logo

Foydali qazilma boyliklaridan foydalanish

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4024.7685546875 KB
Mavzu:  Foydali qazilma boyliklaridan 
foydalanish
Reja:
1. Foydali qazilmalar to’g’risida umumiy 
ma’lumotlar.
2. Qattiq yonuvchi qazilmalar: torf, ko’mir va 
yonuvchi slanes
3. Ko’mirning paydo bo’lish jarayoni
4. Foydali qazilmalarning bugungi kundagi 
ahamiyati
5. Xulosa  BUNDAY FOYDALI QAZILMALAR CHO’KINDI, OTQINDI VA 
METAMORFLASHGAN TOG’ JINSLARI BILAN BOG’LIQ. 
ILMIY-TEXNIK JARAYONLAR VA ILM-FANNING YUQORI 
SUR'ATLAR BILAN RIVOJLANISHI YONUVCHI FOYDALI 
QAZILMALARGA, AYNIQSA KAUSTOBIOLITLARGA BO’LGAN 
TALABLAR OSHMOQDA. KAUSTOBIOLITLAR ASOSAN UCH 
GURUHGA BO’LINADI:
NEFT QATORIGA KIRUVCHI KAUSTOBIOLITLAR. BULAR 
NEFT, ASFALT, OZOKERIT VA BOSHQA YARIM SUYUQ 
HAMDA QATTIQ BITUMLAR; 
KO’MIR QATORIGA KIRUVCHI KAUSTOBIOLITLAR - GUMIT 
VA TORFLAR;
SAPROPELITLARGA KIRUVCHI KAUSTOBIOLITLAR - HAR 
XIL ARALASH SAPROPELIT (GUMUSLAR, YONUVCHI 
SLANS)LAR .   LEKIN KAUSTOBIOLITLARNING YANADA UMUMLASHTIRILGAN 
TASNIFI HOZIRCHA ISHLAB CHIQARILMAGAN. CHUNKI ULARNING 
FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI, XUSUSIYATLARI, PAYDO BO’LISH 
SHAROITLARI, TARKIBIY QISMI, TEXNOLOGIK ALOMATLARI BIR-
BIRIDAN TUBDAN FARQLANADI.
YONUVCHI FOYDALI QAZILMALAR DUNYO YOQILG’I-ENERGETIKA 
BALANSI HISOBLANADI. KAUSTOBIOLITLARDAN TERMIK-KIMYOVIY 
YO’L BILAN ISHLAB OLINGAN 3500 DAN ORTIQ MAHSULOTLAR 
XALQ XO’JALIGINING HAMMA TARMOQLARIDA (QISHLOQ 
XO’JALIGIDA, YENGIL VA OG’IR SANOATDA, TRANSPORTDA, 
MAISHIY ISHLARDA) KENG QO’LLANILMOQDA. 
KAUSTOBIOLITLARNING HOZIRGI INSONIYAT FAOLIYATIDA 
TUTGAN O’RNI KATTA AHAMIYATGA EGA. SHUNING UCHUN HAM 
FANDA NEFT "QORA OLTIN", GAZ ESA "ZANGORI OLOV" DEB 
YURITILADI. HAQIQATAN HAM NEFT VA GAZ XALQ XO’JALIGIDA 
O’ZINING TUTGAN O’RNI BILAN OLTINDAN ANCHA YUQORI 
TURADI.
HOZIRGI VAQTDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDLARIDA 160 
DAN ORTIQ NEFT, GAZ VA GAZOKONDENSAT KONLARI OCHILGAN. 
ULARDAN 90 TASI ISHLAB CHIQARISHGA TOPSHIRILGAN.  BU KONLAR BUXORO-XIVA, SURXONDARYO, FARG’ONA VA USTYURT 
NEFT-GAZ OBLASTLARIDA JOYLASHGAN.
OXIRGI YILLARDA USTYURT PLATOSINING HAM NEFT VA GAZGA 
BQLGAN ISTIQBOLLARI KUNDAN-KUNGA OSHMOQDA VA HOZIRGI 
KUNDA 10 DAN ORTIQ GAZOKONDENSAT KONLARI OCHILDI. 
UNDAN TASHQARI 28 DAN ORTIQ ISTIQBOLLI KO’MIRLI MAYDONLAR 
ANIQLANGAN. TOSHKO’MIRNING ASOSIY ZAXIRALARI 
SURXONDARYO VILOYATIDAGI BOYSUN VA SHARG’UN KONLARIDA 
JOYLASHGAN.
KO’NG’IR KO’MIRNING ENG KATTA ZAXIRASI ANGREN KONIDA 
JOYLASHGAN. O’ZBEKISTONDA TORF VA YONUVCHI SLANES 
BELGILARI JUDA KO’P. LEKIN SANOATDA YAROQLILARI KAM. 
SHUNDAY QILIB, GEOLOGIK QIDIRUV, XARITALASH, GEOFIZIK 
TEKSHIRISHLAR VA BURG’ILASH QUDUQLARINI KOVLASH HISOBIGA 
RESPUBLIKAMIZ HUDUDLARIDA YANA KO’PLAB YONUVCHI FOYDALI 
QAZILMALARNING KONLARINI VA ISTIQBOLLI MAYDONLARINI 
TOPISH MUMKIN. QATTIQ YONUVCHI QAZILMALAR: TORF, KO’MIR  
VA YONUVCHI SLANES 
TORF 
TORF YONUVCHI FOYDALI QAZILMA SIFATIDA YUQORI NAMLIK, KAM 
KISLORODLI SHAROITDA BIOKIMYOVIY JARAYONLAR TA'SIRIDA 
O’SIMLIKLARNING TABIIY CHIRISHI VA CHALA PARCHALANGAN 
QOLDIQLARINING TO’PLANISHIDAN HOSIL BO’LADI.
TORF YER YUZASIDA YOKI O’N METRLAR CHAMASIDAGI 
CHUQURLIKLARDA JOYLASHADI. TORF TQRTLAMCHI DAVRDA YUZAGA 
KELGAN MINERAL MAHSULOTLARDAN ORGANOGEN 
BIRIKMALARINING KO’PLIGI (50% DAN KAM BO’LMAGAN) BILAN, 
QO’NG’IR KO’MIRDAN ESA NAMLIGINING VA O’SIMLIK 
PARCHALARINING KO’PLIGI BILAN FARQLANADI. 
SHUNDAY QILIB, TORFNING ORGANIK MODDASI TURLI DARA JADA 
PARCHALANGAN QSIMLIK QOLDIQLARIDAN IBORAT.
CHIRINDI (GUMUS) TORFGA QORAMTIR TUS BERADI. HUJAYRA 
TO’QIMALARINI YO’QOTGAN MAYDA O’SIMLIK TIKANLARI TORFNING 
PARCHALANISH DARA JASINI ANIQLAYDI. SHUNING UCHUN 
TORFNING PARCHALANISHI KUCHSIZ (20%), O’RTACHA (20-35%) VA 
KUCHLI (35% DAN ORTIQ ) BO’LADI.   TORFNING BOTANIK TARKIBIGA, PAYDO BQLISH SHAROITIGA VA 
XOSSALARIGA QARAB UCH TURGA (YUQORI, QTKINCHI, PASTKI) 
BO’LISH MUMKIN. TORFNING FIZIK-KIMYOVIY TARKIBI UNING 
TURIGA, DARA JASIGA QARAB ANIQLANADI. UNING TARKIBIDA S-48-
65%; O-25-45%; N-4,7-7%; N-0,6-3,8%; S-1,2% AYRIM HOLDA-2,5% 
GA YETADI. TORFNING RANGI UNING TURIGA, PARCHALANISH 
DARA JASIGA QARAB-OCH SARIQDAN TO’Q JIGAR RANGGACHA 
(YUQORI), KULRANG-JIGARRANGDAN SERTUPROQ QORAGACHA 
(PASTKI) O’ZGARADI. 
TORFNING ZICHLIGI - NAMLIKKA, PARCHALANISH DARA JASIGA, 
KULLANISHIGA, MINERAL TARKIBIGA VA ORGANOGEN QISMLARIGA 
BOG’LIQ BO’LIB, ODDIY SHAROITDA YOTGANDA 800-1080 KG/M3 GA 
YETADI. G’OVAKLIGI 96-97% GA TENG O’RTACHA YONISH ISSIQLIGI-
21-25 MJ/G. TORFNING YONISH ISSIQLIGI PARCHALANISH DARA JASI 
VA TUTUNNING OSHISHI BILAN YANA KO’TARILADI. TORF YIRIK 
ELEKTR STANSIYALARIDA, ISSIQLIK ELEKTR MARKAZLARIDA, ZAVOD 
VA FABRIKA QOZONXONALARIDA YOQISH UCHUN ISHLATILADI. 
TORFDAN QURILISH MATERIALLARI (PLITALAR) TAYYORLANADI. GAZLASHTIRISH VA CHALA KOKSLASH YO’LI BILAN KIMYOVIY 
MODDALAR OLINADI. QISHLOQ XQJALIGIDA MINERAL O’G’ITLAR VA 
OHAK ARALASHMASINI TAYYORLASHDA TORF-MINERAL AMMIAKLI 
QG’ITLAR ISHLAB CHIQARISHDA, SABZAVOTCHILIK VA GULCHILIKDA 
BIOLOGIK YONILG’I, TORF-CHIRINDILI TUVAKCHALAR YASASHDA 
HAM ISHLATILADI. 
KO’MIR 
KO’MIR-YONUVCHI TOG’ JINSI HISOBLANIB, O’SIMLIK VA ORGANIZM 
QOLDIQLARINING PARCHALANISHIDAN PAYDO BO’LADI. U 
SERTUPROQ, YAXLIT, QAT-QAT YOKI DONADOR TEKSTURAGA, BIR XIL 
YOKI HAR XIL STRUKTURAGA EGA. RANGI JIGAR RANGDAN KUL RANG 
VA QORAGACHA; YALTIROQLIGI-(NURSIZ), YALTIROQSIZ VA 
METALLSIMON. KO’MIR YER SHARIDA ENG KO’P TARQALGAN 
YONUVCHI FOYDALI QAZILMADIR. UNING 3000 DAN ORTIQ KONLARI 
VA HAVZALARI MA'LUM. O’ZBEKISTONDA KO’MIRNING SHARG’UN, 
ANGREN VA BOSHQA KONLARI MAVJUD. KO’MIR ASOSAN IKKI 
QISMDAN IBORAT: ORGANOGEN MODDALAR VA MINERAL 
ARALASHMALAR. ORGANOGEN MODDALAR ORQALI KO’MIRNING 
MUHIM XOSSALARI ANIQLANADI. ORGANOGEN MODDALAR ASOSAN 
UGLEROD, KAM HOLDA KISLOROD, VODOROD, OLTINGUGURTDAN; 
OZ MIQDORI AZOT, FOSFOR VA MINERAL ARALASHMALARDAN 
TASHKIL TOPGAN Torf  ORGANOGEN MODDALAR MASSASI-QURUQ KO’MIR MASSASINING 
50-97 % NI TASHKIL QILADI. MINERAL ARALASHMALARI 
ORGANOGEN MASSADA YOKI KO’MIR TABAQALARIDA KRISTALL, 
KONKRESIYA, MAYDA QAT-QATLIK VA LINZA SHAKLIDA BO’LADI. 
BUNDA GILLI MINERAL JUDA KO’P TARQALGAN. ULAR 
NOORGANOGEN MATERIALLAR MASSASINING UMUMIY 60-80% 
MIQDORINI TASHKIL QILADI. KAM MIQDORDA KARBONATLAR, 
SULFIDLAR, TEMIR VA KVARSLAR KUZATILADI. UNDAN TASHQARI 
JUDA KAM MIQDORDA RANGLI VA KAMYOB METALLAR SULFIDI, 
FOSFATLAR, SULFATLAR, METALLARNING ISHQORLI TUZLARI 
UCHRAYDI. 
YONUVCHI SLANES 
YONUVCHI SLANESLAR MERGELLI, GILLI, KREMNIY TARKIBLI 
CHO’KINDI JINSLARDAN TARKIB TOPIB, UNING TARKIBIDA 10-50%, 
AYRIM HOLLARDA 60% GACHA SINGENETIK YO’L BILAN CHO’KKAN 
ORGANOGEN MODDALAR ISHTIROK ETADI.
ULAR JIGAR RANG, SARIQ, KUL RANG TUSGA VA VARAQSIMON YOKI 
YAXLIT TEKSTURAGA EGA. AYRIM HOLLARDA "YONUVCHI SLANES" 
ATAMASI KAUSTOBIOLITLARNI ANGLATADI.  Slanets ULAR YER OSTIDA KO’MILIB QOLGAN O’SIMLIK VA HAYVONOT 
QOLDIQLARIDAN PAYDO BO’LGAN. ULARNING QATTIQ NAVLARI- 
TORF, KO’MIR, SAPROPELITLAR, SUYUQ NAVLARI ESA - NEFT VA 
UNING O’ZGARISHIDAN PAYDO BO’LGAN ASFALT, OZOKERITDIR. 
YONUVCHI SLANESDAGI ORGANIK MODDALARNING DASTLABKI 
MATERIALLARI BIOMASSADAN, ODDIY SUV O’TLARIDAN, KAM 
DARA JADA OLIY O’SIMLIK VA KAM HOLDA HAYVONOT 
ORGANIZMLARIDAN HOSIL BO’LGAN. YONUVCHI SLANESLARNING 
ORGANOGEN MODDALARI TARKIBIDA YUQORI MIQDORDA 
VODOROD (7-10%)NING BO’LISHI, TERMIK QAYTA ISHLASHDA 
UCHUVCHI KOMPONENTLARNING KO’P A JRALIB (90% GACHA) 
CHIQISHI VA YONGANDA YUQORI MIQDORDA ISSIQLIK CHIQARISHI 
BILAN XARAKTERLANADI.
ASOSIY MINERAL KOMPONENTLARI: KALSIT, KVARS, GILLI 
MINERALLAR, KAM MIQDORDA DALA SHPATI, PIRIT, AKSESSOR 
MINERALLAR HISOBLANADI. YONUVCHI SLANESNING YONISH 
ISSIQLIK HA JMI 5 MJ/KG BO’LGANDAGINA SANOATGA YAROQLI 
YOQILG’I SIFATIDA FOYDALANILADI. KONLARNING KO’PCHILIK QISMI 
PLATFORMA VILOYATLARIGA TAALLUQLI BO’LIB, GORIZONTAL VA 
KUCHSIZ QIYSHAYGAN HOLDA YOTADI. 
   YONUVCHI SLANESLARDAN YOG’ VA GAZ HAYDASHDA, QATTIQ 
YOQILG’I SIFATIDA, SLANESLI SMOLALARDAN KIMYOVIY XOM-ASHYO 
(FENOL, PLASTIFIKATOR) VA UNING CHIQINDISI - KULDAN QURILISH 
MATERIALLARI SIFATIDA FOYDALANILAD AYRIM YONUVCHI SLANES KONLARIDA YUQORI MIQDORDA MIS, 
MOLIBDEN, URAN, QO’RG’OSHIN, SINK, VANADIY UCHRAYDI. ULAR 
MA'DAN XOM ASHYOSI SIFATIDA BAHOLANADI. 
KO’MIRLI YOTQIZIQLARNING HOSIL BO’LISHI 
KO’MIRNING PAYDO BO’LISHI IKKI BOSQICHDA, YA'NI GUMITLANISH 
(GUMIFIKASIYALANISH) VA KO’MIRLANISH JARAYONIDA SODIR 
BO’LADI.
GUMITLANISH BOSQICHI O’SIMLIK TIKANLARINING YER USTI 
SUVLARI TA'SIRIDA PARCHALANISHIDAN BOSHLANIB, TORF YOKI 
SAPROPELITLARNING PAYDO BO’LISHI BILAN TUGALLANADI. 
TORFNING PAYDO BO’LISHI UCHUN PARCHALANGAN O’SIMLIK 
MATERIALLARINING TO’PLANISHI OKSIDLANISHGA NISBATAN 
USTUNLIK QILISHI KERAK.
BUNDAY JARAYON KISLORODNING CHEGARALANGAN ISHTIROKIDA 
NAMLIK SHAROITIDA NAMOYON BO’LISHI MUMKIN.  O’SIMLIK MODDALARI QURIGANDAN KEYIN NAMLIK SHAROITIGA 
TUSHIB AEROB VA ANAEROB MIKROORGANIZMLARNING FAOL 
TA'SIRIGA UCHRAYDI.
UNDAN TASHQARI PARCHALANISH JARAYONIDA SUV, HAVO, IQLIM VA 
ISHQORLAR QATNASHADI. PARCHALANISH JARAYONI GUMIN 
KISLOTASINI HOSIL QILADI. GUMIN KISLOTASI KO’NG’IR RANGLI 
AMORF GUMIN MODDASINI VUJUDGA KELTIRADI. ODDIY 
KISLORODDAN TO’LIQ CHEGARALANGAN SHAROITDA O’SIMLIK VA 
ODDIY XAYVONOT ORGANIZMLARINING PARCHALANISHIDAN 
SAPROPELLAR TASHKIL TOPADI. SAPROPEL PAYDO BO’LISH JARAYONI 
"BITUMLANISH" DEB ATALADI. 
BITUMLANISH MOY VA MUMNING PARCHALANISHI NATIJASIDA 
MOYLI KISLOTA VA BITUMLARNING PAYDO BO’LISHIDIR.
BITUMLANISH MUHITI - ISHQORLI; SHUNING UCHUN HAM, UNING 
XOSSASI GUMINLANISHGA QARAMA-QARSHIDIR. AGAR 
GUMINLANISHDA (GUMIFIKASIYA) O’SIMLIK MATERIALLARI 
OKSIDLANSA, BITUMLANISH JARAYONIDA ESA ULARNI QAYTA 
TIKLASHGA IMKONIYAT TUG’ILADI. IKKINCHI KO’MIRLANISH BOSQICHI PAYDO BO’LGAN TORF YOKI 
SAPROPELLAR USTINI CHO’KINDI JINS QATLAMLARI 
QOPLANGANDAN KEYIN HOSIL BO’LADI.
BU SHAROITDA TORF VA SAPROPEL KO’MIR QAZILMASIGA O’TISHI 
MUMKIN. LEKIN GUMUSLI VA SAPROPELLI KO’MIRLAR BIR BIRIDAN 
TASHQI KO’RINISHI, KIMYOVIY TARKIBI, SIFAT KO’RSATKICHLARI 
BILAN FARQLANADI. 
CHO’KINDI JINSLAR VA ULAR ICHIDA JOYLASHGAN KO’MIR 
TABAQALARI BILAN BIRGALIKDA KO’MIRLI YOTQIZIQLARNI TASHKIL 
QILADI. ULARNING PAYDO BO’LISHI UZOQ VAQT DAVOM ETGAN 
BO’LIB, UNING O’ALINLIGI 10-15 KM GA YETISHI MUMKIN.
KO’MIRLI TABAQALAR KO’MIRLI FORMASIYANING TARKIBIY QISMI 
HISOBLANADI. ASOSIY KO’MIR TABAQALARI ODDIY VA MURAKKAB 
BO’LADI. 
IKKI XIL TOG’ JINSI QATLAMLARI O’RTASIDA JOYLASHGAN KO’MIR 
TABAQALARINING QISMI "KO’MIR PACHKASI" DEB ATALAD Oltin AGAR TOG’ JINSI QATLAMCHASINING QALINLIGI PACHKA QALINLIGIGA 
NISBATAN KATTAROQ BO’LSA, UNDA PACHKA "MUSTAQIL TABAQA" DEB 
A JRATILADI. KO’MIR TABAQALARINING SONI ULARNING QALINLIGIGA, 
JOYLASHISH SHAROITLARIGA, KO’MIRLANISH DARA JASIGA, KO’MIRLI 
QATLAMLARGA YONDOSH TOG’ JINSLARINING LITOLOGIK TARKIBIGA 
BOG’LIQ. ULARNING PAYDO BO’LISHI QANDAY GEOTEKTONIK ZONA BILAN 
BOG’LIQLIGIGA QARAB ANIQLANADI. 
GEOSINKLINAL ZONALARDAGI KO’MIR KON TABAQALARINING UZOQ 
MASOFALARGA CHO’ZILISHI, ULARNING KO’P SONLILIGI (200 GACHA) 
KO’MIR YOTQIZIQLARINING KATTA QALINLIGI, TAGIDAGI QATLAMLARGA 
MUVOFIQ (MOS) JOYLASHISHLIGI, TOG’ JINSLARINING SIKLIK TUZILISHLIGI, 
ULARNING KUCHLI METAMORFLASHGANLIGI, KO’MIRNING HAR XIL 
TARKIBLILIGI, KONNING KUCHLI BUZILGANLIGI BILAN XARAKTERLANADI.
KO’MIR KONINING O’TKINCHI TURI GEOSINKLINAL VA PLATFORMA 
KONLARI O’RTASIDA CHEGARA HISOBLANADI. ULARNING KATTA TARQALISH 
MAYDONIGA EGALIGI, KO’MIRLI QATLAMLARNING O’RTACHA 
QALINLIKDALIGI (100 M DAN 1-2 KM GACHA), KO’MIRLI QATLAMLARNING 
SIKLLI TUZILISHLIGI, DAVRIY (2-3 BIRLIKDAN 20-30 GACHA), KO’MIR 
TABAQALARINING O’RTA MIQDORDALIGI (2-3 BIRLIKDAN-20-30 GACHA), 
UMUMIY YUVILIB KETISHLIGI, ODDIYDAN (TINCH) BURMALANISHGACHA 
O’ZGARIB YOTISHLIGI, BOSHLANG’ICH METAMORFLASHGANLIGI (QO’NG’IR 
KO’MIRDAN-TOSHKO’MIRGACHA; MARKASI D. J.) XARAKTERLIDIR  PARALLIK KONLARI STRATIGRAFIK KESIMINING TURG’UNLIGI, OKEAN 
CHO’KINDILARINING KATTA MAYDONLARGA TARQALGANLIGI BILAN 
XARAKTERLANADI. LIMLI KO’MIR KONLARIDA LITOLOGIK KESIMLARI 
TURG’UNSIZ VA O’ZGARUVCHAN, CHO’KINDILARI ESA KONTINENTAL 
QIYOFAGA EGA. BU KONLAR UNCHA KATTA EMAS. 
KO’MIRNING PAYDO BO’LISH JARAYONLARI, BOSQICHLARI VA UNING 
GENETIK TURLARI 
1. KO’MIRLAR VA KO’MIR PAYDO BO’LISHINING BELGILARI QATTIQ 
YONUVCHI FOYDALI QAZILMALARNING PAYDO BO’LISHI (GENEZISI) 
TO’G’RISIDA HECH KIMNING E'TIROZI YO’Q. 
CHUNKI METAMORFLASHGAN HAMMA TOG’ JINSI TURLARIDA 
O’SIMLIK VA HAYVON ORGANIZM QOLDIQLARINI TOPISH MUMKIN. 
HATTO ENG KUCHLI METAMORFLASHGAN TOSHKO’MIRLARDA HAM 
MIKROSKOP ORQALI AYRIM O’SIMLIK QOLDIQLARINING 
RELIKTLARINI YOKI SPORA VA GUL CHANGLARINI ANIQLASH 
MUMKIN.
BU DALILLARNING HAMMASI KO’MIRNING BIOGEN YO’L BILAN HOSIL 
BO’LGANLIGIDAN DALOLAT BERAD NEFT VA GAZLARNING GENEZISI TO’G’RISIDA HAR XIL NAZARIY 
FIKRLAR MA'LUM. LEKIN NEFTDA KO’MIRNIKIDEK DASTLABKI JINS 
QOLDIQ RELIKTLARI YO’Q. UNING KIMYOVIY TARKIBI KO’MIRNIKI 
BILAN BIR XIL.
NEFTNING ORGANOGEN YO’L BILAN HOSIL BO’LGANLIGIGA KO’PGINA 
DALILLAR MA'LUM. SHUNING UCHUN NEFT VA GAZ KONLARINI 
QIDIRISH ISHLARI ULARNING BIOGEN YO’L BILAN PAYDO BO’LGAN 
DEGAN NAZARIYA ASOSIDA OLIB BORILADI. SHU BILAN BIR QATORDA 
NEFTNING ABIOGEN YO’L BILAN PAYDO BO’LGANLIGINI 
TASDIQLOVCHI DALILLAR HAM MA'LUM. 
HOZIRGI VAQTDA MAGMA JARAYONLARI BILAN BOG’LIQ BO’LGAN 
NEFT KONLARI ANIQLANGAN. MA'LUMKI, MA'LUM BIR BOSQICHDA 
MAGMANING SOVISHI NATIJASIDA ULARDA VODOROD VA UGLEROD 
REAKSIYASI SINTEZI NAMOYON BO’LIB, UGLEVODOROD HOSIL 
QILADI.
DIFFERENSIASIYA VA KRISTALLIZASIYA NATIJASIDA ULARNING 
MOLEKULALARI MURAKKABLASHADI.  NEFT TARKIBI VA XOSSASI NEFTNIKIGA JUDA O’XSHASH BO’LADI. 
NEFT VA GAZ KONLARINING PAYDO BO’LISH MUAMMOSI KATTA NAZARIY VA 
AMALIY AHAMIYATGA EGA. CHUNKI YER QOBIG’IDAGI NEFT VA GAZ 
ZAXIRALARI ULAR BILAN BOG’LIQ. 
AGAR NEFTNING MAGMA YO’LI BILAN PAYDO BO’LA OLISHLIGI ANIQLANSA, 
BU HOLDA ULARNING YANGI KATTA UYUMLARINI OCHISH ISTIQBOLLARI 
ANCHA KENGAYADI.
NEFTNING PAYDO BO’LISH MASALASI ALOHIDA MAVZUDA KO’RILADI. BU 
YERDA BIZ TORF, KO’MIR, YONUVCHI SLANESLARNING MANBALARI 
TO’G’RISIDA TO’XTAYMIZ. 
MA'LUMKI, HAMMA YONUVCHI FOYDALI QAZILMALARNING PAYDO 
BO’LISHIDA UGLERODNING O’RNI JUDA KATTADIR. 
UGLERODNING MANTIYADA PAYDO BO’LISHINI QUYIDAGI DALILLAR BILAN 
TASDIQLASH MUMKIN. YA'NI ULAR ARXEY VA PROTEROZOY QADIMIY TOG’ 
JINSLARIDA KENG TARQALGAN BO’LIB, YERDA HAYOT BOSHLANISHIDAN 
ANCHA OLDIN PAYDO BO’LGAN. OZOD (ERKIN) UGLERODNING ENG KO’P 
TO’PLANISHI 500 MLN. YIL OLDIN BOSHLANGAN HAYOTNING ENG YUQORI 
RIVOJLANGAN DAVRIGA TO’G’RI KELADI. SHUNINGDEK, UGLERODNING 
YIG’ILISHIDA ASOSIY O’RINNI BIOSFERA TASHKIL QILIB, ATMOSFERA VA 
GIDROSFERADAGI UGLERODLAR MIQDORINI TARTIBGA SOLIB TURADI   Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, foydali 
qazilma va boyliklardan to’g’ri foydalanish 
har jabhada katta ahamiyatga ega. 
O’zbekiston foydali qazilma va boyliklarga 
boy. Shunday bo’lsada, ko’p 
isrofgarchiliklar kuzatilyapti. Biz yosh avlod 
foydali qazilma boyliklardan samarali va 
tejab ishlatishimiz darkor. O’zbekistonning 
kelajagi yuksalishi va rivojlanishi uchun bu 
juda ham katta ahamiyatga egadir. Foydalanilgan adabiyotlar 
ro’yxati:
1. Asqarov M, Hayitboyev M, Nishonov 
M. Darslik. T: Talqin, 2008
2. www.Ziyonet.uz
3. Tpdu-INTRANET.Ped E’TIBOR UCHUN 
RAHMAT
Tayyorladi:Fayzullayeva Gulnoza

Mavzu: Foydali qazilma boyliklaridan foydalanish Reja: 1. Foydali qazilmalar to’g’risida umumiy ma’lumotlar. 2. Qattiq yonuvchi qazilmalar: torf, ko’mir va yonuvchi slanes 3. Ko’mirning paydo bo’lish jarayoni 4. Foydali qazilmalarning bugungi kundagi ahamiyati 5. Xulosa

BUNDAY FOYDALI QAZILMALAR CHO’KINDI, OTQINDI VA METAMORFLASHGAN TOG’ JINSLARI BILAN BOG’LIQ. ILMIY-TEXNIK JARAYONLAR VA ILM-FANNING YUQORI SUR'ATLAR BILAN RIVOJLANISHI YONUVCHI FOYDALI QAZILMALARGA, AYNIQSA KAUSTOBIOLITLARGA BO’LGAN TALABLAR OSHMOQDA. KAUSTOBIOLITLAR ASOSAN UCH GURUHGA BO’LINADI: NEFT QATORIGA KIRUVCHI KAUSTOBIOLITLAR. BULAR NEFT, ASFALT, OZOKERIT VA BOSHQA YARIM SUYUQ HAMDA QATTIQ BITUMLAR; KO’MIR QATORIGA KIRUVCHI KAUSTOBIOLITLAR - GUMIT VA TORFLAR; SAPROPELITLARGA KIRUVCHI KAUSTOBIOLITLAR - HAR XIL ARALASH SAPROPELIT (GUMUSLAR, YONUVCHI SLANS)LAR .

LEKIN KAUSTOBIOLITLARNING YANADA UMUMLASHTIRILGAN TASNIFI HOZIRCHA ISHLAB CHIQARILMAGAN. CHUNKI ULARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI, XUSUSIYATLARI, PAYDO BO’LISH SHAROITLARI, TARKIBIY QISMI, TEXNOLOGIK ALOMATLARI BIR- BIRIDAN TUBDAN FARQLANADI. YONUVCHI FOYDALI QAZILMALAR DUNYO YOQILG’I-ENERGETIKA BALANSI HISOBLANADI. KAUSTOBIOLITLARDAN TERMIK-KIMYOVIY YO’L BILAN ISHLAB OLINGAN 3500 DAN ORTIQ MAHSULOTLAR XALQ XO’JALIGINING HAMMA TARMOQLARIDA (QISHLOQ XO’JALIGIDA, YENGIL VA OG’IR SANOATDA, TRANSPORTDA, MAISHIY ISHLARDA) KENG QO’LLANILMOQDA. KAUSTOBIOLITLARNING HOZIRGI INSONIYAT FAOLIYATIDA TUTGAN O’RNI KATTA AHAMIYATGA EGA. SHUNING UCHUN HAM FANDA NEFT "QORA OLTIN", GAZ ESA "ZANGORI OLOV" DEB YURITILADI. HAQIQATAN HAM NEFT VA GAZ XALQ XO’JALIGIDA O’ZINING TUTGAN O’RNI BILAN OLTINDAN ANCHA YUQORI TURADI. HOZIRGI VAQTDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDLARIDA 160 DAN ORTIQ NEFT, GAZ VA GAZOKONDENSAT KONLARI OCHILGAN. ULARDAN 90 TASI ISHLAB CHIQARISHGA TOPSHIRILGAN.