logo

HAVONING NAMLIGI VA YOG‘INLAR

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

11937.8515625 KB
HAVON IN G N AMLIGI VA 
YOG‘I N LARБисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм   Hav odagi suv  bug‘i. 
Troposferada doimo 
suv bug‘i bo‘ladi. Suv 
bug‘i havoga okean 
va dengizlardan, 
quruqlikdagi 
suvlardan, tuproq va 
o‘simliklar tarkibidagi 
suvning 
bug‘lanishidan 
ko‘tariladi.     Suv bug‘i ko‘zga ko‘rinmaydi. Havodan yengil bo‘ladi.
Havo o‘zida turli miqdorda suv bug‘larini tutib turishi 
mumkin. Havoning qancha suv bug‘ini tutib turishi havo 
haroratiga bog‘liq.    Agar havo harorati 0 °C bo‘lsa, 1 m 3
  havo o‘zida 
5 g, +10 °C bo‘lsa, 9 g, +20 °C da 17 g va +30 °C 
bo‘lsa,  30 g suv bug‘ini tutib tura oladi. Demak, 
havo qanchalik sovuq bo‘lsa, shuncha kam va 
qanchalik issiq bo‘lsa, shuncha ko‘p suv bug‘ini 
ushlab tura oladi   1 m 3  
havoda mavjud bo‘lgan va gramm hisobida 
o‘lchanadigan suv bug‘lari miqdori  mut laq namlik  
deyiladi. Agar havo o‘zida mavjud bo‘lgan suv bug‘idan 
ortiqcha namni sig‘dira olmasa, u  namga t o‘y ingan havo 
deyiladi.
1 m 3   Siz radio va 
televizordan ob-
havo xabarida 
havoning namligi 
70 % yoki 80 % 
deganini ko‘p 
marta 
eshitgansiz. 
Buning ma’nosi 
nima?    Masalan, harorat +30 °C bo‘lganda havoda 15 g, ya’ni havo 
o‘zida sig‘dirishi mumkin bo‘lgan suv bug‘ining yarmi 
mavjud. Bunda havoning nisbiy namligi 50 % deyiladi. 
Namga to‘yingan havoda nisbiy namlik 100 % bo‘ladi. 
Meteorologik stansiyalarda havo namligi maxsus 
gigrome t r  asbobi yordamida o‘lchanadi.
50 % 100 %   Bulut . 
Iliq havo sovisa, u 
namga to‘yinib, 
ortiqcha suv 
bug‘lari juda 
mayda suv 
tomchilariga 
aylanadi. Bulutlar 
ham tumanga 
o‘xshab hosil 
bo‘ladi.    Havo yer yuzida isib, 
yuqori ko‘tariladi. 
Yuqorida issiq havo 
soviganda bug‘ mayda 
suv tomchilariga 
aylanib, bulutni hosil 
qiladi. Agar yuqorida 
harorat 0 °C dan past 
bo‘lsa, bulut muz 
zarrachalaridan iborat 
bo‘ladi.    Bulutlarning, 
asosan, uch 
turi bo‘ladi: 
t o‘p-t o‘p,
 qat -qat  va 
pat simon 
(58-rasm).   Isigan havo yer 
yuzasidan yuqoriga tez 
ko‘tarilayotganda 
to‘pto‘p bulut hosil 
bo‘ladi. Tag qismi 
qorayadi va hozir 
yomg‘ir yog‘ib 
yuboradi-gandek 
tuyuladi. Bunday bulut 
yomg‘irli  t o‘p-t o‘p bulut  
deyiladi.    To‘p-to‘p bulutlar 
mamlakatimiz 
osmonida bahor 
va yoz boshida 
ko‘p bo‘ladi. 
Bunday 
bulutlardan 
qattiq yomg‘ir, 
jala quyadi.    Havoni ba’zan qatlamli bir tekis bulut qoplaydi. Bular 
qat -qat  bulut lar dir.    Quyoshli kunlarda 
juda balandda ba’zan 
oq tolalarga o‘xshagan 
yupqa bulutlarni 
ko‘rish mumkin. 
Ularning soyasi ham 
bo‘lmaydi. Bunday 
bulutlar  pat simon 
bulut lar  deyiladi. Ular 
ob-havo aynib 
kelayotganini bildiradi.   Yog‘inlar. 
Havodan yer yuzasiga 
suyuq yoki qattiq holatda 
tushadigan suvlarga 
yog‘inlar  deyiladi. 
Bulutdagi mayda suv 
tomchilari ma’lum 
sharoitda bir-biri bilan 
qo‘shilib, yirik tomchilarga 
aylanadi va yirik tomchilar 
yerga yomg‘ir bo‘lib 
tushadi.     Ba’zan iliq havo 
yuqoriga tez ko‘tarilib, 
to‘p-to‘p bulutlarni 
harorat 0 °C dan past 
bo‘lgan balandlikka 
olib chiqib ketadi. Bu 
balandlikda yomg‘ir 
tomchilari muzlab 
do‘lga  aylanadi.    Havo harorati 0 °C 
dan pasayib 
ketganda bulut suv 
tomchilaridan emas, 
juda mayda 
ninasimon 
muzlardan iborat 
bo‘ladi. Ular bir-
birlari bilan qo‘shilib, 
qor uchqunlarini 
hosil qiladi.    Yog‘in faqat bulutdan emas, ochiq havodan ham 
yog‘adi. Siz bahor, kuz oylarida ertalab shudring 
tushganini ko‘rgansiz. Shudring hosil bo‘lishiga sabab 
shuki, kunduzi isigan yer va o‘simliklar kechqurun 
Quyosh botishi bilan tezda soviydi. Suv bug‘lari 
tomchilarga aylanib yerga va o‘simliklarga tushadi. Biz 
buni  shudring  deymiz. Qish kunlari suv tomchilari 
muzlab, shudring emas, qirov hosil bo‘ladi.    Yer yuzasiga yog‘gan yog‘in miqdori  y og‘in o‘lchagich 
asbobi bilan aniqlanadi  (59-rasm). 
Qor qalinligi santimetrlarga bo‘lingan maxsus  rey k a 
bilan o‘lchanadi.    Bir oy davomida 
yog‘gan yog‘in 
yig‘indisi  oy lik   y og‘in 
bo‘ladi. Yil davomidagi 
yog‘in miqdori 
qo‘shilib,  y illik  y og‘in  
miqdori ni tashkil 
etadi. Masalan, 
Toshkentda bir yil 
davomida o‘rtacha 
hisobda 400 mm ga 
yaqin yog‘in yog‘adi. Masalan, mart oyida 63 mm, aprel 
oyida 58 mm yog‘gan.      Eng ko‘p yog‘in 
fevral, mart oylariga 
to‘g‘ri keladi. Ekvator 
atroflarida esa 
yog‘ingarchilik yil 
bo‘yi davom etadi. 
Eng ko‘p yog‘in Tinch 
okeandagi Gavayi 
orollarida yog‘adi. 
Yillik yog‘in miqdori 
14400 mm ga teng.    Yog‘inning ko‘p yoki kam yog‘ishi joyning dengizlardan 
uzoq-yaqinligiga hamda ko‘p esadigan shamollarga 
bog‘liq. Tog‘larning nam shamollarga ro‘para 
yonbag‘irlariga ham yog‘in ko‘p yog‘adi. 
1
3 2      Bizning Vatanimiz – 
O‘zbekiston okean va 
dengizlardan uzoqda 
bo‘lganligi uchun yog‘in 
kam yog‘adi. Ayniqsa, 
mamlakatimizning 
g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy 
tekislik qismlarida 
yog‘in juda kam. Bir 
yillik yog‘in miqdori bor-
yo‘g‘i 200 mm atrofida 
bo‘ladi. Shuning uchun 
ekinlarni sug‘ormasdan 
dehqonchilik qilib 
bo‘lmaydi.    Lekin 
mamlakatimizning 
sharqiy va janubi-
sharqiy qismidagi 
tog‘li hududlarda 
yog‘in ancha ko‘p – 
800–900 mm gacha 
yog‘adi. Shuning 
uchun tog‘larda 
o‘simlik ko‘p, suv 
ancha serob (nega 
tog‘larda yog‘in ko‘p 
yog‘adi?).    Qishloq xo‘jaligi uchun, umuman o‘simliklar uchun 
yog‘in miqdori, namlik qancha bo‘lishi kerak? Buning 
uchun namlanish darajasi tusunchasini, uni qanday 
aniqlashni bilishimiz kerak.   N amlanish darajasi  deb yillik yog‘in miqdorining yillik 
mumkin bo‘lgan bug‘lanish miqdoriga nisbatiga aytiladi. 
Ya’ni yillik yog‘in miqdorini yillik mumkin bo‘lgan 
bug‘lanish miqdoriga taqsimlab aniqlanadi.    Masalan, Toshkent shahrida yillik yog‘in miqdori 
o‘rtacha 400 mm, mumkin bo‘lgan bug‘lanish esa 1600 
mm deylik. Binobarin, namlanish darajasi 400 mm : 
1600 mm = 0,25.    Odatda, o‘simliklar uchun namlanish darajasi 1,1 dan 
0,9 gacha bo‘lganda eng qulay sharoit bo‘ladi. Demak, 
Toshkent shahrida namlik sharoiti qulay emas. Nam 
yetishmaydi. Shuning uchun ekinlar va daraxtlarni 
sug‘orib turish zarur.   Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P.Gulyamov, R.Qurbonniyozov, M.Avezov, 
N.Saidova – Geografiya (Tabiiy geografiya 
boshlang‘ich kursi), umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 5-sinfi uchun darslik, Toshkent – 
“Mitti Yulduz” – 2020/  www.eduportal.uz
•
7-sinf Geografiya atlasi, 2017-yil

HAVON IN G N AMLIGI VA YOG‘I N LARБисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Hav odagi suv bug‘i. Troposferada doimo suv bug‘i bo‘ladi. Suv bug‘i havoga okean va dengizlardan, quruqlikdagi suvlardan, tuproq va o‘simliklar tarkibidagi suvning bug‘lanishidan ko‘tariladi.

Suv bug‘i ko‘zga ko‘rinmaydi. Havodan yengil bo‘ladi. Havo o‘zida turli miqdorda suv bug‘larini tutib turishi mumkin. Havoning qancha suv bug‘ini tutib turishi havo haroratiga bog‘liq.

Agar havo harorati 0 °C bo‘lsa, 1 m 3 havo o‘zida 5 g, +10 °C bo‘lsa, 9 g, +20 °C da 17 g va +30 °C bo‘lsa, 30 g suv bug‘ini tutib tura oladi. Demak, havo qanchalik sovuq bo‘lsa, shuncha kam va qanchalik issiq bo‘lsa, shuncha ko‘p suv bug‘ini ushlab tura oladi

1 m 3 havoda mavjud bo‘lgan va gramm hisobida o‘lchanadigan suv bug‘lari miqdori mut laq namlik deyiladi. Agar havo o‘zida mavjud bo‘lgan suv bug‘idan ortiqcha namni sig‘dira olmasa, u namga t o‘y ingan havo deyiladi. 1 m 3