logo

O‘ZBEKISTONNING GEOEKOLOGIK MUAMMOLARI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

18598.373046875 KB
O‘ZBEKISTONNING GEOEKOLOGIK 
MUAMMOLARI •
Geoekologik  muammolarning  vujudga  kelishi  tabiiy  jarayonlar  va 
inson  faoliyati  bilan  bog‘liq  tarzda  ro‘y  berishi  mumkin.  
Geoekologik muammolarni  keltirib  chiqaruvchi  tabiiy  omillar  va  
jarayonlardan asosiylari:  vulqon  otilishi,  zilzila,  surilma,  ko‘chki,  
sel,  suv  toshqini, kuchli  shamollar,  yong‘inlar  va  boshqalar.  
Bunday  omillar  bevosita  har bir  geotizimning  tabiiy  xususiyatlari  
bilan  bog‘liq  bo‘lib,  unda  inson ishtiroki  bo‘lmaydi.    •
Inson  va  tabiiy  muhitning  o‘zaro  ta’siri  kelib  
chiqishi  jihatidan ekologik  muammo  hisoblanadi.  
Lekin,  u  ma’lum  geotizimda  turli  miqyosda  hamda 
 tabiiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  geografik  qonuniyatlar 
asosida  ro‘y  bergani  sababli  geografik  muammo  
ham  hisoblanadi,  ya’ni ekologik  muammo  muayyan 
 geotizimda  tarkib  topib,  shakllanib,  rivojlanish  
bosqichlarini  bosib  o‘tadi.  Shu  nuqtayi  nazardan  
geoekologik muammo  deyiladi.  •
Geoekologik  muammolar   –  insonlarning  sog‘ligi  va  xo‘jalik  
faoliyatiga  salbiy  ta’sir  etadigan,  ularning  tabiiy  muhit  bilan  
munosabatlarida va  geotizimlarning  bir  butunligida  nomutanosiblikni  
keltirib  chiqaruvchi,  tabiiy  va  antropogen  omillar  natijasida  yuzaga  
kelgan  jarayon  va hodisalar.
•
Geoekologik  muammolar,  odatda,  tizimli xususiyatga  ega  bo‘lib, bu  
xususiyatlar  quyidagilarda  namoyon  bo‘ladi:  tabiiy  hamda  ijtimoiy 
jarayonlar  va  qonuniyatlarning  o‘zaro  ta’siri;  geografiya,  ekologiya, 
geologiya  va  boshqa  fanlarning  integratsiyasini  talab  etadigan  
fanlararo  ahamiyat  kasb  etishi;  resurslardan  turli  maqsadlarda  bir  
qancha  foydalanuvchilarning  mavjudligi;  geotizim  yoki  geoekologik  
muammoning holatini  bitta  ko‘rsatkich  bilan  tavsifl ash  mumkin  
emasligi.  •
Geoekologik  muammolarning  turlari.  Geoekologik  muammo  qotib 
qolgan,  o‘zgarmas  holat  bo‘lmay,  balki  muntazam  ravishda  
o‘zgaruvchi  va  rivojlanuvchi,  ko‘p  sonli  oddiy  muammolar  
tizimidir.  Geoekologik  muammolarni  bir  qancha  ko‘rsatkichlar  
(xo‘jalik  sohalari bilan  bog‘liq,  egallagan  maydoni  bo‘yicha,  
oqibatiga  ko‘ra,  kelib chiqish  omillari)  bo‘yicha  tasnifl ash  
mumkin,  lekin  yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  geoekologik  muammo 
 muayyan  maydonda  tarkib  topib shakllanadi.  Shu  sababli,  bunday  
muammolar  tarqalgan  maydoni bo‘yicha  –   sayyoraviy, regional va 
lokal ,  ayrim  hollarda  esa  milliy kabi  guruhlarga  ajratiladi.  •
Sayyoraviy geoekologik muammolar  – butun geografik qobiq 
doirasida ro‘y  beradigan  va  Yer  yuzining  barcha  qismlariga  ta’sir  
etadigan, barcha  mamlakatlarga,  butun  insoniyatga  birdek  xavf  
soladigan  eng murakkab  geoekologik  muammolardir.  Bularga  
“Issiqxona  samarasi”  va iqlim  isishi,  “Ozon  tuynugi”,  Dunyo  
okeani  sathining  ko‘tarilishi  va suvining  ifloslanishi,  cho‘llashish  
va  h.k.  kiradi.  Bunday  geoekologik muammolarni  bartaraf  etish  
uchun  barcha  davlatlar  birlashib,  yagona dastur  asosida  harakat  
qilishlari  lozim. Yer  yuzidagi  barcha  mamlakatlar o‘z  hududidagi  
lokal  va  regional  muammolarni  hal  etish  orqaligina global  
geoekologik  muammolarning  yechimini  topishlari  mumkin.  •
Regional geoekologik muammolar   –  egallagan  maydoniga  ko‘ra 
global  geoekologik  muammolardan  kichikroq  bo‘lib,  ko‘pincha  
bir yoki  bir  necha  turlardan  tashkil  topgan  geoekologik  hodisa-
jarayonlar kompleksidan  iborat  bo‘ladi.  Regional  geoekologik  
muammolar  regional miqyosdagi  geotizimlarni  band  etib,  butun  
Yer  yuzi  uchun  xavf solmasligi  mumkin,  ammo  ularning  soni  
tobora  ortib  bormoqda.  Ushbu muammolar  ayrim  hududlargagina 
 tegishli  bo‘lishiga  qaramay,  ekologik va  ijtimoiy-iqtisodiy  
oqibatlari  nihoyatda  xavfli  va  salmoqli,  ularni  o‘z vaqtida  oldini 
 olish  va  bartaraf  etmaslik  kelajakda  keng  miqyosdagi og‘ir  
ekologik  kulfatlarni  keltirib  chiqarishi  mumkin.  •
Regional  geoekologik  muammolar  tarkib  topishi  jihatidan  oddiy  
va murakkab  toifadagi  geoekologik  muammolarga  bo‘linadi.  Bir  
turdagi hodisa  va  jarayonlardan  iborat  bo‘lsa  –  oddiy  toifadagi,  
bir  necha geoekologik  hodisa  va  jarayonlardan  iborat  bo‘lsa  –  
murakkab  toifadagi geoekologik  muammolar  deyiladi.  Murakkab  
geoekologik  hodisalarning yechimi  ham  murakkab  bo‘lib,  ko‘p  
vaqt  talab  qiladi.  U  tobora murakkablashish  va  yangi  hududlarni  
egallash  yo‘nalishida  rivojlanadi. Oddiy  geoekologik  muammolar  
ham  makonda  va  vaqt  mobaynida  o‘ta murakkablashuvi  oqibatida  
murakkab  tusga  aylanishi  mumkin. •
Orol  va  Orolbo‘yi  muammosi  O‘zbekiston  va  qo‘shni  respublikalar 
hududida  joylashgan  regional  geoekologik  muammodir.  Shu  sababli 
mazkur  muammoni  bartaraf  etishda  Orol  havzasidagi  barcha  qo‘shni 
respublikalar  O‘zbekiston  bilan  hamkorlik  qilishlari  lozim   •
Lokal  (mahalliy)  geoekologik  muammolar  –  regional  geoekologik 
muammolarga  nisbatan  kichikroq  maydonlarni  egallab,  bir  yoki  ikki 
mamlakat  hududida  joylashgan  ma’lum  geotizim  doirasida  yuzaga 
kelgan  muammolardir.  Bunday  geoekologik  muammolar  inson  xo‘jalik 
faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  tabiiy  resurslardan  intensiv  foydalanish 
va  bu  jarayonda  tabiat  qonuniyatlarini  hisobga  olmaslik,  aholining  bir 
joyda  o‘ta  zich  to‘planishi  va  boshqa  sabablar  tufayli  kelib  chiqadi. 
Yer  yuzasining  namgarchilik  hududlarida  botqoqliklarning  quritilishi, 
qurg‘oqchil  mintaqalarda  sun’iy  sug‘orish,  suvomborlar  barpo  etish, 
yaylov  chorvachiligini  rivojlantirish,  ishlab  chiqarish  korxonalarining 
qurilishi  kabi  jarayonlardagi  ayrim  xatoliklar  hamda  insonning  ba’zi 
pala-partish  faoliyati  lokal  geoekologik  muammolar  yuzaga  kelishiga  
va keng  miqyosda  tarqalishiga  sabab  bo‘ladi.  •
O‘zbekistondagi lokal geoekologik muammolarni  ko‘rib  chiqadigan bo‘lsak, 
ularning har tarafl ama kompleks tahlili va kelib chiqishi sababiga ko‘ra  
quyidagi  genetik  guruhlarini  ajratish  mumkin:  1)  atmosfera havosining  
ifloslanishi  bilan  bog‘liq  muammolar  –  yirik  shaharlar  va sanoatlashgan  
hududlarda;  2)  suvdan  intensiv  foydalanish  bilan  bog‘liq muammolar – 
zovur suvlarining ko‘llarda to‘planishi, chuchuk suvlarning yetishmasligi,  
chuchuk  suv  havzalarining  ifl oslanishi  va  h.k.;  3)  yerdan intensiv  
foydalanish  bilan  bog‘liq  muammolar  –  eroziya,  sho‘rlashish, yaylovlarning  
degradatsiyaga  uchrashi;  4)  geotizimlarga  texnogen  ta’sir bilan  bog‘liq  
muammolar  –  konchilik  sanoati  chiqindilarining  to‘planishi, geotizimning  
buzilishi,  og‘ir  texnikaning  yaylovlarni  payhon  qilishi  va h.k.;  5)  
chorvaning  intensiv  boqilishi  va  buta-daraxtlarni  kesish  bilan bog‘liq  
muammolar;  6)  rekreatsiya  obyektlaridan  foydalanish  bilan bog‘liq  
muammolar;  7)  zaharli  kimyoviy  moddalarning  tabiiy  muhitni ifloslashi  
bilan  bog‘liq  muammolar  va  h.k.  •
Geoekologik  muammolarni  yechimining  ilmiy  asoslari. Ushbu 
muammolarning  yechimi  tizimli  tahlilga  bog‘liq.  Tizimli  tahlil  
natijasida  muammoning  asosiy  xususiyatlari,  ko‘lami,  rivojlanish  
bosqichlari, yo‘nalishlari,  sabablari  va  omillari,  oqibatlari  va  boshqalar  
ayon  bo‘ladi.  Geoekologik  muammolarni  tadqiq  etishda  asosan  
hududiy,  geotizimli  va  ekologik  prinsiplar  qo‘llaniladi.
•
Hududiy prinsipni  qo‘llash, muammoning hududiy miqyosini aniqlashga,  
uning  rivojlanish  chegaralarini,  tarqalish  arealini  ajratishga  imkon 
beradi.  Mazkur  prinsip  hudud  yaxlitligi,  uning  boshqa  hududlar  bilan 
aloqasi,  o‘zaro  bog‘liqlik  va  ta’sirda  bo‘lishini  bilishga  imkon  beradi. •
Geotizimli prinsip  geoekologik  muammoni  o‘rganish  uchun  
geografik asos  hisoblanadi,  chunki  u  hududning  tuzilishi  to‘g‘risida  
axborot  berish bilan  birga  uning  qanday  tabiiy  xususiyatlarga,  
resurslarga  ega  ekanligi haqida  ma’lumotlarni  olishga  imkon  beradi. 
 Mazkur  prinsip  geotizimlar  chegaralarining  joylashuvini,  ularning  
nisbati,  bir-birlariga  nisbatan past-balandligi,  tarkibiy-dinamik  holati  
haqida  ma’lumot  beradi.  Ushbu  prinsip  muammoning  ko‘pgina  
xususiyatlarini  baholashda,  kelajakda  bo‘ladigan  o‘zgarishlarni  
oldindan  prognoz  qilishda,  turli  tadbirlar tizimini  asoslashda  va  
ularni  qo‘llashda,  barcha  turdagi  kartalarni  tuzishda  asos  bo‘ladi. •
Ekologik prinsipning  qo‘llanilishi  tirik  organizmlar,  jumladan  
insonning  atrof-muhit  bilan  o‘zaro  aloqalari,  ta’siri  va  munosabatda  
bo‘lishi  nazarda  tutilganligi  bilan  bog‘liq.  Ekologik  muammoning  
mantiqiy ma’nosi  ham  aslida  tirik  organizm  bilan  jonsiz  tabiat  
orasidagi  o‘zaro aloqa  va  munosabatlarning  buzilishidan  iboratdir.  
Ushbu  munosabatning ziddiyatlashuvi  muayyan  geotizimlarda  ro‘y  
berib,  hududiy  xususiyatga  ega  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  mazkur 
 muammoni  geoekologik muammo  sifatida  tadqiq  etish  zarur. •
Geoekologik  muammoni  bartaraf  etish  deganda,  avvalo,  dastlabki  
tabiiy  muvozanatni  qayta  tiklashni  tushunmoq  lozim.  Tabiiy  
muvozanat (ekologik muvozanat)ni qayta tiklash – tabiiy komponentlar 
va geotizimlar  orasidagi  o‘zaro  bog‘liqlik,  aloqadorlik  va  harakatni  
dastlabki  holatiga  yaqinlashtirishdir,  lekin  uni  asl  holiga  qaytarib  
bo‘lmaydi.  Buzilgan tabiiy  muvozanatni  qayta  tiklash  tadbirlarida  
aho lining  yashash  sharoiti  va  sog‘ligini  ham  avvalgi  holatiga  olib  
kelish  lozim.  Masalan:  Orol va  Orolbo‘yi  bir-biri  bilan  uzviy  
bog‘liq  bo‘lgan  regional  geoekologik muammo  bo‘lib,  ularning  
yechimi  o‘zaro  bog‘liq  kompleks  tadbirlarni  baravariga  qo‘llagan  
holdagina  hal  qilish  mumkin.  Bunda,  eng  birinchi  navbatda,  
tashqaridan  kelayotgan  suvning  toza  va  miqdorining ko‘p  bo‘lishiga  
erishish  lozim.  Chunki,  muammoni  tezlatuvchi  kuch qurg‘oqchil  
iqlim  sharoitida  cho‘llashish  hodisasidir.  •
Lokal  geoekologik  muammolar  yechimi  eng  sodda  muammolar 
bo‘lib,  ularni  bartaraf  etishda,  eng  avvalo,  geoekologik  muammoli 
 hududning  tabiiy  geografik  sharoiti  va  tabiiy  qonuniyatlari  
chuqur o‘rganilishi  lozim.  Har  bir  geotizimning  xususiyatlariga  
mos  xo‘jalik tarmoqlari  va  tabiatdan  foydalanish  chora-tadbirlarini  
qo‘llash  orqali bunday  muammolarning  oldi  olinadi.  Masalan,  
yerlardan  sug‘orma  dehqonchilikda  foydalanilishda  har  bir  
geotizimning  xususiyati  o‘rganilib, so‘ngra  shunga  mos  ekin  
turlari,  sug‘orish  usuli  va  me’yorlari,  agrotexnika  tadbirlarini  
qo‘llash,  ya’ni  tabiat  bilan  munosabatda  uning  qonunlarini  
buzmaslik  kutilgan  natijalarga  erishish  kafolatidir.

O‘ZBEKISTONNING GEOEKOLOGIK MUAMMOLARI

• Geoekologik muammolarning vujudga kelishi tabiiy jarayonlar va inson faoliyati bilan bog‘liq tarzda ro‘y berishi mumkin. Geoekologik muammolarni keltirib chiqaruvchi tabiiy omillar va jarayonlardan asosiylari: vulqon otilishi, zilzila, surilma, ko‘chki, sel, suv toshqini, kuchli shamollar, yong‘inlar va boshqalar. Bunday omillar bevosita har bir geotizimning tabiiy xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, unda inson ishtiroki bo‘lmaydi.