logo

SUGʻD Konfederatsiyasi svilizatsiyasi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

622.0205078125 KB
MAVZU: SUGʻD KONFEDERATSIYASI 
SVILIZATSIYASI
REʼJA:
• KIRISH
•   SOʻGʻD KONSTITUTSIYANING VUJUDGA KELISHI
• SOʻGʻD SAVDOGARNING BUYUK IPAK YOʻLIDA TUTGAN OʻRNI
• SOʻGʻD KONFEDRATSIYASINING INQIROZI 
• XULOSA
• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI  Kirish 
• Sugʻd , Soʻgʻd, Sugʻud -  Markaziy Osiyodagi  qadimiy tarixiy-madaniy viloyat. Ilk 
bor miloddan avval VII-VI asrlarda qadimiy "Avesto"da tilga olingan. Bu nom 
20 asr boshlarigacha saqlangan.
• Miloddan avvalgi VI asrda Axamoniylar sulolasi vakillarining qoyatosh xotirot 
bitiklarida Suguda shaklida qadimiy Eron saltanatiga tobe qilingan 
satrapliklardan biri, mamlakat nomi sifatida qayd etilgan. Yunon manbalarida 
— Sogdianoy. Bu shakl yunonlar tomonidan soʻz tarkibidagi — anaka — 
tegishlilik, mansublik maʼnosini bildiruvchi nisbat qoʻshimchasini soʻz oʻzagiga 
qoʻshib yuborishdan paydo boʻlgan. Xitoy manbalarida — Suli. Sugʻd yozuvi 
yodgorliklari mamlakat nomini Sug'd yoki Sgʻud shaklida koʻrsatadi.  SOʻGʻD KONFEDRATSIYASINING VUJUDGA 
KELISHI 
• Sugʻdik yoki Sgʻudik, Sugʻdiyonak — Sgʻudiyonak shakllari "Sugʻdga oid", "Sugʻdiy" kabi maʼnolarda 
qoʻllanadi. O'rta asrlarda arabiy, forsiy, turkiy manbalar mamlakat nomini "Sug'd" shaklida qoʻllaydi.
• Sugʻd" soʻzining maʼnosi fanda har xil talqin qilib kelinadi. Masalan, Soʻch —GʻGʻ Soʻz — "kuymoq, 
yonmoq, porlamoq" deb izohlangan. Bundan Sugʻdni "Muqaddas ilohiy olov ( Zardushtiylik
 tasavvuriga koʻra) bilan poklangan yer" kabi maʼnoda talqin etishga harakat qilingan (V. Tomashek). 
Yana bir izohga koʻra, "Sug'd" soʻzi sernam, unumdor yer deb tushuniladi. Bunga hozirga qadar 
pastlik, suv yigʻiladigan yer "S, Sugʻut" deb nomlanishini dalil qilib koʻrsatiladi. Avestoda Sug'd 
mamlakat nomi sifatida bir marta uchraydi. "Ardvisura Yashti" —("Obon Yasht") va Ardvi (Amudaryo) 
Ishkata, Paruta, Mouri, Suguda va Xvarazm tomon hayotbaxsh suvlarini eltadi, deya taʼkidlanadi. 
Avestoning Videvdat naskida esa Axuramazda yaratgan ezgu yurtlardan biri Gava deyiladi va u 
yerda sugdlar yashaydi deb koʻrsatiladi.    • Sug'd mamlakati (poytaxti — Samarqand, 645—654 yillarda Kesh) 3 ta tarixiy-
geografik hududni birlashtirgan. Samarqand Si, Buxoro Si va Kesh-Naxshab Si. 
Har 3 qism oʻzaro tabiiy chegaraga ham ega edi: Zarafshon togʻ tizmalari 
Samarqand va Kesh-Naxshab oʻrtasini Karmanadan keyin Malik choʻli Buxoro va 
Samarqand Sini ajratib turgan.
• Buyuk ipak yoʻlining markaziy tarmoqlari Sugʻd orqali oʻtgan. Natijada Sugʻd 
xalqaro savdo munosabatlarida muhim oʻrin tuta boshlagan. Buyuk ipak yoʻli 
boʻylab Sug'd savdogarlarining qishloqlari, shaharlarida esa ularning 
mahallalari paydo boʻlgan.  Sugʻdiy tili  xalqaro til rolini oʻynagan. Bu hol Xitoy 
sayyohlari tomonidan Sugʻd chegaralari haqida notoʻgʻri tasavvurlar hosil 
qilgan (Syuan Szan).    SOʻGʻD SAVDOGARNING BUYUK IPAK YOʻLIDA 
TUTGAN OʻRNI
• Sug'd miloddan avval VI-IV asrlarda avval ahamoniylarga, soʻngra miloddan avval 329-yilda 
Iskandar Maqduniy saltanatga, uning davomchisi Salavk davlatiga, Yunon-Baqtriyaga tobe 
boʻlgan.
• Miloddan avval II-I asrlardan boshlab Sugʻd oʻz mustaqilligini tiklashga kirishgan. Uning 
markaziy va mahalliy tangalari zarb qilina boshlagan. Sugʻd asta-sekin har 3 qismni oʻz 
atrofiga toʻplagan konfederativ davlat uyushmasiga aylanib borgan.
• Milodiy I-V asrlarda Sugʻd kushonlar, xioniylar, abdallar, kidarlar taʼsirida boʻla turib, oʻz nisbiy 
mustaqilligini saqlab keldi. Sug'd konfederatsiyasi milodiy VI asr oʻrtalaridan VIII asr 
boshlarigacha siyosiy jihatdan kuchayib borgan. Arab istilosining boshlangʻich davridan (VIII 
asr 1-chorak), to Sug'd podshohi Turgʻar davri oxirigacha (738—759 yillar) Sug'd oʻzining 
konfederativ xususiyatini saqlashga harakat qilgan. Turgʻardan keyin Sug'dda ixshidlik siyosiy 
hokimiyat tugab, mamlakat xalifalik tarkibiga singdirilgan.  SOʻGʻD SAVDOGARLARINING 
HARAKATLANISH TARMOQLARI
• IV-VIII asrlarda soʻgʻdlar  Uzoq Sharq ,  Markaziy Osiyo  va  Yaqin Sharq  mintaqalari savdosida asosiy 
vositachi boʻlganlar va butun  Buyuk ipak yoʻli  boʻylab muntazam xalqaro karvon savdosini tashkil 
etganlar. Soʻgʻd bu davrlarda bekliklar va erkin shaharlar hamdoʻstligidan iborat boʻlgan va ular orasida 
Samarqand ,  Maymurgʻ ,  Kesh ,  Naxshab ,  Ishtixon ,  Kushaniya ,  Buxoro ,  Amul  va  Andxoy  ajralib turgan. 
Xitoygacha  boʻlgan butun yoʻl boʻylab, janubdagi  Xotan  va  Sharqiy Turkiston  orqali  Lob Nor  va  Yettisuv
 shimoligacha soʻgʻd mulkiy hududlari tarkib topgan va ular XII asrgacha mavjud boʻlgan. Soʻgʻdlarning 
Turon va Xitoydagi eng yirik mulklari ularning alohida jamoalar boʻlib yashagan Kucha, Chanan, 
Lanchjou, Dunxuan, Loyan kabi shaharlarda mavjud boʻlgan. IV asrda Dunxuanning oʻzida soʻgʻd jamoasi 
taxminan 1000 kishidan iborat boʻlgan. Samarqandning sharqiy darvozalari "Xitoy" nomi bilan ataladi. 
Xalqaro savdo aloqalari Samarqand, Paykend va boshqa yirik shaharlardagi boy soʻgʻd uylari tomonidan 
nazorat qilinar edi. Ular oʻz vositachilari orqali kreditlar berishgan, savdo kelishuvlarini boshqarishgan.   SOʻGʻD SAVDOGARLARINING XITOY 
SALNOMALARIDAGI KOʻRINISHI VA QADIMGI 
KOʻZA NAMUNASI  SOʻGʻD KONFEDRATSIYASI VA XITOY 
IMPERIYASI MUNOSABATLARI
• Tan sulolasi tarixida qayd etilishicha, Kan hukmdorligida "yangi tugʻilgan oʻgʻil chaqaloq shirinsoʻz boʻlishi 
hamda pulni mahkam ushlashi uchun uning tiliga tosh asal, kaftlariga esa yelim surtilgan. 20 yoshga toʻlgan 
erkak xorijga ketgan va qaysi joyda manfaat koʻrsa, oʻsha yerga borgan". Olis safarlar, Chin, Hindiston, Eron, 
Kichik Osiyo xalq hunarmandchiligi va anʼanalari bilan tanishuv orqali Gʻarb va Sharq yutuqlarini oʻzida 
mujassam etgan noyob va ochiq soʻgʻd madaniyati shakllangan. Soʻgʻd hunarmandchiligi markazi va savdo 
yoʻllari - Samarqand, Panjikent, Paykent, Buxoro va Varaxshi xavfsizligini taʼminlash ehtiyoji kuchli davlatlar 
bilan ittifoq tuzishga qaratilgan siyosiy yoʻnalishni belgilab bergan. VI asrda Soʻgʻd Eftaliylar davlati, 
keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan, 630-yildan buyon esa Chinning Tan sulolasi hukmdorligini tan 
olgan. Xoqonlik yuksalishi davrida soʻgʻdlar turkiylarning Xitoydan oʻlpon sifatida olgan shoyi bilan savdo 
qilish imkoniyatiga ega boʻlishgan. VI asr 70-yillarida turkiy hukmdorlar farmoni bilan soʻgʻd savdogari 
Maniax savdo kafolatlari yuzasidan muzokaralarni avvaliga Eron Shahanshohi, soʻngra Vizantiya imperatori 
bilan olib borgan. Oʻrta asrlarda soʻgʻd tili Buyuk ipak yoʻlidagi asosiy muloqot tiliga aylangan.   XITOY SHAHARLARIDAGI SOʻGʻD 
SAVDOGARLARINING XITOY 
RASOMLARIBTOMONIDAN CHIZILGAN SURATLARI  XULOSA
• VI asr 70-yillarida turkiy hukmdorlar farmoni bilan soʻgʻd savdogari Maniax savdo kafolatlari yuzasidan 
muzokaralarni avvaliga Eron Shahanshohi, soʻngra Vizantiya imperatori bilan olib borgan. Oʻrta asrlarda 
soʻgʻd tili Buyuk ipak yoʻlidagi asosiy muloqot tiliga aylangan. Buddaviylar, nasroniylar, manixeylar 
oʻzlarining diniy matnlarini soʻgʻd tiliga tarjima qilishgan. Bunda ular oʻzlarining yozma anʼanalaridan 
foydalanishgan: buddistlardan hind alifbosi, manixeylardan arameys bosmasi, nasroniy-suriyaliklardan 
dastlabki umumiy maktubot, nestoriyan va yakovitlardan diniy eʼtiqod alifbolarini oʻzlashtirishgan. Ammo 
ular aramey alifbosiga asoslangan va keyinchalik uygʻurlar tomonidan foydalanilgan ilk soʻgʻd yozuvi 
oʻrnini egallay olmadi. Mazkur yozuv namunalari bilan Dunxuandagi mulkiy hududlardan yoʻllangan 
"koʻhna maktublar" va Zarafshon vodiysidagi Mug togʻida topilgan hujjatlar yordamida tanishish 
mumkin. VIII asr boshida Soʻgʻd Qutayba ibn Muslimning musulmon qoʻshinidan magʻlubiyatga uchraydi 
va halifalikka itoat etgan holda islom dinining jugʻrofiy-siyosiy makonida qudratli savdo-hunarmandchilik 
markazi boʻlib qoladi.  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
• Karimov I.A.  O’zbekistonning O’z istiqlol va taraqqiyot yo`li. T., "O’zbekiston", 1992
• Karimov I.A.
  O’zbekiston bozor munosabatlariga o`tishning o’ziga xos yo`li.	  Toshkent , "O’zbekiston", 1993.
• Karimov I.A	
  Istiqlol va ma'naviyat-T., "O’zbekiston", 1994.
• Sogdiyskiye teksty s gory Mug. Chteniye, perevod, kommentariy. Vypusk II. Yuridicheskiye dokumenty i pis'ma. Chteniye, 
perevod i kommentarii V. A. Livshitsa. M., 1962
• Shishkina G. V., Suleymanov R. KH., Koshelenko G. A., Sogd // Arkheologiya SSSR. Drevneyshiye gosudarstva Kavkaza i Sredney 
Azii. Otv. red. G. A. Koshelenko. Moskva: Nauka, 1985
• Smirnova O.I., Ocherki iz istorii Sogda, M., 1971;
• Ishoqov M., Sugʻdiyona tarix chorrahasida, T., 1990;
• Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992;
• Eshov B., Sugʻdiyona tarixidan lavhalar, T., 2002.
• Mirsodiq Ishoqov.

MAVZU: SUGʻD KONFEDERATSIYASI SVILIZATSIYASI REʼJA: • KIRISH • SOʻGʻD KONSTITUTSIYANING VUJUDGA KELISHI • SOʻGʻD SAVDOGARNING BUYUK IPAK YOʻLIDA TUTGAN OʻRNI • SOʻGʻD KONFEDRATSIYASINING INQIROZI • XULOSA • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

Kirish • Sugʻd , Soʻgʻd, Sugʻud -  Markaziy Osiyodagi  qadimiy tarixiy-madaniy viloyat. Ilk bor miloddan avval VII-VI asrlarda qadimiy "Avesto"da tilga olingan. Bu nom 20 asr boshlarigacha saqlangan. • Miloddan avvalgi VI asrda Axamoniylar sulolasi vakillarining qoyatosh xotirot bitiklarida Suguda shaklida qadimiy Eron saltanatiga tobe qilingan satrapliklardan biri, mamlakat nomi sifatida qayd etilgan. Yunon manbalarida — Sogdianoy. Bu shakl yunonlar tomonidan soʻz tarkibidagi — anaka — tegishlilik, mansublik maʼnosini bildiruvchi nisbat qoʻshimchasini soʻz oʻzagiga qoʻshib yuborishdan paydo boʻlgan. Xitoy manbalarida — Suli. Sugʻd yozuvi yodgorliklari mamlakat nomini Sug'd yoki Sgʻud shaklida koʻrsatadi.

SOʻGʻD KONFEDRATSIYASINING VUJUDGA KELISHI • Sugʻdik yoki Sgʻudik, Sugʻdiyonak — Sgʻudiyonak shakllari "Sugʻdga oid", "Sugʻdiy" kabi maʼnolarda qoʻllanadi. O'rta asrlarda arabiy, forsiy, turkiy manbalar mamlakat nomini "Sug'd" shaklida qoʻllaydi. • Sugʻd" soʻzining maʼnosi fanda har xil talqin qilib kelinadi. Masalan, Soʻch —GʻGʻ Soʻz — "kuymoq, yonmoq, porlamoq" deb izohlangan. Bundan Sugʻdni "Muqaddas ilohiy olov ( Zardushtiylik  tasavvuriga koʻra) bilan poklangan yer" kabi maʼnoda talqin etishga harakat qilingan (V. Tomashek). Yana bir izohga koʻra, "Sug'd" soʻzi sernam, unumdor yer deb tushuniladi. Bunga hozirga qadar pastlik, suv yigʻiladigan yer "S, Sugʻut" deb nomlanishini dalil qilib koʻrsatiladi. Avestoda Sug'd mamlakat nomi sifatida bir marta uchraydi. "Ardvisura Yashti" —("Obon Yasht") va Ardvi (Amudaryo) Ishkata, Paruta, Mouri, Suguda va Xvarazm tomon hayotbaxsh suvlarini eltadi, deya taʼkidlanadi. Avestoning Videvdat naskida esa Axuramazda yaratgan ezgu yurtlardan biri Gava deyiladi va u yerda sugdlar yashaydi deb koʻrsatiladi.

• Sug'd mamlakati (poytaxti — Samarqand, 645—654 yillarda Kesh) 3 ta tarixiy- geografik hududni birlashtirgan. Samarqand Si, Buxoro Si va Kesh-Naxshab Si. Har 3 qism oʻzaro tabiiy chegaraga ham ega edi: Zarafshon togʻ tizmalari Samarqand va Kesh-Naxshab oʻrtasini Karmanadan keyin Malik choʻli Buxoro va Samarqand Sini ajratib turgan. • Buyuk ipak yoʻlining markaziy tarmoqlari Sugʻd orqali oʻtgan. Natijada Sugʻd xalqaro savdo munosabatlarida muhim oʻrin tuta boshlagan. Buyuk ipak yoʻli boʻylab Sug'd savdogarlarining qishloqlari, shaharlarida esa ularning mahallalari paydo boʻlgan.  Sugʻdiy tili  xalqaro til rolini oʻynagan. Bu hol Xitoy sayyohlari tomonidan Sugʻd chegaralari haqida notoʻgʻri tasavvurlar hosil qilgan (Syuan Szan).