Xalqaro iqtisodiy aloqalar geografiyasi
Xalqaro iqtisodiy aloqalar geografiyasi
• Xalqaro iqtisodiy aloqalar deb, davlatlar o‘rtasidagi, xalqaro tashkilot va korporatsiyalar ishtirokidagi xo‘jalik aloqalariga aytiladi. Unga ilmiy-texnik taraqqiyot, davlatlararo ijtimoiy-iqtisodiy tafovut, jahon mintaqalaridagi siyosiy vaziyat, xalqaro iqtisodiy integratsiya kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi.
• Xalqaro iqtisodiy aloqalarning xalqaro savdo, kredit- moliya munosabatlari, xalqaro turizm, mehnat resurslarining xalqaro migratsiyasi, xalqaro ilmiy- texnik hamkorlik kabi ko‘rinishlari mavjud. Ular orasida xalqaro savdo eng katta ahamiyatga ega. U davlatlar o‘rtasida xomashyo, mahsulot va xizmatlarni o‘zaro ayirboshlashga asoslangan xalqaro savdo munosabatlari tizimidir. Davlatlarning tashqi savdo hajmi tashqi savdo aylanmasi orqali aniqlanadi. AQSH, Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Fransiya tashqi savdo aylanmasi hajmiga ko‘ra jahonda yetakchilik qiladi .