Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati
Mavzu: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.
Reja: 1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. 2. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi. 3. Mustqail O’zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida Islom Karimovning tarixiy hizmatlari.
O‘zbekiston Respublikasining rahbari I.A. Karimov 1989 yil 20 sentabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ sining plenumida so‘zlagan nutqida respublikalar bilan Ittifoq o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: „ Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz“, - degan edi.
1990 yil 18 iyun kuni XII chaqiriq respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O‘zbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissiyalari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Must aqillik deklarat siyasi matni sessiyada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi.
Mustaqillik deklaratsiyasi 12 banddan iborat Unda shuday so’zlar bitilgan. O’zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, xar bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini taminlashdan iborat oliy maqsad haqi, har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda, O’zbekiston xalqining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsplariga asoslanib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi