logo

Sugʻd sivilizatsiya

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

670.580078125 KB
Sugʻd sivilizatsiya  Sugʻd, Soʻgʻd, Sugʻud - 
Markaziy Osiyodagi qadimiy 
tarixiy-madaniy viloyat. Ilk 
bor miloddan avval VII-VI 
asrlarda qadimiy "Avesto"da 
tilga olingan. Bu nom 20 asr 
boshlarigacha saqlangan.
Sugʻd
Miloddan avvalgi VI asrda 
Axamoniylar sulolasi 
vakillarining qoyatosh 
xotirot bitiklarida Suguda 
shaklida qadimiy Eron 
saltanatiga tobe qilingan 
satrapliklardan biri, 
mamlakat nomi sifatida 
qayd etilgan Yunon manbalarida — 
Sogdianoy. Bu shakl 
yunonlar tomonidan soʻz 
tarkibidagi — anaka — 
tegishlilik, mansublik 
maʼnosini bildiruvchi 
nisbat qoʻshimchasini soʻz 
oʻzagiga qoʻshib 
yuborishdan paydo 
boʻlgan. Xitoy manbalarida 
— Suli. Sugʻd yozuvi 
yodgorliklari mamlakat 
nomini Sug'd  yoki.Sugʻud  
shaklida koʻrsatadi. Sugʻdik yoki Sgʻudik, 
Sugʻdiyonak — 
Sgʻudiyonak shakllari 
"Sugʻdga oid", 
"Sugʻdiy" kabi 
maʼnolarda 
qoʻllanadi. O'rta 
asrlarda arabiy, 
forsiy, turkiy 
manbalar mamlakat 
nomini "Sug'd" 
shaklida qoʻllayd i Sugʻd" soʻzining maʼnosi fanda har xil 
talqin qilib kelinadi. Masalan, Soʻch —
GʻGʻ Soʻz — "kuymoq, yonmoq, 
porlamoq" deb izohlangan. Bundan 
Sugʻdni "Muqaddas ilohiy olov 
(Zardushtiylik tasavvuriga koʻra) bilan 
poklangan yer" kabi maʼnoda talqin 
etishga harakat qilingan (V. 
Tomashek). Yana bir izohga koʻra, 
"Sug'd" soʻzi sernam, unumdor yer 
deb tushuniladi. Bunga hozirga qadar 
pastlik, suv yigʻiladigan yer "S, Sugʻut" 
deb nomlanishini dalil qilib 
koʻrsatiladi. Avestoda Sug'd mamlakat 
nomi sifatida bir marta uchraydi. 
"Ardvisura Yashti" —("Obon Yasht") va 
Ardvi (Amudaryo) Ishkata, Paruta, 
Mouri, Suguda va Xvarazm tomon 
hayotbaxsh suvlarini eltadi, deya 
taʼkidlanadi. Avestoning Videvdat 
naskida esa Axuramazda yaratgan 
ezgu yurtlardan biri Gava deyiladi va u 
yerda sugdlar yashaydi deb 
koʻrsatiladi. Sug'd mamlakati (poytaxti — 
Samarqand, 645—654 yillarda 
Kesh) 3 ta tarixiy-geografik hududni 
birlashtirgan. Samarqand Si, 
Buxoro Si va Kesh-Naxshab Si. Har 
3 qism oʻzaro tabiiy chegaraga ham 
ega edi: Zarafshon togʻ tizmalari 
Samarqand va Kesh-Naxshab 
oʻrtasini Karmanadan keyin Malik 
choʻli Buxoro va Samarqand Sini 
ajratib turgan.
Buyuk ipak yoʻlining markaziy 
tarmoqlari Sugʻd orqali oʻtgan. 
Natijada Sugʻd xalqaro savdo 
munosabatlarida muhim oʻrin tuta 
boshlagan. Buyuk ipak yoʻli boʻylab 
Sug'd savdogarlarining qishloqlari, 
shaharlarida esa ularning 
mahallalari paydo boʻlgan. Sugʻdiy 
tili xalqaro til rolini oʻynagan. Bu hol 
Xitoy sayyohlari tomonidan Sugʻd 
chegaralari haqida notoʻgʻri 
tasavvurlar hosil qilgan (Syuan 
Szan). Sug'd miloddan avval VI-IV asrlarda avval 
ahamoniylarga, soʻngra miloddan avval 329-
yilda Iskandar Maqduniy saltanatga, uning 
davomchisi Salavk davlatiga, Yunon-
Baqtriyaga tobe boʻlgan.
Miloddan avval II-I asrlardan boshlab Sugʻd 
oʻz mustaqilligini tiklashga kirishgan. Uning 
markaziy va mahalliy tangalari zarb qilina 
boshlagan. Sugʻd asta-sekin har 3 qismni oʻz 
atrofiga toʻplagan konfederativ davlat 
uyushmasiga aylanib borgan.
Milodiy I-V asrlarda Sugʻd kushonlar, 
xioniylar, abdallar, kidarlar taʼsirida boʻla 
turib, oʻz nisbiy mustaqilligini saqlab keldi. 
Sug'd konfederatsiyasi milodiy VI asr 
oʻrtalaridan VIII asr boshlarigacha siyosiy 
jihatdan kuchayib borgan. Arab istilosining 
boshlangʻich davridan (VIII asr 1-chorak), to 
Sug'd podshohi Turgʻar davri oxirigacha (738
—759 yillar) Sug'd oʻzining konfederativ 
xususiyatini saqlashga harakat qilgan. 
Turgʻardan keyin Sug'dda ixshidlik siyosiy 
hokimiyat tugab, mamlakat xalifalik tarkibiga 
singdirilgan. IV-VIII asrlarda soʻgʻdlar Uzoq Sharq, 
Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq 
mintaqalari savdosida asosiy 
vositachi boʻlganlar va butun Buyuk 
ipak yoʻli boʻylab muntazam xalqaro 
karvon savdosini tashkil etganlar. 
Soʻgʻd bu davrlarda bekliklar va erkin 
shaharlar hamdoʻstligidan iborat 
boʻlgan va ular orasida Samarqand, 
Maymurgʻ, Kesh, Naxshab, Ishtixon, 
Kushaniya, Buxoro, Amul va Andxoy 
ajralib turgan. Xitoygacha boʻlgan 
butun yoʻl boʻylab, janubdagi Xotan 
va Sharqiy Turkiston orqali Lob Nor 
va Yettisuv shimoligacha soʻgʻd 
mulkiy hududlari tarkib topgan va 
ular XII asrgacha mavjud boʻlgan. 
Soʻgʻdlarning Turon va Xitoydagi eng 
yirik mulklari ularning alohida 
jamoalar boʻlib yashagan Kucha, 
Chanan, Lanchjou, Dunxuan, Loyan 
kabi shaharlarda mavjud boʻlgan. IV 
asrda Dunxuanning oʻzida soʻgʻd 
jamoasi taxminan 1000 kishidan 
iborat boʻlgan Samarqandning sharqiy darvozalari "Xitoy" 
nomi bilan ataladi. Xalqaro savdo aloqalari 
Samarqand, Paykend va boshqa yirik 
shaharlardagi boy soʻgʻd uylari tomonidan 
nazorat qilinar edi. Ular oʻz vositachilari 
orqali kreditlar berishgan, savdo 
kelishuvlarini boshqarishgan. Tan sulolasi 
tarixida qayd etilishicha, Kan 
hukmdorligida "yangi tugʻilgan oʻgʻil 
chaqaloq shirinsoʻz boʻlishi hamda pulni 
mahkam ushlashi uchun uning tiliga tosh 
asal, kaftlariga esa yelim surtilgan. 20 
yoshga toʻlgan erkak xorijga ketgan va 
qaysi joyda manfaat koʻrsa, oʻsha yerga 
borgan". Olis safarlar, Chin, Hindiston, Eron, 
Kichik Osiyo xalq hunarmandchiligi va 
anʼanalari bilan tanishuv orqali Gʻarb va 
Sharq yutuqlarini oʻzida mujassam etgan 
noyob va ochiq soʻgʻd madaniyati 
shakllangan. Soʻgʻd hunarmandchiligi 
markazi va savdo yoʻllari - Samarqand, 
Panjikent, Paykent, Buxoro va Varaxshi 
xavfsizligini taʼminlash ehtiyoji kuchli 
davlatlar bilan ittifoq tuzishga qaratilgan 
siyosiy yoʻnalishni belgilab bergan VI asrda Soʻgʻd Eftaliylar davlati, keyinchalik Turk 
xoqonligi tarkibiga kirgan, 630-yildan buyon esa 
Chinning Tan sulolasi hukmdorligini tan olgan. 
Xoqonlik yuksalishi davrida soʻgʻdlar turkiylarning 
Xitoydan oʻlpon sifatida olgan shoyi bilan savdo qilish 
imkoniyatiga ega boʻlishgan. VI asr 70-yillarida turkiy 
hukmdorlar farmoni bilan soʻgʻd savdogari Maniax 
savdo kafolatlari yuzasidan muzokaralarni avvaliga 
Eron Shahanshohi, soʻngra Vizantiya imperatori bilan 
olib borgan. Oʻrta asrlarda soʻgʻd tili Buyuk ipak 
yoʻlidagi asosiy muloqot tiliga aylangan. Buddistlar, 
nasroniylar, manixeylar oʻzlarining diniy matnlarini 
soʻgʻd tiliga tarjima qilishgan. Bunda ular oʻzlarining 
yozma anʼanalaridan foydalanishgan: buddistlardan 
hind alifbosi, manixeylardan arameys bosmasi, 
nasroniy-suriyaliklardan dastlabki umumiy maktubot, 
nestoriyan va yakovitlardan diniy eʼtiqod alifbolarini 
oʻzlashtirishgan. Ammo ular aramey alifbosiga 
asoslangan va keyinchalik uygʻurlar tomonidan 
foydalanilgan ilk soʻgʻd yozuvi oʻrnini egallay olmadi. 
Mazkur yozuv namunalari bilan Dunxuandagi mulkiy 
hududlardan yoʻllangan "koʻhna maktublar" va 
Zarafshon vodiysidagi Mug togʻida topilgan hujjatlar 
yordamida tanishish mumkin. E't í boringiz uchun tashakkur

Sugʻd sivilizatsiya

Sugʻd, Soʻgʻd, Sugʻud - Markaziy Osiyodagi qadimiy tarixiy-madaniy viloyat. Ilk bor miloddan avval VII-VI asrlarda qadimiy "Avesto"da tilga olingan. Bu nom 20 asr boshlarigacha saqlangan. Sugʻd Miloddan avvalgi VI asrda Axamoniylar sulolasi vakillarining qoyatosh xotirot bitiklarida Suguda shaklida qadimiy Eron saltanatiga tobe qilingan satrapliklardan biri, mamlakat nomi sifatida qayd etilgan

Yunon manbalarida — Sogdianoy. Bu shakl yunonlar tomonidan soʻz tarkibidagi — anaka — tegishlilik, mansublik maʼnosini bildiruvchi nisbat qoʻshimchasini soʻz oʻzagiga qoʻshib yuborishdan paydo boʻlgan. Xitoy manbalarida — Suli. Sugʻd yozuvi yodgorliklari mamlakat nomini Sug'd yoki.Sugʻud shaklida koʻrsatadi.

Sugʻdik yoki Sgʻudik, Sugʻdiyonak — Sgʻudiyonak shakllari "Sugʻdga oid", "Sugʻdiy" kabi maʼnolarda qoʻllanadi. O'rta asrlarda arabiy, forsiy, turkiy manbalar mamlakat nomini "Sug'd" shaklida qoʻllayd i

Sugʻd" soʻzining maʼnosi fanda har xil talqin qilib kelinadi. Masalan, Soʻch — GʻGʻ Soʻz — "kuymoq, yonmoq, porlamoq" deb izohlangan. Bundan Sugʻdni "Muqaddas ilohiy olov (Zardushtiylik tasavvuriga koʻra) bilan poklangan yer" kabi maʼnoda talqin etishga harakat qilingan (V. Tomashek). Yana bir izohga koʻra, "Sug'd" soʻzi sernam, unumdor yer deb tushuniladi. Bunga hozirga qadar pastlik, suv yigʻiladigan yer "S, Sugʻut" deb nomlanishini dalil qilib koʻrsatiladi. Avestoda Sug'd mamlakat nomi sifatida bir marta uchraydi. "Ardvisura Yashti" —("Obon Yasht") va Ardvi (Amudaryo) Ishkata, Paruta, Mouri, Suguda va Xvarazm tomon hayotbaxsh suvlarini eltadi, deya taʼkidlanadi. Avestoning Videvdat naskida esa Axuramazda yaratgan ezgu yurtlardan biri Gava deyiladi va u yerda sugdlar yashaydi deb koʻrsatiladi.