O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY SALOHIYATI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKA SIN IN G IQTISODIY SA LOHIYATI
Respublikamiz maydoni 448,9 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Uning 60 foizi qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlardir.
2019- yil 1- yanvar holatiga mamlakatimiz aholisi 33 million kishidan oshib ketdi. Ishchi kuchi resurslari aholining deyarli yarmini tashkil qiladi.
O‘zbekiston hududida 2700 dan ortiq foydali qazilmalarning istiqbolli konlari topilgan. Respublika yer ostidan yiliga qazib olinayotgan foydali qazilmalarning qiymati 5,5 milliard dollardan ko‘pdir.
Mamlakatimiz mis zaxiralarining miqdori bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda turadi. Uranning topilgan zaxiralari uni 50—60 yil qazib olishni ta’minlaydi. O‘zbekiston aniqlangan uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda 11- o‘rinni, qazib olish bo‘yicha esa 9- o‘rinni egallaydi. Respublikamizda 160 dan ortiq gaz, neft, ko‘mir konlari qidirib topilgan va ochilgan, ularning ko‘pi foydalanishga topshirilgan. Ulardan 5 million tonnadan ortiq neft va gaz kondensati olinadi. Har yili respublikamizda 50 milliard kub metrdan ortiq zangori yonilg‘i — gaz olinadi. Bir yilda qazib chiqariladigan ko‘mir to‘rt million tonnadan ortiqni tashkil etadi. O‘zbekistonda qidirib topilgan ko‘mirning umumiy zaxiralari 2 milliard tonnadan ko‘p.