logo

Tashqi iqtisodiy aloqalar

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

5867.5927734375 KB
Tashqi iqtisodiy aloqalar •
O‘zbekiston mashinalar, kimyo 
mahsulotlari, qora va rangli metall, elektr 
energiya, gaz, paxta tolasi, oziq-ovqat 
mollari, pilla, qorako‘l singari 
mahsulotlarni eksport qiluvchi 
mamlakatlardan hisoblanadi. O‘z 
navbatida O‘zbekiston o‘zida 
yetishmagan oziq-ovqat va sanoat 
mollarini, shuningdek, xalq iste'moli 
buyumlarini import qiladi. •
O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy hamkorlikka faol kirishgan. Hozirgi 
kunda 140 dan ortiq davlat bilan savdo aloqalari olib boradi. Ayniqsa, 
dunyoda yetakchi bo‘lgan Germaniya, AQSH, Rossiya, Yaponiya, 
Fransiya, Italiya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Xitoy kabi davlatlar 
bilan hamkorligi jadal sur'atlarda rivojlanmoqda. O‘zbekistonga 
eksport va import qilinayotgan mahsulotlarning eng ko‘pi Xitoyga 
to‘g‘ri kelmoqda .  •
Tovarlarni tashqi bozorga, xorijga chiqarilishi  eksport  deb ataladi. 
Aksincha, chet mamlakatlardan zarur mahsulotlarni, mollarni olib 
kelish  import  deb ataladi.
•
2018-yilda eksport 14,3 mlrd, import esa 19,6 mlrd AQSH dollarini 
tashkil qildi. O‘zbekistonning tashqi savdosi yildan yilga ortib borishi 
natijasida mamlakatimiz xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok 
etmoqda.    •
Mamlakat tashqi savdo siyosatining 
asosi milliy iqtisodiyot 
raqobatbardoshligini oshirish hamda 
mamlakatning eksport salohiyatini 
kengaytirish va tarkibini 
takomillashtirishdir. So‘nggi yillarda 
eksport tarkibida katta ijobiy o‘zgarishlar 
sodir bo‘lmoqda. Jumladan, xomashyo 
mahsulotlari eksporti kamayib, yuqori 
sifatli tayyor mahsulotlar eksportining 
ulushi oshmoqda.  •
Kelgusida eksportga mo‘ljallangan avtomobillar, yuqori 
kuchlanishli agregatlar, maishiy elektr asboblari, tibbiyot va 
qurilish hamda to‘qimachilik va tikuvchilikka oid 
qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish kuchayadi. 
Ayniqsa, mamlakatimizda yetishtirilgan meva va 
sabzavotlar eksportini kuchaytirish zarur. Yana bir muhim 
vazifalardan biri - bu dehqon va fermer xo‘jaliklarga tashqi 
bozorda barqaror xaridorlarni topishdir.  •
Ishlab chiqarishning rivojlanishiga hamohang ko‘plab mahsulotlarning, 
jumladan, yoqilg‘i, oziq-ovqat va xalq iste’moli buyumlarining importi 
qisqarmoqda. Umumiy importning 3/4 qismini texnik va ishlab 
chiqarish jihozlari hamda asbob-uskunalar tashkil qiladi. Bu mamlakat 
iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollariga aynan mos keladi.
•
O‘zbekistonda 4200 dan ortiq xorijiy korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Endilikda O‘zbekiston Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Islom 
Taraqqiyot Banki, OPEC Xalqaro Rivojlanish Jamg‘armasi, Saudiya 
Taraqqiyot Jamg‘armasi kabi xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan 
yaqin hamkorlik qilmoqda.  •
Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, mamlakat ishlab 
chiqarish kuchlarini modernizatsiya qilish va yangilash uchun chet el 
sarmoyasini kiritish shakli  investitsiya  deb ataladi.
•
Mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish uchun investitsiyalarni yanada 
ko‘proq jalb etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.   •
Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlanish istiqbollari taqozosi 
o‘laroq mamlakatimiz hududida maxsus erkin iqtisodiy 
zonalar tashkil etilayotganligi xususida avvalgi darslardan 
xabardorsiz. Ularning dastlabkisi O‘zbekiston hududining 
geografik markazi - Navoiy viloyatida tashkil etilgandi. U 
barcha turdagi samo- lyotlarni qabul qiladigan xalqaro 
aeroport va u bilan aloqador bo‘lgan turli xizmat ko‘rsatish 
korxonalaridan va muassasalaridan tashkil topgan ulkan 
majmuadir. •
Tovarlar savdosidan tashqari, xorijiy davlatlar bilan 
hamkorlikda transport tizimlari barpo qilinmoqda, tabiatni 
muhofaza qilish va o‘zgartirish masalalari hal etilmoqda. 
Bunda O‘zbekiston dunyoning yetakchi xalqaro tashkilotlari 
bilan hamkorlik qilgan holda, davrning dolzarb 
muammolarini hal etishga ham jiddiy e'tibor qaratmoqda. 
Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT), Yevropa Ittifoqi (YI), 
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH), Yevrosiyo iqtisodiy 
hamdo‘stligi (YIH), Islom konferensiyasi tashkiloti (IKT) va 
boshqa xalqaro tashkilotlar shular jumlasidandir.

Tashqi iqtisodiy aloqalar

• O‘zbekiston mashinalar, kimyo mahsulotlari, qora va rangli metall, elektr energiya, gaz, paxta tolasi, oziq-ovqat mollari, pilla, qorako‘l singari mahsulotlarni eksport qiluvchi mamlakatlardan hisoblanadi. O‘z navbatida O‘zbekiston o‘zida yetishmagan oziq-ovqat va sanoat mollarini, shuningdek, xalq iste'moli buyumlarini import qiladi.

• O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy hamkorlikka faol kirishgan. Hozirgi kunda 140 dan ortiq davlat bilan savdo aloqalari olib boradi. Ayniqsa, dunyoda yetakchi bo‘lgan Germaniya, AQSH, Rossiya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Xitoy kabi davlatlar bilan hamkorligi jadal sur'atlarda rivojlanmoqda. O‘zbekistonga eksport va import qilinayotgan mahsulotlarning eng ko‘pi Xitoyga to‘g‘ri kelmoqda .

• Tovarlarni tashqi bozorga, xorijga chiqarilishi eksport deb ataladi. Aksincha, chet mamlakatlardan zarur mahsulotlarni, mollarni olib kelish import deb ataladi. • 2018-yilda eksport 14,3 mlrd, import esa 19,6 mlrd AQSH dollarini tashkil qildi. O‘zbekistonning tashqi savdosi yildan yilga ortib borishi natijasida mamlakatimiz xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etmoqda.