.
•
Mintaqa  davlatlarida,  shuningdek,  bank-moliya  sektori,  tranzit  
savdo va  turizm  ham  rivojlanib  bormoqda.

Fors qo‘ltig‘i Arab mamlakatlari davlatlari

• Ma'lumki, jahon energetika xo'jaligida Fors qo'ltig'i mintaqasi alohida o'ringa ega. Fors qo'ltig'i atrofida 8 ta davlat joylashgan bo'lib, ulardan 6 tasi - Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Ummon, Qatar, Kuvayt, Bahrayn - tabiiy geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, demografik va milliy-madaniy jihatdan bir-biriga ancha o'xshaydi. Bu mamlakatlar guruhi Fors qo'ltig'i arab davlatlari deb ataladi.