logo

O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4213.09765625 KB
O‘zbe k ist on iqt isodiy va 
ijt imoiy ge ografi yasi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм  O‘zbe k ist on iqt isodiy va ijt imoiy ge ografi yasi 
nimani o‘rganadi?
Siz endi oldingi sinflarda olgan bilimlaringiz 
asosida Yer yuzi, shu jumladan, mamlakatimiz 
tabiati haqida boshqalarga ham ma’lumot bera 
olasiz.    Ulardan tashqari shunday bilimlar ham borki, ular 
kishilar faoliyati, hayot tarzi va ishlab chiqarishning 
hududiy farqlanishi kabi insoniyat, jamiyat hayoti bilan
bevosita bog‘liqdir. Ana shu bilimlarni o‘rganadigan fan 
iqt isodiy  va ijt imoiy   ge ografi y a  deb yuritiladi.    U aholi faoliyatining hududiy tashkil etilishi 
bilan bog‘liq iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni 
muayyan mamlakat bo‘yicha ham, butun jahon 
miqyosida ham o‘rganadi.    Ushbu o‘quv yilida jonajon Vatanimiz – 
O‘zbe k ist onning iqt isodiy  va ijt imoiy 
ge ografi y asi ni o‘rganasiz.    Darhaqiqat, zavod, fabrika, firma, shifo maskani, ta’lim 
muassasasi yoki maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari 
puxta o‘ylanmasdan duch kelgan joyda barpo qilinsa, 
kishilarni sarsongarchilikka, mehnat va mablag‘ni
behuda sarflashga majbur qiladi.    Oxir-oqibatda bu ijtimoiy mehnat 
unumdorligining oshishiga salbiy ta’sir etadi.   I jt imoiy  me hnat  unumdorligi  – moddiy ishlab 
chiqarishda band bo‘lgan har bir ishlovchi hisobiga 
hosil qilingan milliy daromad miqdori.   Mehnat unumdorligi   ishlab chiqarishning 
mashinalar, malakali ishchilar, elektr energiya, tabiiy 
boyliklar bilan ta’minlanganiga, korxona va aholi 
punktlarining kishilarga qulay hamda tabiiy muhit 
toptalmaydigan joyda barpo etilganiga,     mehnatkashlarning yashash sharoitlari, dam 
olish hamda ularga madaniy-maishiy xizmat 
ko‘rsatilishiga ham bog‘liq.   Agar xomashyo, yoqilg‘i, energiya manbalari va 
ishchilar o‘zaro yonma-yon joylashsa, ishlab 
chiqarishda yuqori samaradorlik ta’minlanadi.    Biroq bunday qulay joylashish kamdan kam 
uchraydi. Ba’zi joylarda xomashyo yetishmasa, 
boshqa joyda yoqilg‘i, energiya tanqisligi 
kuzatiladi.    Ana shuning uchun ham mamlakatni rivojlantirishning 
milliy dasturlarida aholini, ishlab chiqarishni 
joylashtirish hamda tabiat boyliklaridan foydalanish
masalalarini hududiy yaxlit tashkil etishga alohida 
e’tibor beriladi.   O‘zbe k ist onning iqt isodiy va ijt imoiy ge ografi y asi 
mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini aholi va tabiiy sharoit 
bilan o‘zaro aloqador holda o‘rganib, uni hududiy tashkil 
etishning umumiy tamoyillarini ilmiy jihatdan asoslaydi.   8-sinf geografiyasi sizni mamlakatimizda ijtimoiy 
mehnat unumdorligini oshirishga, tabiiy resurslarni 
muhofaza qilishga va umuman aholi turmushining 
farovonlashuviga yordam beruvchi geografik bilimlаr 
bilаn qurоllаntirаdi. Shuningdеk, gеоgrаfik bilimingizni 
oshirishda turli manbalardan mustaqil foydalanish 
usullarini tarkib toptiradi.   Bu fan xulosalari uchun asos bo‘lgan ma’lumotlar – 
daliliy ashyolar zamon bilan hamnafas o‘zgarib boradi. 
Darslikda keltirilgan raqamli ma’lumotlar, rasm,
xarita-sxemalardagi ma’lumotlar va hatto joy nomlari 
ham ertaga bugungidan farqlanishi mumkin.    Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga xos bu jihat 
kundalik voqea va hodisalardan muntazam 
xabardor bo‘lib turishni taqozo etadi.   Yurtimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tishdek 
murakkab va keng qamrovli jarayon 
kechmoqda.    Bunday paytda mamlakatda, har bir shahar yoki 
qishloqda muayyan muammolar vujudga kelishi tabiiy. 
Darslik sizni shunday muammolar bilan tanishtiradi 
hamda ularning yechimini topishga o‘rgatadi.   Xalqimiz taraqqiyot yo‘lida matonat ko‘rsatib 
mehnat qilmoqda. Mamlakatimiz mustaqilligini 
mustahkamlashda, ayniqsa, siz yoshlar faollik
ko‘rsatishingiz va kelgusidagi faoliyatingiz barakali 
bo‘lishi zarur.    Ze ro,   me hnat  unumdorligi bozor munosabat lariga o‘t ishda 
e ng muhim va e ng   asosiy omil hisoblanadi . O‘zbekiston 
iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o‘rganish bu vazifaning 
muhimligini tushunishga, demakkim, o‘z fuqarolik 
burchingizni bajarishingizga, mamlakat ning ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotida faol ishtirok etishingizga yordam beradi.   Qo‘lingizdagi darslik mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti 
bilan tanishtiribgina qolmasdan, geografik 
mazmundagi turli adabiyotlardan, birlamchi 
manbalardan foydalanishga imkon beruvchi ko‘nikma 
va malakalar bilan ham qurollantiradi.    Siz ushbu darslikdan iqtisodiy geografik obyekt, 
hodisa va jarayonlarni tasvirlash, bayon etish 
usullarini ham o‘rganib olasiz.      
    1.  Darslik muqovasining ikkinchi betida berilgan    
         iqtisodiy va ijtimoiy tushuncha hamda atamalardan 
         kamida ikkitasini izohlashga urinib ko‘ring!
     2.  Sizningcha, ishlab chiqarish korxonalarini 
         joylashtirishda qaysi omillar muhim hisoblanadi? 
        Javobingizni asoslashga harakat qiling. ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P. Musayev, J. Musayev – Geogragfiya (O‘zbekiston 
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi) – umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 8-sinfi uchun darslik – “Sharq” 
nashriyoti – Toshkent – 2019 /  www.eduportal.uz

O‘zbe k ist on iqt isodiy va ijt imoiy ge ografi yasi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

O‘zbe k ist on iqt isodiy va ijt imoiy ge ografi yasi nimani o‘rganadi? Siz endi oldingi sinflarda olgan bilimlaringiz asosida Yer yuzi, shu jumladan, mamlakatimiz tabiati haqida boshqalarga ham ma’lumot bera olasiz.

Ulardan tashqari shunday bilimlar ham borki, ular kishilar faoliyati, hayot tarzi va ishlab chiqarishning hududiy farqlanishi kabi insoniyat, jamiyat hayoti bilan bevosita bog‘liqdir. Ana shu bilimlarni o‘rganadigan fan iqt isodiy va ijt imoiy ge ografi y a deb yuritiladi.

U aholi faoliyatining hududiy tashkil etilishi bilan bog‘liq iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni muayyan mamlakat bo‘yicha ham, butun jahon miqyosida ham o‘rganadi.

Ushbu o‘quv yilida jonajon Vatanimiz – O‘zbe k ist onning iqt isodiy va ijt imoiy ge ografi y asi ni o‘rganasiz.