Hayvonlarda yirtqich-o’lja va parazit-xo’jayin munosabatlarining ekalogik ahamiyati


Hayvonlarda yirtqich- o’lja va parazit-xo’jayin munosabatlarining ekalogik ahamiyati
Reja • Yirtqich-o’lja va parazit-xo’jayin munosabatlari • Yirtqich-o’lja va parazit-xo’jayin munosabatlarining ahamiyati
• Tabiatdagi biotik munosabatlar xilma-xil bo’lib, ularning eng muhimlari yirtqich-o’lja, parazit-xo’jayin, tekinxo’rlik, o’zaro foydali, qarama-qarshi aloqalar, betaraflik, o’simlik va hayvonlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar, sig’indilik, uya parazitizmi va boshqalar hisoblanadi. Bularning barchasi uyg’unlikda biotik omillarni tashkil etadi. • Y irt qich-o’lja v a parazit -xo’jay in munosabat lari organizmlar o’rtasidagi ozuqa orqali bo’ladigan munosabatlardir. Chunki, geterotroflar boshqa geterotrof yoki avtotroflar hisobiga yashaydi. Ma’lumki, yirtqichlar o’ljasini ushlab jonsizlantirib, so’ng eydi. Shuning uchun yirtqichlarda o’ziga xos fe’l-atvor (aktiv reaktsiya, tez harakat va boshqalar) shakllangan bo’ladi. Mushuksimonlar oilasiga mansub bo’lgan gepardlar o’lja ketidan quvlaganda, bir sekundda 20 metr yo’lni bosadi, soatiga 110 hatto 140 km tezlikda chopa oladi.