Geografiya ta’limida interfaol metodlar
![Mav zu:
Geografi y a t a’limida
int erfaol met odlar](/data/documents/7ac30286-1bcc-424a-9753-e0374555ce8e/page_1.png)
![R E J A
Interfail ta’limning maqsadi va vazifalari
Pedagogik faoliyatni pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar
yordamida olib borishning ahamiyati.
Interfaol dars jarayonini o’tkazishda ishlatiladigan tadbirlar1
2
3](/data/documents/7ac30286-1bcc-424a-9753-e0374555ce8e/page_2.png)
![Interfail ta’limning maqsadi va vazifalari
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq, ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Uzluksiz ta’lim tizimini muayyan bir tartibga
solish maqsadida “Ta’lim to‘g‘risidagi” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Qonunlari qabul qilindi. Bugungi kunda ham ta’lim-
tarbiya jarayonini takomillashtirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Jahon hamjamiyatining integratsiyalashuvi asosida O‘zbekiston
Respublikasi ijtimoiy yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalashni ta’minlaydigan huquqiy-demokratik davlat va jamiyat
qurishning o‘ziga xos yo‘lini tanladi. Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev
tomonidan asoslab berilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
“Harakatlar strategiyasi” asos qilib olindi. Mamlakatimiz Prezidenti SH.M.Mirziyoevning “Harakatlar strategiyasi” dagi IV-yo‘nalish
hisoblangan “Ijtimoiy sohani rivojlantirish”, bunda ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga
oid davlat siyosatini takomillashtirish orqali davlat siyosati darajasiga ko‘tarish nihoyatda muhim bo‘lib qoldi. Mamlakatimizda zamon
talabiga mos yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va malakaga ega, yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrli mutaxassislar
tayyorlash uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan. Ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish, o‘quvchilarni zamon talablariga mos ravishda
ta’lim-tarbiya berish uchun avvalo, o‘qituvchi o‘z kasbini etuk mutaxassisi, kuchli bilim, iste’dod, tajriba, hamda o‘quv mashg‘ulotlarida
zamonga mos ta’lim usullaridan qanchalik to‘g‘ri foydalana olayotganligiga bog‘liqdir. Hozirgi axborot makonining globallashuvi,
ommaviy axborot vositalari kengayib borayotgan bir paytda o‘qituvchilarimiz tinimsiz izlanishlari, o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini
oshirib borishlari shart. Davrimiz taraqqiyotiga hamohang ravishda ilm xazinasi yanada boyib, yoshlarning intellektual salohiyati ortib
bormoqda. Endi o‘qituvchi o‘rganiladigan mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda o‘qitish vositalari va metodlar orqali pedagogik
faoliyatini tashkil etib, o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish xarakterini belgilaydi. Ayniqsa, geografiya fani o‘qituvchilari
o‘quv jarayonida dars samaradorligini oshiradigan pedagogik texnologiyalardan foydalanish bilan birgalikda axborot kommunikatsion
texnologiyalardan samarali foydalanishlari o‘rinlidir.
Mazkur uslubiy qo‘llanmada zamonaviy ta’limda samaradorligi e’tirof etilgan interfaol metodlarni geografiya darslarida qo‘llanishi,
texnologiyasi va metodikasi yoritilgan. SHuningdek, umumta’lim maktab geografiya fani o‘qituvchilari uchun axborot kommunikatsion
texnologiyalaridan foydalanib tayyorlangan dars ishlanmalar tavsiya etilgan.](/data/documents/7ac30286-1bcc-424a-9753-e0374555ce8e/page_3.png)
![Interfail ta’limning maqsadi va vazifalari
“ Pedagogik texnologiya ”, bu- o‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir
ko‘rsatishni va aks ta’sir mahsuli sifatida ularga oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini
kafolatlaydigan jarayondir. Pedagogik texnologiya o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy
natijani beruvchi yig‘inidir. Bugungi kunda jamiyat ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga o‘quvchi va talabani uzluksiz
rivojlantirish vazifasini qo‘ymoqda. Endilikda ijodkor, mantiqiy fikrlovchi, hayotiy vaziyatlarni qat’iy yondashuv
asosida hal qila oladigan o‘quvchi va talaba shaxsini shakllantirish va ijtimoiy hayotga tayyorlash davr talabidir. Ta’lim-
tarbiya tizimi orqali zamon talabiga javob beruvchi sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, ko‘p jihatdan o‘quv
fani o‘qituvchi va pedagoglarining kasbiy mahoratiga, ularning o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida innovatsion pedagogik
texnologiyalardan samarali foydalana olishlariga bog‘liqdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni
muvaffaqiyatli qo‘llash uchun Geografiya o‘kituvchilari maxsus metodik bilim va ko‘nikmalarni egallashlari,
pedagogik amaliyotda zarur bo‘ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari lozim. Geografiya o‘qituvchisi darsda
o‘rganiladigan mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari va pedagogik texnologiyalarning didaktik
funksiyalarini hisobga olgan holda qaysi texnologiyadan foydalanishini ilmiy-metodik asosda tanlagandagina
ko‘zlangan maqsadga va samaradorlikka erishadi.](/data/documents/7ac30286-1bcc-424a-9753-e0374555ce8e/page_4.png)
![Pedagogik faoliyatni pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar
yordamida olib borishning ahamiyati.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy
kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni
o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek,
o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyati nazorat qilish, ular tomonidan egallangan
bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim
jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatga ega, ya’ni, har bir pedagog ta’lim
va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim.
Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar
tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo’llanilayotgan ilg’or texnologiyalardan maqsadga muvofiq
foydalanish bilan bizga, ularni ijodiy rivojlantrish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda bir qator rivojlangan
mamalakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faoliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining
samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu
tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Quyida ta’lim amaliyotida
foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so’z yuritamiz.](/data/documents/7ac30286-1bcc-424a-9753-e0374555ce8e/page_5.png)
![Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik
texnologiyalar quyidagilarni kafolatlashi zarur
pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya
jarayonining)samaradorligini oshirishi
o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni
qaror toptirishi
o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta
bilimlarning egallashini ta’minlashi
o’quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash
ko’nikmalarini shakllantirishi
o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara
olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi
pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik
g’oyalarining ustuvorligiga erishish](/data/documents/7ac30286-1bcc-424a-9753-e0374555ce8e/page_6.png)
![Interfaol dars jarayonini o’tkazishda ishlatiladigan tadbirlar
Tushunchal
ar tahlili •
Geografiya fanini o‘qitishda “Tushunchalar tahlili” metodi o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanishi yoki dars
oxirida, yoki o‘quv predmetining biron-bir bo‘limi tugallanganda) o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirganlik darajasini baholash, takrorlash,
mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin o‘quvchilarning
bilimlarini tekshirib olish uchun qo‘llaniladi.
Ven
diogramma
si •
Geografiya darslarida eng yuqori samarali natija beradigan metodlardan biri “Venn diagrammasi” metodidir. Ushbu metod fan yoki mavzudagi ikki
va uch jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun qo‘llaniladi. O‘quvchilarda tizimli
fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu metod barcha sinflarda tabiiy geografik qobiq, materiklar va
okeanlar, tabiiy geografik o‘lkalar, iqtisodiy rayonlar kabi bir-biriga bog‘liq mavzularni tahlil qilish, solishtirish, taqqoslash va mustahkamlashda
foydalanish yaxshi samara beradi
Charxpala
k •
O‘quvchilarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarini baholash. yakka va guruhlarda
ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan qarashga, ko‘p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o‘rgatadigan metodlardan biri bu - “CHarxpalak”
metodir. Geografiya fani dars mashg‘ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida yoki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi
tugallanganda, o‘tilgan mavzularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash maqsadlarida
qo‘llaniladi.
Bumerang •
“ Bumerang” metodidan o‘quvchilar, dars jarayonida, darsdan tashkarida turli adabiyotlar, matnlar bilan, ishlash, o‘rganilgan
materialni yodida saqlab kolish, so‘zlab berish, fikrlaщ, erkin xolda bayon eta olish, kiska vakt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish
xamda dars mobaynida o‘kituvchi tomonidan barcha o‘kuvchilarni baxolay olishga qaratilgan.](/data/documents/7ac30286-1bcc-424a-9753-e0374555ce8e/page_7.png)
![Tushunchalar tahlili metodi
Tushunchalar
Mazmuni
Tabiiy k o‘ payish A h oli o‘ lganlar soniga nisbatan tugilganlar soning orti q ligi h isobiga k o‘ payishi
Mexanik k o‘ payish A h olining migratsiya h isobiga k o‘ payishi
Emigratsiya A h olini mamlakatdan k o‘ chib ketishi
Immig r atsiya A h olini mamlakatga k o‘ chib kelishi
Ekstensiv X o‘ jalik yaxshi mexanizatsiyalashmagan, fan texnika tarakkiyoti
muvaffakiyatlaridan kam foydalaniladigan
x o‘ jalik
Intensiv Fan–texnika yutu q larinii iq tisodiyotga tezkor joriy etuvchi, xom–ashyo va
boyliklarni tejab tergab, chi q indi chi q armay t o‘ li q foydalanuvchi x o‘ jalik
Sanoat Milliy i q tisodiyotning moddiy ne’matlar ishlab chikaruvchi mu h im tarmo g‘ idir
Ixtisoslashuv Ishlab chikarishning asosan bir xil ma h sulot chikaradigan tashkiliy shakli
Kooperativlashuv Tayyor ma h sulot tayyorlashda bir q ancha korxona q atnashadigan ishlab
chi q arish shakli
Majmua Ishlab chi q arishni tashkillashning i q tisodiy samaradorlikka q aratilgan muxim
shakli.](/data/documents/7ac30286-1bcc-424a-9753-e0374555ce8e/page_8.png)
![Ven diogrammasi metodi
Amazonka
1. Eng sersuv
2. Teskari oqish
hodisasi
kuzatiladi
3. Yirtqich
baliqlar bor Nil
1. Eng uzun
2. Delta hosil
qiladi
3. Ostona va
sharsharalar
ko’p1. Kema qatnaydi.
2. Т ranzit daryo](/data/documents/7ac30286-1bcc-424a-9753-e0374555ce8e/page_9.png)
![Ven diogrammasi metodi](/data/documents/7ac30286-1bcc-424a-9753-e0374555ce8e/page_10.png)
![Charxpalak metodi
№ O‘rta Osiyo va
O‘zbekistondagi
suv omborlar O‘rta Osiyo va O‘zbekistondagi suv omborlarning joylashgan
o‘rni
Amudaryo Sirdaryo Vaxsh CHirchiq Irtish Norin
1 Buxtarma +
2 Qayroqqum +
3 To‘xtag‘ul +
4 Tuyamo‘yin +
5 CHordara +
6 Rogun +
7 Norak +
8 CHorvoq +
9 Andijon
10 Tolimarjon +](/data/documents/7ac30286-1bcc-424a-9753-e0374555ce8e/page_11.png)
![Bumerang metodi
Transport turlari
Transport yo’lovchilarni va yuk tashish bilan mamlakat bo’ylab
ham, jahon bo’ylab ham geografik mehnat taqsimotining
chuqurlashuviga imkon yaratadi. U mamlakatlaro iqtisodiy,
madaniy aloqlarning yuklashishida muhim rol o’ynaydi. Materik
markazida joylashgan mamlakatimizning xalqaro aloqasida
transportning o’rni, ayniqsa, muhim. Endilikda transportning
quruqlik (temir yo’l, avtomabil transporti), suv (dengiz va daryo),
havo, quvur (neft va tabiiy gaz tashish) va elektr (elektr uzatish
liniyalari) transporti turlariga egamiz. Suv transporti boshqa turdagi transporlardan sekin
harakatklanishi bilan ajralib turadi. Ammo u o li s masofaga
to’xtovsiz harakat qilishdan, tezligi katta bo’lsada, stansiyalarda
to’xtab – to’xtab xarakatlanadigan poyezd bilan muayyan
masofani bir vaqtda bosib o’ta oladi. Yukni temir yo’l va suv
transportida bevosita egasiga yetkazish imkoniyati ancha
cheklangan. Bulardan farqli o’laroq, avtomobilda istalgan
joyga olib boradi . Transportning ishi haqida uning yuk tashish
hajmiga qarab fikr yuritish mumkin. Yuk tashsish hajmi ma’lum
vaqtda masofaga tashikgan yuk miqdoridir. U tonna, kilometrda
ifodalanadi.
Avtomobil transporti
Avtomobil transporti yuklarni (boshqa transportga qayta ortmay)
bevosita istyemolchiga yetkazib bera oladi. Avtomobil transporti
sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalarini magistral transport bilan
bog’laydi, shaharlardagi va shaharlar atrofi hududlaridagi
yuklarning asosiy qismini tashiydi. Qisqa (100 km gacha) va
o’rtacha masofalarga yo’lovchi hamda yuk tashishda
temiryo’llarga qaraganda avtomobilafzaldir. Mamlakatimizning
tog’li rayonlarida avtomobil transportining ahamiyati katta.
Temiryo’l transporti
Temiryo’l transporti iqlimiy sharoitlar va yil fasllari qanday
bo’lishiga ramasdan hamma vaqt ishlayveradi. Uning tezligi katta,
yuk tashish tannarxi nisbatan past. Temiryo’l magistrallarini turli
yo’nalishga qurush mumkin. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz temir
yo’lllarining umumiy uzunligi 7 ming kilometr.O’zbekistonda
temir yo’llar qo’shni mamlakatdagiga (Qozog’istondan tashqari)
qaraganda ko’p va texnik jixatdan ulardan oldinda turadi.
Mamlakatimizning deyarli barcha temiryo’llari tekisliklardan,
daryo vodiylaridan o’tadi](/data/documents/7ac30286-1bcc-424a-9753-e0374555ce8e/page_12.png)
Mav zu: Geografi y a t a’limida int erfaol met odlar
R E J A Interfail ta’limning maqsadi va vazifalari Pedagogik faoliyatni pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar yordamida olib borishning ahamiyati. Interfaol dars jarayonini o’tkazishda ishlatiladigan tadbirlar1 2 3
Interfail ta’limning maqsadi va vazifalari Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq, ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Uzluksiz ta’lim tizimini muayyan bir tartibga solish maqsadida “Ta’lim to‘g‘risidagi” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Qonunlari qabul qilindi. Bugungi kunda ham ta’lim- tarbiya jarayonini takomillashtirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Jahon hamjamiyatining integratsiyalashuvi asosida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalashni ta’minlaydigan huquqiy-demokratik davlat va jamiyat qurishning o‘ziga xos yo‘lini tanladi. Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan asoslab berilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” asos qilib olindi. Mamlakatimiz Prezidenti SH.M.Mirziyoevning “Harakatlar strategiyasi” dagi IV-yo‘nalish hisoblangan “Ijtimoiy sohani rivojlantirish”, bunda ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish orqali davlat siyosati darajasiga ko‘tarish nihoyatda muhim bo‘lib qoldi. Mamlakatimizda zamon talabiga mos yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va malakaga ega, yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrli mutaxassislar tayyorlash uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan. Ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish, o‘quvchilarni zamon talablariga mos ravishda ta’lim-tarbiya berish uchun avvalo, o‘qituvchi o‘z kasbini etuk mutaxassisi, kuchli bilim, iste’dod, tajriba, hamda o‘quv mashg‘ulotlarida zamonga mos ta’lim usullaridan qanchalik to‘g‘ri foydalana olayotganligiga bog‘liqdir. Hozirgi axborot makonining globallashuvi, ommaviy axborot vositalari kengayib borayotgan bir paytda o‘qituvchilarimiz tinimsiz izlanishlari, o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirib borishlari shart. Davrimiz taraqqiyotiga hamohang ravishda ilm xazinasi yanada boyib, yoshlarning intellektual salohiyati ortib bormoqda. Endi o‘qituvchi o‘rganiladigan mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda o‘qitish vositalari va metodlar orqali pedagogik faoliyatini tashkil etib, o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish xarakterini belgilaydi. Ayniqsa, geografiya fani o‘qituvchilari o‘quv jarayonida dars samaradorligini oshiradigan pedagogik texnologiyalardan foydalanish bilan birgalikda axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanishlari o‘rinlidir. Mazkur uslubiy qo‘llanmada zamonaviy ta’limda samaradorligi e’tirof etilgan interfaol metodlarni geografiya darslarida qo‘llanishi, texnologiyasi va metodikasi yoritilgan. SHuningdek, umumta’lim maktab geografiya fani o‘qituvchilari uchun axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanib tayyorlangan dars ishlanmalar tavsiya etilgan.
Interfail ta’limning maqsadi va vazifalari “ Pedagogik texnologiya ”, bu- o‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishni va aks ta’sir mahsuli sifatida ularga oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir. Pedagogik texnologiya o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani beruvchi yig‘inidir. Bugungi kunda jamiyat ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga o‘quvchi va talabani uzluksiz rivojlantirish vazifasini qo‘ymoqda. Endilikda ijodkor, mantiqiy fikrlovchi, hayotiy vaziyatlarni qat’iy yondashuv asosida hal qila oladigan o‘quvchi va talaba shaxsini shakllantirish va ijtimoiy hayotga tayyorlash davr talabidir. Ta’lim- tarbiya tizimi orqali zamon talabiga javob beruvchi sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, ko‘p jihatdan o‘quv fani o‘qituvchi va pedagoglarining kasbiy mahoratiga, ularning o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalana olishlariga bog‘liqdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo‘llash uchun Geografiya o‘kituvchilari maxsus metodik bilim va ko‘nikmalarni egallashlari, pedagogik amaliyotda zarur bo‘ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari lozim. Geografiya o‘qituvchisi darsda o‘rganiladigan mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari va pedagogik texnologiyalarning didaktik funksiyalarini hisobga olgan holda qaysi texnologiyadan foydalanishini ilmiy-metodik asosda tanlagandagina ko‘zlangan maqsadga va samaradorlikka erishadi.
Pedagogik faoliyatni pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar yordamida olib borishning ahamiyati. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyati nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatga ega, ya’ni, har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo’llanilayotgan ilg’or texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan bizga, ularni ijodiy rivojlantrish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamalakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faoliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Quyida ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so’z yuritamiz.