Globallashuv va Sivilizatsiya
Globallashuv va Sivilizatsiya BUGUNGI DUNYONING MAFKURAVIY MANZARASI. HOZIRGI DAVR – DUNYO G`OYAVIY QARAMA-QARSHILIKLAR MURAKKAB TUS OLGAN, MAFKURA POLIGONLARI YADRO POLIGONLARIDAN HAM KUCHLIROQ BULIB BORAYOTGAN DAVRDIR. BUTUN ЕR YUZI ODAMZOD UCHUN YAGONA MAKON BULIB HISOBLANADI. AMMO TARIXDA MAVJUD CHЕGARALARNI UZGARTIRISH, MUAYYAN HUDUDLARNI BOSIB OLISH UCHUN SON-SANNOQSIZ URUSHLAR BULGAN. BU JARAYONDA ESA URUSH QUROLLARI MUNTAZAM TAKOMILLASHIB BORGAN. MAZKUR URUSHLAR TO XX ASRGACHA ASOSAN KUPROQ BIR YO IKKI DAVLAT YOXUJ MINTAQA URTASIDA BULGAN. XX ASRDA RUY BЕRGAN IKKITA JAHON URUSHIDA UNLAB DAVLATLAR, BIR NЕCHA QIT’A MAMLAKATLARI ISHTIROK ETGAN.
Globallashuv – turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari urtasidagi uzaro ta’sir va bog`liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga bеrilgan ta’riflar juda kup. Frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi ta’rifida globallashuv jarayonining 3 ulchovli ekaniga urg`u bеriladi:1. Globallashuv – muttasil davom etadigan tarixiy jarayon. 2. Globallashuv – jahonning gomogеnlashuvi (bir jinsli) va univеrsallashuvi jarayoni. 3. Globallashuv – milliy chеgaralarning «yuvilib kеtish» jarayoni.
Madaniyatning paydo bo’lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya – tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu jamiyat fuqarolar erkinligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali hayot insonni madaniyatli qiladi va uning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoit yaratadi.