logo

Xalqaro iqtisodiy aloqalar geografiyasi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

9484.5791015625 KB
X alqaro iqt isodiy  aloqalar 
geografi y asi  Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм    X alqaro iqt isodiy  aloqalar
Xalqaro iqtisodiy 
aloqalar deb 
davlatlar o‘rtasidagi, 
xalqaro tashkilotlar 
va kompaniyalar 
ishtirokidagi xo‘jalik 
aloqalariga aytiladi. 
Bu aloqalarning bir 
nechta asosiy 
yo‘nalishlari mavjud 
(42-rasm).   Xalqaro iqtisodiy 
aloqalarning 
xalqaro savdo, 
xalqaoro moliya 
munosabatlari, 
ilmiy texnik 
hamkorlik, ishlab 
chiqarishdagi ilmiy 
hamkorlik, xalqaro 
turizm kabi 
ko‘rinishlari mavjud. X alqaro iqt isodiy  aloqalar k o‘rinishlari   Ularning rivojanishiga 
ilmiy-texnik taraqqiyot, 
davlatlar orasidagi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
tafovutlar, jahon 
mintaqalaridagi siyosiy 
vaziyat, xalqaro 
iqtisodiy integratsiya 
kabi omillar ta’sir 
ko‘rsatadi.X alqaro iqt isodiy  aloqalar riv ojlanishiga t a’sir et uv chi omillar    Xalqaro iqtisodiy aloqalarning asosiy ko‘rinishlari orasida xalqaro savdo 
muhim ahamiyatga ega. Savdo juda uzoq tarixga ega bo‘lganligiga qaramay, 
uning xalqaro miqyosga chiqishi jahon xo‘jaligi shakllanish vaqtlariga borib 
taqaladi.  Davlatlar tashqi 
savdo hajmi  tashqi 
savdo aylanmasi 
orqali aniqlanadi. 
Ushbu ko‘rsatkich 
davlatning xalqaro 
mehnat 
taqsimotida 
qanday o‘rin 
tutishini aniqlab 
beradi.Tashqi sav do ay lanmasi  Xitoy, AQSH, Germaniya, Yaponiya, Fransiya tashqi savdo 
aylanmasi hajmiga ko‘ra jahonda yetakchilik qiladi  (16-jadval). Xalqaro savdoning tarkibida 
mahsulotlar bilan savdo-sotiq 
qilish xizmatlar savdosiga 
qaraganda katta salmoqqa ega. 
Uning asosiy qismini 
mahsulotlar savdosi tashkil 
qiladi. Mashina va jihozlar, 
transport vositalari, elektronika, 
kimyoviy mahsulotlar xalqaro 
savdoda katta talab mavjud 
bo‘lgan tayyor mahsulotlar 
hisoblanadi. X alqaro sav do t ark ibi  Iqtisodiy imkoniyatlari yuqori bo‘lgan jahonning rivojlangan 
davlatlari xalqaro savdoning 60% dan ortig‘ini tashkil qiladi.
Tashqi savdoda davlatlar va mintaqalar orasida katta tafovutlar 
saqlanib qolmoqda.    Ma’lumotlarga ko‘ra, G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo-Tinch okean 
mintaqasi hissasiga xalqaro savdoning deyarli 90% i to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu 
mintaqalar asosan tayyor mahsulotlar va yuqori sifatli xizmatlarni eksport 
qilsa,   Afrika, Osiyo, Okeaniya va Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan 
davlatlar jahon bozoriga asosan mineral resurslar, o‘rmon va 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib chiqadi.  Muayyan davr oralig‘ida ma’lum bir davlatning eksporti va importi 
qiymatlarining ayirmasi  tashqi savdo balansi ni ko‘rsatadi. 
Davlatlarda mazkur ko‘rsatkich musbat yoki manfiy ko‘rinishda 
bo‘lishi mumkin.   Tashqi savdo balansida eksport miqdori yuqori bo‘lgan davlatlar 
orasida Xitoy, Germaniya, Rossiya kabi davlatlar alohida ajralib 
turadi.   So‘nggi yillarda xorijda ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish 
maqsadida kapital qo‘yilma kiritish hamda foyda olish jarayoni — 
kapital eksporti  kuchayib bormoqda.    Katta miqdordagi kapital rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotiga 
yo‘naltirilmoqda. AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya,
Xitoy kabilar jahonning eng yirik kapital eksportyorlari hisoblanadi  Xalqaro turizm xalqaro iqtisodiy aloqalarning asosiy 
ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, jahon YMMning deyarli 10% ini, 
xizmatlar eksportining esa ⅓ qismini beradi.    Ispaniya, 
Gretsiya, Italiya, 
Misr kabi 
davlatlar mazkur 
sohani o‘z milliy 
iqtisodiyotlarining 
ixtisoslashgan 
tarmog‘iga 
aylantirgan. Turizmga ixt isoslashgan dav lat lar  Jahon mintaqalari orasida Yevropa eng katta turistik oqimni qabul 
qilishi bilan ajralib turadi.   Ushbu qit’a davlatlari orasida Fransiya, Ispaniya, Italiya, 
Germaniya, Buyuk Britaniya yillik tashrif buyuruvchi sayyohlar 
soniga ko‘ra jahonning birinchi o‘ntalik davlatlari orasidan o‘rin 
egallagan.  So‘nggi yillarda Osiyoning ham xalqaro turizmdagi ahamiyati 
ortmoqda. Ayniqsa, Sharqiy, Janubi-sharqiy va Janubi-g‘arbiy Osiyo 
mamlakatlari katta miqdordagi sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda.  Unga mazkur hududlarga xos bo‘lgan go‘zal tabiiy
sharoit, jahonga mashhur tarixiy yodgorliklar ko‘pligi, diniy 
ziyoratgohlarning mavjudligi katta ta’sir ko‘rsatmoqda.     Afrika qit’asi davlatlari orasida Shimoliy Afrika davlatlari alohida 
ajralib turadi. Qirg‘oqbo‘yida dam olishni xohlovchilar asosan 
Marokash, Tunis, Misrga tashrif buyursa,   tarixiy turizm ixlosmandlarini Misr ehromlari, qadimiy Karfagen 
qoldiqlari o‘ziga jalb etadi.    Afrikada yuzlab qo‘riqxona va milliy bog‘lar mavjud bo‘lib, ular ham 
muhim turistik obyektlar hisoblanadi. Tabiatsevarlarning katta 
qismi Keniya, Tanzaniya, Ruanda hududidagi milliy bog‘larga 
tashrif buyuradi  (43-rasm) .    JAR, Tunis, Misr va Marokash davlatlari sayyohlarning umumiy 
soniga ko‘ra qit’ada yetakchilik qiladi.   Amerika qit’asi turizmida AQSH, Meksika, Karib havzasi davlatlari 
katta salmoqqa ega.   Avstraliya va Okeaniya mintaqasi turizmida qirg‘oqbo‘yi 
hududlarda tashkil qilingan dam olish maskanlarining o‘rni katta.  Hozirgi kunda an’anaviy turistik turlari (dengizbo‘yi, diniy, tarixiy) bilan bir 
qatorda ekoturizm,agroturizm, ishbilarmonlik, sport, shoping (savdo), 
ekstremal turizm kabi ko‘rinishlari ham rivojlanmoqda. ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva – Geografiya 
(Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 
10- sinf o‘quvchilari uchun darslik,  Respublika ta’lim markazi, 2022
•
@ edurtm_uz

X alqaro iqt isodiy aloqalar geografi y asi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

X alqaro iqt isodiy aloqalar Xalqaro iqtisodiy aloqalar deb davlatlar o‘rtasidagi, xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar ishtirokidagi xo‘jalik aloqalariga aytiladi. Bu aloqalarning bir nechta asosiy yo‘nalishlari mavjud (42-rasm).

Xalqaro iqtisodiy aloqalarning xalqaro savdo, xalqaoro moliya munosabatlari, ilmiy texnik hamkorlik, ishlab chiqarishdagi ilmiy hamkorlik, xalqaro turizm kabi ko‘rinishlari mavjud. X alqaro iqt isodiy aloqalar k o‘rinishlari

Ularning rivojanishiga ilmiy-texnik taraqqiyot, davlatlar orasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlar, jahon mintaqalaridagi siyosiy vaziyat, xalqaro iqtisodiy integratsiya kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi.X alqaro iqt isodiy aloqalar riv ojlanishiga t a’sir et uv chi omillar