GEOGRAFIK BAHOLASH
GEOGRAFIK BAHOLASH
• Tabiiy muhit baholanishi natijasida uning ijtimoiy ehtiyoj nuqtayi nazari-dan qulayligi yoki yaroqliligi o‘rganiladi. Baholash natijasida biror hudud-ning yoki tabiat komponentining dehqonchilik, chorvachilik, dam olish, qurilish va boshqa sohalarda foydalanishga qanchalik qulayligi aniqlanadi. • Tabiiy sharoit va resurslar yoki geotizimlarni foydalanish maqsadlarida baholash – geografik baholash deb ataladi. Masalan, dehqonchilik, chorvachilik, sanoat, transport, rekreatsiya, suv xo‘jaligi va boshqa maqsadlarda baholash amalga oshirilishi mumkin.
• Geografik baholash quyidagi bosqichlardan iborat: • a) baholash ishlarining maqsad va vazifalarini aniqlash (masalan, daryo vodiysining ma’lum bir qismini suvombori qurish maqsadida baholash); • b) baholash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar ro‘y- xatini tuzish; • d) o‘rganilayotgan hudud daryo vodiysining hozirgi va kelajakdagi ho- latini belgilaydigan ko‘rsatkichlar yoki xossalarni o‘rganish va o‘lchash (vodiyning geologik tuzilishi, uzunligi, kengligi, balandligi, yonbag‘irlar qiyaligi, suv sar , loyqaligi, me’yori va h.k.); • e) olingan ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni bir-biriga taqqoslash asosida har bir komponent bo‘yicha alohida baholashni amalga oshirish (relyef, geologik tuzilish, suv o‘lchamlari va h.k.); • f) alohida baholashlar asosida umumiy baholashni amalga oshirish (suv- omborini mazkur joyda qurish mumkinmi yoki yo‘qmi); • g) yakuniy jadval va xaritalar tuzish.
• Tabiiy geografik baholashning aniq maqsadiga ko‘ra sifat va miqdor usullaridan foydalaniladi. Sifat ko‘rsatkichlari qulaylik darajasiga qarab «juda qulay», «qulay», «o‘rtacha qulay», «kamroq qulay», «qulay emas», deb baholanadi. • Masalan, tekisliklar yo‘l qurilishi uchun juda qulay, qumli cho‘llar qulay, to‘lqinsimon tekisliklar o‘rtacha qulay, adirlar kamroq qulay, tog‘lar esa qulay emas.