O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari
Tashqi iqtisodiy aloqalar
• O‘zbekiston mashinalar, kimyo mahsulotlari, qora va rangli metall, elektr energiya, gaz, paxta tolasi, oziq-ovqat mollari, pilla, qorako‘l singari mahsulotlarni eksport qiluvchi mamlakatlardan hisoblanadi. O‘z navbatida O‘zbekiston o‘zida yetishmagan oziq-ovqat va sanoat mollarini, shuningdek, xalq iste'moli buyumlarini import qiladi.
• O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy hamkorlikka faol kirishgan. Hozirgi kunda 140 dan ortiq davlat bilan savdo aloqalari olib boradi. Ayniqsa, dunyoda yetakchi bo‘lgan Germaniya, AQSH, Rossiya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Xitoy kabi davlatlar bilan hamkorligi jadal sur'atlarda rivojlanmoqda. O‘zbekistonga eksport va import qilinayotgan mahsulotlarning eng ko‘pi Xitoyga to‘g‘ri kelmoqda .
• Tovarlarni tashqi bozorga, xorijga chiqarilishi eksport deb ataladi. Aksincha, chet mamlakatlardan zarur mahsulotlarni, mollarni olib kelish import deb ataladi. • 2018-yilda eksport 14,3 mlrd, import esa 19,6 mlrd AQSH dollarini tashkil qildi. O‘zbekistonning tashqi savdosi yildan yilga ortib borishi natijasida mamlakatimiz xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etmoqda.