logo

O‘ZBEKISTONNING GEOGRAFIK

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2075.6357421875 KB
O‘ZBEKISTONNING GEOGRAFIK
O‘RNI, CHEGARALARI VA
MAYDONI  •
O‘zbekiston O‘rta Osiyoning markaziy qismida, asosan, 
Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgan. O‘zbekistonning 
eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining shimoli sharqida 
bo‘lib,45° 36′ shimoliy kenglikdadir. Eng janubiy nuqtasi 
Т ermiz shahri yonida, Amudaryo qirg‘og‘ida bo‘lib, 37° 11′ 
shimoliy kenglikda. Eng g‘arbiy nuqtasi Ustyurt platosida 
bo‘lib, 56° 00′ sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa 
Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida, 73° 10′ sharqiy 
uzunlikdadir. O‘zbekistonning eng shimoliy nuqtasi bilan 
janubiy nuqtasi orasidagi masofa 925 km ga, eng g‘arbiy 
nuqtasi bilan sharqiy nuqtasi orasidagi masofa esa 1400 km ga 
teng.  •
O‘zbekiston geografik o‘rniga ko‘ra O‘rta dengiz 
bo‘yidagi Ispaniya, Italiya, Gretsiya kabi 
mamlakatlar bilan taxminan bir geografik kenglikda 
joylashgan. Lekin O‘zbekiston Yevrosiyo 
materigining ichki qismida okean va dengizlardan 
uzoqda  joylashganligi tufayli subtropik okrugdan 
farq qiladi.Buning ustiga Hind okeanidan kirib 
keladigan nam va iliq havo  oqimlarini tog‘lar to‘sib 
turadi. Aksincha, shimoliy qismi ochiq bo‘lganligi 
tufayli sovuq havo oqimi bemalol kirib keladi.  
Natijada, O‘zbekiston subtropik mintaqada 
joylashsa-da, cho‘lga xos bo‘lgan tabiiy sharoit (yozi 
bulutsiz, serquyosh, jazirama issiq va quruq, qishi 
esa nisbatan sovuq) vujudga keladi.  •
O‘zbekiston chegarasining ko‘p qismi 
tekisliklar, ozroq qismi adir va tog‘lar orqali 
o‘tadi. Respublikamiz shimol va shimoli 
g‘arbda Qozog‘iston bilan, sharqda 
Qirg‘iziston bilan,janubi sharqda  Т ojikiston 
bilan, janubi g‘arbda  Т urkmaniston   bilan 
chegaradosh. Janubda O‘zbekiston Surxon-
Sherobod vodiysida Afg‘oniston bilan 
(Amudaryo orqali) chegaradoshdir.  •
O‘zbekiston maydoni 448,9 ming kv km bo‘lib, 
kattaligi   jihatidan O‘rta Osiyoda Qozog‘iston va 
Т urkmanistondan keyingi o‘rinda turadi. 
O‘zbekiston maydoni Yevropadagi Buyuk  
Britaniya va Italiya kabi davlatlar hududidan katta. 
O‘zbekiston   hududi Belgiya, Niderlandiya va 
Daniya kabi davlatlarning   yer maydonini qo‘shib 
hisoblasak ham, ulardan 4 marta,Shveysariyadan 
10 marta, Belgiyadan 14 marta katta. •
Aholisi va ma’muriy-hududiy bo‘linishi. 
O‘zbekiston O‘rta   Osiyoda aholisi zich 
joylashgan respublika bo‘lib, unda 32,1   mln 
dan ortiq kishi yashaydi. Uning aholisi 
Shveysariya aholisidan 4 marta, 
Qozog‘iston aholisidan 2 marta, 
Turkmaniston aholisidan 6,5 marta ko‘pdir. 
O‘zbekiston aholisining   o‘rtacha yillik 
o‘sishi 1,7 foiz atrofida bo‘lib, asosan, 
tabiiy   ko‘payish hisobiga o‘sib bormoqda. 
O‘zbekiston aholisining   51 foizi 
shaharlarda, 49 foizi esa qishloqlarda 
yashaydi. •
O‘zbekiston aholisining asosiy qismi o‘zbeklar 
bo‘lib, ulardan tashqari, qozoq, tojik, rus, tatar, 
qoraqalpoq, koreys,qirg‘iz, turkman, uyg‘ur, 
turk, yahudiy va boshqa millatlar   yashaydi. •
O‘zbekiston 1924- yilda sobiq Ittifoq tarkibiga 
kiruvchi respublika tarzida tashkil topgan. 1991- 
yil 31- avgustda mustaqil   deb e’lon qilindi va 
O‘zbekiston Respublikasi deb nomlana  
boshlandi. Hozir poytaxtimiz Toshkent shahrida 
2 mln 400 ming   dan ortiq aholi yashaydi.
•
O‘zbekiston ma’muriy-hududiy jihatidan 12 
viloyat, Toshkent   shahri va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasidan iborat.

O‘ZBEKISTONNING GEOGRAFIK O‘RNI, CHEGARALARI VA MAYDONI

• O‘zbekiston O‘rta Osiyoning markaziy qismida, asosan, Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgan. O‘zbekistonning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining shimoli sharqida bo‘lib,45° 36′ shimoliy kenglikdadir. Eng janubiy nuqtasi Т ermiz shahri yonida, Amudaryo qirg‘og‘ida bo‘lib, 37° 11′ shimoliy kenglikda. Eng g‘arbiy nuqtasi Ustyurt platosida bo‘lib, 56° 00′ sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida, 73° 10′ sharqiy uzunlikdadir. O‘zbekistonning eng shimoliy nuqtasi bilan janubiy nuqtasi orasidagi masofa 925 km ga, eng g‘arbiy nuqtasi bilan sharqiy nuqtasi orasidagi masofa esa 1400 km ga teng.

• O‘zbekiston geografik o‘rniga ko‘ra O‘rta dengiz bo‘yidagi Ispaniya, Italiya, Gretsiya kabi mamlakatlar bilan taxminan bir geografik kenglikda joylashgan. Lekin O‘zbekiston Yevrosiyo materigining ichki qismida okean va dengizlardan uzoqda joylashganligi tufayli subtropik okrugdan farq qiladi.Buning ustiga Hind okeanidan kirib keladigan nam va iliq havo oqimlarini tog‘lar to‘sib turadi. Aksincha, shimoliy qismi ochiq bo‘lganligi tufayli sovuq havo oqimi bemalol kirib keladi. Natijada, O‘zbekiston subtropik mintaqada joylashsa-da, cho‘lga xos bo‘lgan tabiiy sharoit (yozi bulutsiz, serquyosh, jazirama issiq va quruq, qishi esa nisbatan sovuq) vujudga keladi.